Salomatlik Ayollar uchun Yumshoq mebel va gilamlarni tozalashda qo‘l keladigan tavsiyalar (foto)

Yumshoq mebel va gilamlarni tozalashda qo‘l keladigan tavsiyalar (foto)

O'qildi: 353


Yumshoq mebel va gilamlarni tozalashda qo‘l keladigan tavsiyalar (foto)

Albatta, uyni gilam, divan va kreslosiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Lekin ba’zida ma’lum sabablarga ko‘ra, gohida qandaydir mistik tarzda paydo bo‘ladigan dog‘larni ko‘rish mumkin. “Domashniy ochag” nashri ulardagi dog‘larni bartaraf etish bo‘yicha bir nechta tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Mebeldan dog‘larni qanday olib tashlash mumkin: umumiy qoidalar

Matolarni tozalashdan oldin, matoni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalarni tekshirish va tozalaydigan vositani ko‘rinmaydigan joyda sinab ko‘rish lozim.

Esingizda bo‘lsin, dog‘ qanchalik katta bo‘lsa, undan qutilish shunchalik qiyin bo‘ladi, shuningdek, tozalashni keyinga qoldirmaslik kerak.

Mebel changini tez-tez tozalash tavsiya etiladi. Buni alohida cho‘tka yoki changyutgich yordamida amalga oshirish mumkin.

Suv bilan ehtiyot bo‘lish lozim. Uni gilam yoki pol qoplamalarini tozalash uchun ishlatganda, har doim tozalaydigan matoni yaxshilab siqib ko‘rish juda muhim.

Gilamlar

Foto: “Domashniy ochag”

Dazmol bilan dog‘larni olib tashlash uchun kerak bo‘ladi:

  • dazmol;
  • ¼ stakan sirka;
  • ¾ stakan suv;
  • bir necha tomchi idishlarni yuvish vositasi.
  • yoki(juda iflos gilamlar uchun):
  • ½ stakan ammiak;
  • ½ stakan suv.
Mahsulot toza matoga qo‘llanadi. U dog‘ning ustiga yopiladi va bug‘ funksiyasidan foydalanib dazmol bosiladi. Dog‘ lattaga o‘tadi. Dog‘ to‘liq yo‘qolguncha protsedura bir necha marta takrorlanadi.

Quruq tozalash

Gilamga iste’mol sodasi yoki jo‘xori kraxmali sepiladi va bir necha soatga qoldiriladi. Agar mumkin bo‘lsa dafna barglari, maydalangan dolchin qo‘shish mumkin, bu yoqimli hid beradi.

Shampun yordamida tozalash

Kerak bo‘ladi:

  • 2 litr issiq suv;
  • ¼ stakan vodorod periks;
  • 1-2 osh qoshiq sirka qoshiqlari;
  • 2 ta idish yuvish uchun suyuqlik.
Xohishga ko‘ra, bir necha tomchi lavanta yoki limon efir moyini qo‘shish mumkin.

Barcha mahsulotlar aralashtiriladi va mebeldagi yog‘li dog‘lar hosil bo‘lgan mahsulotga botirilgan mato bilan artib olinadi.

Divan va kreslolar qoplamasi: yumshoq mebeldagi dog‘lar

Foto: “Domashniy ochag”

Kerak bo‘ladi:

  • idishlarni yuvish uchun suyuqlik;
  • iliq suv.
Issiq suvga ozgina idishlarni yuvish vositasi qo‘shiladi va ko‘pik hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Dog‘lar uchun ko‘pik cho‘kmaguncha foydalanish kerak.

Meva va sharbati dog‘larni olib tashlash

Kerak bo‘ladi:

  • 1 osh qoshiq sirka;
  • 2/3 chashka spirt.
Ikki suyuqlik aralashtiriladi va dog‘ ustiga sepilib, mato bilan artib olinadi

Divan va kreslolarning charm qoplamalari

Foto: “Domashniy ochag”

Kerak bo‘ladi:

  • ½ stakan sirka;
  • ¼ stakan zaytun moyi;
  • har qanday efir moyining bir necha tomchisi(masalan, vanil yoki evkalipt yog‘i).
Mahsulotlar aralashtiriladi va shisha idishga quyib, yaxshilab silkitiladi. Mebelga sepilib, toza mato bilan artib olinadi. Yodda tuting, bu usul zamsh uchun mos emas.

Mebeldagi oq dog‘lar

Foto: “Domashniy ochag”

Kerak bo‘ladi:

  • tish pastasi;
  • suv;
  • iste’mol sodasi.
Dog‘ga bir tomchi tish pastasi qo‘llanadi va nam mato bilan artib olinadi. Shundan so‘ng quritiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.