Tish cho‘tkasi yordamida kiyimdagi dog‘larni qanday ketkazish mumkin?
Bilasizmi, har yili milliardlab tish cho‘tkalari chiqindiga tashlanadi va ularning aksariyati sifatsiz plastmassadan ishlab chiqariladi. Ular qayta ishlanmaydi va chirib ketmaydi. Lekin ularning eskisidan ham unumli foydalanish mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Albatta, aksariyat xonadonlarda kir yuvish mashinasi mavjud: Uning oldidan esa tabiiy ravishda, kir yuvish kukuni konditsioner, sirka, ichimlik sodasi kabi oqartiruvchi vositalar o‘rin oladi. Juda ko‘p joy egallamaydigan tish cho‘tkasini ham ularning orasiga qo‘yish tavsiya etiladi.
Ishlab chiqaruvchilar bunday mahsulotlarning keng assortimentini taklif qiladi. Yumshoq va qattiq, turli xil uslubdagi tabiiy, kombinatsiyalangan yoki sun’iy cho‘tkalar mavjud, ammo aslida eski tish cho‘tkasi ham o‘z vazifasini bajarishi mumkin. U kiyimdagi qahva dog‘lar, yog‘ tomchilarini tez va samarali ravishda olib tashlashga yordam beradi. Bundan tashqari, u kattaroq cho‘tkaga qaraganda ancha yaxshi ishlaydi, ayniqsa, kichik dog‘lar bilan ishlashga qulay.
Tish cho‘tkasi bilan dog‘larni qanday olib tashlash mumkin?
- matoning kerakli joyi namlanadi;
- tozalash vositasi dog‘li joyga qo‘llanadi;
- mato namlangan tish cho‘tkasi bilan artib olinadi;
- dog‘ suv ostida yuviladi va kir yuvish mashinasiga joylashtiriladi.
Manba