Salomatlik Ayollar uchun Gubka yordam bermaydi: Qishki oyoq kiyimlarni qanday parvarishlash kerak?

Gubka yordam bermaydi: Qishki oyoq kiyimlarni qanday parvarishlash kerak?

O'qildi: 372


Gubka yordam bermaydi: Qishki oyoq kiyimlarni qanday parvarishlash kerak?

Ma’lum bo‘lishicha, qishki poyabzallarni tozalashda shunchaki gubka bilan kifoyalanmaslik kerak. Ularning bir mavsumdan ko‘proq vaqt xizmat qilishi uchun qanday parvarish qilish kerakligi haqida quyida tanishib chiqish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Kirni artib oling

Mavsumiy poyabzallarni uzoq vaqt kiyish uchun har kuni unga kamida bir necha daqiqa ajratish kerak. Dastlab poyabzal yuzasidagi kir, chang va qurib qolgan loylarni juda yaxshi siqilgan salfetka yoki quruq mato bilan artib olish zarur.

Batareyada quritmang

Sifati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, qishki poyabzalni hech qachon nam holatda kiymaslik kerak. Teri, zamsh va boshqa materiallar tashqi tomondan ham, ichkaridan ham namlikni o‘tkazadi. Shuningdek, poyabzalni batareyada quritish tavsiya etilmaydi, u tabiiy ravishda qurishi lozim, aks holda poyabzal yorilishi, qorayishi va deformatsiyalanishi mumkin. Birinchi marta hech narsa sodir bo‘lmasligi mumkin, lekin bu muntazam ravishda amalga oshirilsa, albatta, chidamliligini qisqartiradi.

Poyabzal shaklini saqlab qoling

Suv o‘tgan poyabzalni eng avvalo shaklini saqlab qolishga harakat qilish lozim. Buning uchun maxsus yog‘och yoki karton tirgakdan foydalanish mumkin.  Agar ikkalasi ham bo‘lmasa, etiklarning ichki qismini qog‘oz bilan to‘ldirish tavsiya etiladi.

Etiklarni muntazam kiymang

Ish yoki o‘qish vaqti tugagach, etiklarga ham biroz dam berish lozim. Ayrim etiklar sekin quriydi. Shuning uchun nam bo‘lsa, ertasi kuni ularni kiyish tavsiya etilmaydi. Har qanday sotuvchi etik sotib olayotgan mijozga ulardan qanday foydalanish va ketma-ket har kuni kiyish mumkin emasligini aytib o‘tishi lozim. Odatda nam charm etiklar 24 soat, zamsh etiklar esa bir necha kun ichida quriydi.

Uydan chiqishdan oldin charm poyabzallaringizni tozalang

Poyabzal kremi terini yumshatuvchi, suv hamda kirni qaytaruvchi moddalarni o‘z ichiga oladi, shuning uchun har doim ko‘chaga chiqishdan oldin charm etiklarni tozalash zarur. Ayniqsa, qorli mavsumda poyabzalga surtilgan krem suv o‘tishining qisman oldini oladi.

Zamsh poyabzalni quruq holda tozalang

Zamsh poyabzallari suv va loydan aziyat chekadi, shuning uchun yog‘ingarchilikda va, albatta, har kuni ham kiyish kerak emas. Zamshni maxsus cho‘tka bilan tozalash kerak, metall yoki boshqa cho‘tkalar unga zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, etikni ho‘l vaqtida ham tozalalab bo‘lmaydi, aksincha, zamsh oyoq kiyim yuzasi qurigach darhol tozalash tavsiya etiladi.

Charm oyoq kiyim nam mato bilan tozalanishi mumkin

Odatda charmni nam mato bilan tozalash mumkin. Charm poyabzallari uchun ishlatiladigan mumga asoslangan mahsulotlar charm o‘rnini bosuvchilar uchun mos emas. Mum so‘rilmaydi, lekin poyabzalni plyonka bilan qoplaydi va ko‘proq chang tortadi.

Oyoq kiyim uchun bolalar yoki qo‘l kremini ishlatmang

Ko‘pchilik bolalar kremi yoki qo‘l kremi poyabzalni ajoyib himoya qiladi, deb o‘ylaydi, ammo bu unday emas. U etiklarni chang tortadigan yog‘ bilan qoplaydi va oxir-oqibat xiralashadi. Yumshoq charm poyabzallarni vazelin, bolalar kremi yoki kungaboqar yog‘i bilan yog‘lash yaxshi fikr emas. Keyinchalik, bunday poyabzallarni ta’mirlash muammo tug‘diradi, chunki ularni yopishtirish qiyin.

Oyoq kiyim gubkasidan voz keching

U faqat vaqti-vaqti bilan birinchi yordam sifatida ishlatilishi mumkin. Oyoq kiyimlarni gubka bilan doimiy ravishda tozalash faqat zarar keltiradi. Gap shundaki, arzon va qulay bo‘lgan bunday gubkalar silikonni o‘z ichiga oladi, bu esa poyabzalga tezda chiroyli ko‘rinish beradi, lekin teshiklarni yopib qo‘yadi va poyabzal “nafas olishni” to‘xtatadi.

Silikon poyabzalning yaltirashini ta’minlaydi va namlikni qaytara oladi, lekin u mahsulot tarkibida eng kam miqdorda bo‘lishi kerak. Agar gubka muntazam ravishda ishlatilsa, poyabzal va etiklarning terisi tezroq qariydi, xiralashadi, yorila boshlaydi va ba’zi hollarda qorayishi mumkin.

Yana bir noxush holat: poyabzalning teshiklari tiqilib qolganligi sababli, oyoqlar ham nafas olmaydi, natijada yoqimsiz hid paydo bo‘ladi. Shuningdek,  nam paypoq ichida oyoqlar tezda muzlaydi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.