Salomatlik Ayollar uchun Sumka uzoq vaqt xizmat qilishiga yordam beradigan 20 ta layfxak

Sumka uzoq vaqt xizmat qilishiga yordam beradigan 20 ta layfxak

O'qildi: 371


Sumka uzoq vaqt xizmat qilishiga yordam beradigan 20 ta layfxak

Orzusidagi sumkani xarid qilgan ayollar xursandchiligining chegarasi bo‘lmasa kerak. Ammo bu hammasi emas, xariddan zavqlanishda davom etish uchun sumkalardan qanday foydalanishni bilish lozim. “Domashniy ochag” nashrida taqdim etilgan sumkalarga g‘amxo‘rlik qilish borasida asqatadigan layfxaklar bilan tanishing.

Foto: “Domashniy ochag”

Hammaga ma’lumki, poyabzalning umrini uzaytirish uchun unga g‘amxo‘rlik qilish muhim, lekin e’tiborga nafaqat oyoq kiyimlar, balki charm sumkalar ham muhtoj.

Haftada bir marta sumkani sovunli suv bilan artib oling

Buning uchun suyuq sovunni iliq suv bilan aralashtirib, yumshoq mato bilan sumkaning tashqi qismini hosil bo‘lgan eritma bilan artib olish kerak. Shunday qilib, butun hafta davomida sumkaga o‘rnashgan chang va kirni olib tashlash mumkin.

Sumkadagi namlikni quritishni unutmang

Shu yo‘l bilan teri yuzasini suv ta’sirida yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik mumkin. Tozalash uchun nam salfetkalar, sirka yoki dog‘ tozalovchi vositalaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bu mahsulotlarning barchasi rangni buzishi, terini quritishi va boshqa ko‘plab noxush muammolarni keltirib chiqaradigan kimyoviy moddalarga boy bo‘lishi mumkin.

Dog‘larni tozalash uchun mutaxassislarga murojaat qiling

Uy sharoitida charm sumkaga g‘amxo‘rlik qilish — agar katta dog‘lar bo‘lmasa oson. Ammo sovunli suv bilan chiqmaydigan dog‘lar bo‘lsa, sumka uchun qila oladigan eng yaxshi narsa uni kimyoviy tozalash markazlariga yoki sotib olgan do‘konga olib borishdir. Agar buning iloji bo‘lmasa, ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘rganib chiqqandan so‘ng teri mahsulotlaridan dog‘larni olib tashlash vositalarini sinab ko‘rish mumkin.

Eski dog‘lar — faqat kimyoviy tozalash uchun

Agar dog‘lar yangi bo‘lsa, maxsus vositalar yordamida undan qutulish mumkin. Ammo ancha avvalgi dog‘larni faqat mutaxassis yordamida bartaraf etish mumkin.

Sumkadan foydalanmaganda ham shaklini saqlab qoling

Buni qilish juda oson — shunchaki sumka ichini eski kiyimlar bilan to‘ldirish kerak. Ammo gazeta va jurnal sahifalaridan foydalanmaslik lozim, chunki qog‘ozdagi siyoh sumka astarida iz qoldirishi mumkin.

Yog‘li dog‘larni suv bilan yuvmang

Ularni sumkaning teri yuzasidan yumshoq, quruq mato bilan artib olish tavsiya etiladi.

Maxsus parvarishlash vositalaridan foydalaning

Shuni unutmaslik kerakki, bu kabi vositalarni qo‘llashdan keyin ularni darhol yuvib tashlamaslik kerak. Yuqori sifatli maxsus vositalar, albatta, arzon bo‘lmaydi, ammo bu sumkalar umrini uzaytirishda sezilarli darajada yordam beradi.

Muayyan teri turiga mo‘ljallangan mahsulotlardan foydalaning

Zamsh va teri uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning tarkibi bir xil emas. Ko‘z kremi u yoqda tursin, tana kremini yuz kremi sifatida ishlatib bo‘lmaydi, shunday emasmi?Sumka tarkibidan kelib chiqib, to‘g‘ri parvarish qilish mahsulotlarini tanlash juda ham muhim.

Qo‘llashdan oldin har doim mahsulotni sinab ko‘ring

Buni hech kim ko‘rmaydigan sumkaning ichki qismida amalga oshirish mumkin.

Qo‘l kremidan foydalangandan keyin sumkani ushlamang

Aks holda, yog‘li dog‘lar va ular bilan birga kimyoviy tozalash uchun keyingi xarajatlar sizni kutib turishi shubhasiz.

Sumkani quyosh nuri ostida qoldirmang

Quyosh rangning o‘zgarishiga va hatto sumkaning teri yuzasiga zarar yetkazishi mumkin.

To‘q rangli kiyimlar bilan ochiq rangli sumkalar kiymaslikka harakat qiling

Kiyim ishlab chiqarishda ishlatilgan bo‘yoq sumkada iz qoldirishi mumkin. Ularni olib tashlash hatto mutaxassislar uchun ham oson bo‘lmaydi.

Poyabzal bo‘yog‘i tozalab bo‘lmaydigan dog‘lar uchun

Agar kimyoviy tozalash ham dog‘larni tozalay olmasa, poyabzal uchun maxsus bo‘yoqdan foydalanish mumkin. Faqat bo‘yoq sumka rangiga mos bo‘lishi kerak.

Yomon hidlarga qarshi atir va aerozollardan foydalanmang

Agar sumkadan yomon hid chiqsa, uning sababini aniqlashga harakat qilish kerak. Ammo sumkaga atir va aerozollarni sepish mumkin emas.

Hiddan qutulish uchun qabartmadan foydalaning

Noxush hidlarga qarshi kurashda qandolatchilikda foydalaniladigan qabartma yordam bera oladi. Ochilgan paketni sumka ichiga solib, 24 soatga qoldiriladi. Bu vaqt qabartama uchun hidlarni o‘zlashtirishga yetarli.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.