Salomatlik Ayollar uchun Uyingizda borligi aniq: tirnoqlar salomatligi uchun muhim bo‘lgan 10 vosita

Uyingizda borligi aniq: tirnoqlar salomatligi uchun muhim bo‘lgan 10 vosita

O'qildi: 295


Uyingizda borligi aniq: tirnoqlar salomatligi uchun muhim bo‘lgan 10 vosita

Tirnoqlarni parvarish uchun nimalar qilish kerakligi haqida “Domashniy ochag” nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Dengiz tuzi

Dengiz tuzi tirnoqlar salomatligi va mustahkamligini ta’minlovchi tabiiy minerallarning koni sanaladi. Shu sabab ham 2 choy qoshiq tuz qo‘shilgan bir stakan iliq suvga tirnoqlarni solib o‘tirish tavsiya qilinadi.

Kokos yog‘i

Kokos yog‘ida tirnoq va uning atrofidagi terini namlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan to‘yingan yog‘lar bisyor. Uni tirnoq atrofiga surtib, yengil harakatlar bilan massaj qilish tavsiya qilinadi.

Olma sirkasi

Kalsiy, magniy, temir singari minerallarning koni hisoblangan olma sirkasi tirnoq plastinkasini mustahkamlashga hissa qo‘shib, zamburug‘li infeksiyalardan himoya qiladi. 1:1 nisbatdagi sirka qo‘shilgan suvga qo‘llarni solib, vanna qilish tavsiya qilinadi.

Pivo

Iste’mol qilish tavsiya qilinmaydigan spirtli ichimliklar tashqi qo‘llanganda yaxshi samara beradi. Undagi kaliy, fosfor va biotin tirnoqlar holatini yaxshilaydi. Buning uchun bir stakan olma sirkasiga yana shuncha pivo va 0,25 stakan iliq zaytun yog‘i qo‘shing. Keyin esa qo‘llarni 15 daqiqa solib o‘tiring.

O‘simlik yog‘i

Suv va quruq havodan qo‘lda muammolar paydo bo‘lganda esa o‘simlik yog‘i bilan massaj qilish yaxshi samara berishi mumkin

Choy daraxti yog‘i va E vitamini

Ularning har ikkisi ham quruq terini namlantirib, turli infeksiyalar tushishining oldini oladi. Shu sabab ham har tunda, uyqudan avval ushbu aralashmani tirnoq atrofidagi teriga surtish tavsiya qilinadi.

Ichimlik sodasi

Ichimlik sodasi nafaqat tirnoqlarni mustahkamlaydi, balki undagi lakdan qolgan sarg‘ish dog‘larni ham ketkazadi. Buning uchun 1 osh qoshiq ichimlik sodasi qo‘shilgan 250 ml suyuqlikka qo‘llarni 15 daqiqa solib o‘tirish maslahat beriladi.

Limon va shakar

Tirnoqlar sog‘lom va tiniq ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun yarim bo‘lak limon sharbatini 1 osh qoshiq shakarga qo‘shib surtish tavsiya qilinadi. 5-7 daqiqadan keyin yuvib tashlasangiz bo‘ladi.

Piyoz

Ikkiga bo‘lingan piyozni tirnoq atrofiga qo‘yib 5 daqiqa ushlab turing. Shundan keyin bor soatcha qo‘lingizni yuvmang. Hidi yoqimsiz bo‘lgani bilan natija ko‘zingizni quvnatishi aniq.

Yalpiz va moychechak

Antiseptik xususiyatga ega bo‘lgan moychechak va tarkibidagi efir yog‘i qon aylanishini yaxshilaydigan yalpizdan aralashma tayyorlang. Buning uchun bir stakan suvga 2 osh qoshiq moychechak soling. Barra yalpiz va bir necha tomchi efir yog‘i qo‘shing. 2 osh qoshiq zaytun yog‘i va 2 osh qoshiq un solishni ham unutmang. Tayyor aralashma bilan hafta davomida tirnoqlarni bir necha marta artish kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.