Salomatlik Ayollar uchun Ko‘zoynak, telefon va qog‘oz salfetka bilan artish tavsiya etilmaydigan boshqa 6 buyum

Ko‘zoynak, telefon va qog‘oz salfetka bilan artish tavsiya etilmaydigan boshqa 6 buyum

O'qildi: 399


Ko‘zoynak, telefon va qog‘oz salfetka bilan artish tavsiya etilmaydigan boshqa 6 buyum

Qulaylik doim ham yaxshi natijalarga sabab bo‘lmaydi. Ayrim holatlarda qog‘oz salfetkalar nafaqat foydasiz, balki vaziyatni yanada yomonlashtirishi ham mumkin. “Domashniy ochag” nashri qog‘oz salfetka bilan tozalash tavsiya etilmaydigan buyumlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Foto: “Domashniy ochag”

Taxtakach

Taxtakachda go‘sht, sabzavot yoki mevalardan qolgan suvni qog‘oz salfetka bilan tozalashga urinmang. Chunki salfetka barcha suyuqlikni o‘ziga singdira olmaydi, lekin uning o‘zi tezda suvda ivib ketadi.

Yog‘och mebel

Tabiiy yog‘ochdan tayyorlangan mebellar naqshli yoki silliq yuzaga ega. Uni na quruq, na ho‘l salfetka bilan tozalab bo‘lmaydi. Salfetka tolalari mebel bezaklari orasiga tiqilib qolishi mumkin va ular jihozni tozalash o‘rniga muammoni ko‘paytiradi.

Elektron qurilmalar

Qog‘oz salfetkalar smartfon, noutbuk ekrani va televizorni tozalash uchun mutlaqo mos emas. Tashqi yumshoqlikka qaramay, salfetka gadjetlar yuzasida mikroyoriqlar qoldirishi mumkin.

Ko‘zoynak

Ko‘zoynak linzalari tashqi ta’sirlarga ham sezgir. Ularni qog‘oz salfetka bilan artib, nafaqat sirtga zarar yetkazish, balki to‘plangan changni ham qoldirish mumkin. Bu esa ko‘rishga xalaqit beradi.

Gilam

Tasodifan gilamga suyuqlik to‘kilganmi?Uni salfetka yordamida tozalab bo‘lmaydi. Salfetka namlikni biroz shimib olgach, o‘zi mayda-mayda bo‘laklarga bo‘linib ketadi va vaziyatni yanada chigallashtiradi. Buning o‘rniga, toza mato yoki gubkadan foydalanish tavsiya etiladi.

Ko‘zgu va derazalar

Qog‘oz salfetka bilan oynani tozalash barcha ishlarni bekor qilish bilan barobar. Salfetka bilan artilgan deraza kutilganidek natija bermaydi. Jilo uchun mikrofibra matolar yoki oddiy gazetalar ko‘proq mos keladi.

Avtomobil saloni

Hech qachon asboblar panelini va avtomobil salonining boshqa qismlarini qog‘oz salfetka bilan artib bo‘lmaydi. Ular chang va kirni tozalash xususiyatiga ega emas.

Qora kiyim

Qora kiyimga suv to‘kilganda qog‘oz salfetka bilan artish tavsiya etilmaydi. Bu juda yomon fikr. Oq tolalar, albatta, mato ustida qoladi va faqat vaziyatni yomonlashtiradi. Eng yomoni, ularni matodan olib tashlash deyarli mumkin emas.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.