Changyutkichdan foydalanishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Ro‘zg‘or ishlarida bekajonlar uchun bir qancha qulayliklar yaratilmoqda. Masalan, kir yuvish mashinasi, changyutkich kabi texnikalar ishni biroz yengillashtiradi. Ammo ulardan qachonki to‘g‘ri foydalanilsa. Changyutkichni ishlatganda, ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan xatolarni quyida sanab o‘tamiz.
Foto: PinterestChangyutkichni tekshirish
Agar tozalash jarayonida cho‘tkani burash, undan biror narsani olib tashlash yoki hatto qarash kerak bo‘lsa, changyutkichni o‘chirishni unutmaslik kerak. Cho‘tkalar sochlarni boshidan tortib olish va kiyimlarni yirtish uchun yetarlicha kuchli. Hattoki barmoqlar bilan bu qismga tegmaslik kerak, chunki ular jarohatlanishi mumkin. Xavfsizlik qoidalariga amal qilish va ehtiyot bo‘lish lozim.
Noto‘g‘ri uzaytirgichdan foydalanish
Uzaytirgichda odatda uning kuchi, ya’ni u bardosh bera oladigan “eliktor oqimi miqdorini” ko‘rsatadi. Bunga asoslanib, unga nima ulanishi mumkinligi ko‘rib chiqish kerak. Noto‘g‘ri uzaytirgich kuyishi va yong‘in xavfini oshirishi mumkin. Shuning uchun changyutkich uchun ko‘rsatmalarni tekshirib, mos kelganidan foydalanish kerak.
Changyutkich shnurini tortish
Changyutkichni harakatlantirish uchun shnurdan tortmaslik lozim. Agar rozetkadan uzoq bo‘lsa, uni elektr tokidan chiqarib olish kerak. Aks holda u tezda buziladi va elektr toki urishi yoki kvartirada yong‘in yuz berishi hech gap emas. Shuningdek, shikastlangan shnurli changyutkichni hech qanday holatda ishlatish mumkinmas. Shuning uchun, har oyda bir marta, hamma narsani tekshirib ko‘rish va har doim qurilma o‘chirilgach, elektr tokidan sug‘urib olish tavsiya etiladi.
Changyutkichni ho‘l vaqtida yig‘ish
An’anaviy changyutkichlar buning uchun mo‘ljallanmagan. Changyutkich qismlari yuvilgach, darhol yig‘ish natijasida elektr toki urishi yoki qurilmaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun qurilma qismlaridan quritilgandan keyin foydalanish kerak.
Qattiq jismlarni tortib olish
Changyutkichda tozalayotgan vaqtda, poldagi qalam yoki toshni qo‘l bilan olishga xohish bo‘lmaydi. Ammo qattiq va o‘tkir narsalarning ichkariga yopishib qolishi qurilmaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ehtimol, bir marotaba buzilmagandir, ammo bu keyingi safar changyutkich buzilmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Qurilmani xavf ostiga qo‘ymaslik uchun qo‘llar bilan qattiq jismlarni yig‘ib olish yaxshiroq.
Kukun va shunga o‘xshash moddalar
Kichik miqdordagi kukun changyutkich uchun hech narsa qilmaydi. Ammo agar bir quti kir yuvish kukuni to‘kilgan bo‘lsa, uni supurgi bilan supurib tashlagan ma’qul. Aks holda, filtr tiqilib qolishi va keyin vosita qizib ketishi mumkin. Iloji boricha sochilgan narsalarni supurgi bilan tozalab, so‘ngra qoldiqlar uchun changyutkichdan foydalanish lozim.
Changyutkichni faqat bitta yo‘nalishda harakatlantirish
Bir joydan ikkinchisiga o‘tishdan oldin yaxshilab tozalash uchun cho‘tkani turli yo‘nalishlarda harakatlantirish lozim. Bu, ayniqsa, chang, kir va qoldiqlar ko‘p bo‘lgan joylarda juda muhimdir.
Turli qo‘shimchalardan foydalanmaslik
Ular biron bir sababga ko‘ra ishlab chiqariladi, turli sirt va joylarni yaxshiroq tozalaydi. Misol uchun, tor yo‘laklar va taxta plitalari orasidagi bo‘shliqlardagi to‘plangan chang tozalashni osonlashtiradi. Shuning uchun qo‘shimcha aksessuarlar bilan tajriba qilishdan qo‘rqmaslik lozim.
Changyutkichning qop yoki idishini oxirigacha to‘ldirish
Qurilmadan foydalanganda, qop yoki chang yig‘iladigan qismning to‘la bo‘lishini kutmaslik lozim. Yaxshiroq tozalash uchun chang idishini to‘rtdan uch qismi to‘lganida almashtirish yoki bo‘shatish tavsiya etiladi.
Changyutkich yaxshi tozalamaganda
Changyutkich eskirgan yoki buzilgan bo‘lishi mumkin. Avval chang qutisini tekshirish lozim, agar uning ichida juda ko‘p chang bo‘lsa, qurilma yaxshi ishlamasligi mumkin. Agar qop almashtirilgan bo‘lsa, truba yoki changyutkichga biriktirilgan joyga biror narsa tiqilgan yoki cho‘tkaga soch va iplar bilan to‘planib qolgan bo‘lishi mumkin.
Manba