Salomatlik Salomatlik Juda ham zararli: Oyoqlarning shikastlanishiga olib keladigan poyabzal turlari

Juda ham zararli: Oyoqlarning shikastlanishiga olib keladigan poyabzal turlari

O'qildi: 417


Juda ham zararli: Oyoqlarning shikastlanishiga olib keladigan poyabzal turlari

Oyoq kiyimdagi asosiy narsa nima — go‘zallikmi yoki qulaylik?Go‘zallik va moda uslubi birinchi o‘rinda turadi deb o‘ylaydiganlarga “Noviy ochag” nashri uning oqibatlarini ma’lum qildi.

Foto: “Noviy ochag”

Baland poshnali tuflilar

Oyoq salomatligiga baland poshnalardan ko‘ra salbiy ta’sir o‘tkazadigan zararli narsa yo‘q. Bu, albatta, balandligi 6 santimetrdan yuqori poshnalar uchun taalluqli. So‘rovlarga ko‘ra, ayollarning taxminan 10 foizi haftasiga 3 marta yoki undan ko‘proq poshnali tufli kiyadi. Ularning orasida ishtirokchilarning 30 foizidan ortig‘i poshnali tufli kiyganligi sababli kamida bir marta jarohatlangan. Ko‘pincha ular oyoq qayrilishi natijasida jarohat olgan. Baland poshnali poyabzalda mukammal yuradiganlarda ham poshna biror bir tirqish yoki eskalator bo‘shlig‘iga tiqilib qolish ehtimoli har doim mavjud.

Ammo bu jarohatlanishlar baland poshnali poyabzalning yagona kamchiliklari emas. Ularning salbiy jihati shundaki, ular asta-sekin va sezilmas tarzda oyoq shaklini o‘zgartiradi. Asosiy yuk uning old qismiga tushadi. Yuk haddan tashqari ko‘paysa, mushaklar bunga bardosh bera olmaydi. Ayniqsa, bunday poyabzal bilan kun bo‘yi yurilsa, zo‘riqish kuchayadi. Natijada quyidagi muammolar paydo bo‘ladi:

  • “kostochka” — bosh barmoq bo‘g‘imning deformatsiyasi va siljishi natijasida oyoqning ichki yuzasida chiqadigan joylar;
  • qadoq va yoriq;
  • yassi oyoqlik.
Uzoq vaqt davomida baland poshnali poyabzal kiyish bilan oyoq mushaklari qisqaradi, bel qismida og‘riq paydo bo‘ladi va varikoz tomirlari xavfi ortadi. Ko‘pincha bo‘yin osteoxondrozi rivojlanadi, so‘ngra miyaning qon ta’minoti yomonlashadi, doimiy bosh og‘rig‘i va aylanishi kuzatiladi. Bundan tashqari, bunday poyabzal kiygan ayollar orasida tosda doimiy og‘riqlar va reproduktiv funksiyaning buzilishi tufayli bachadonning egilishi xavfi yuqori bo‘ladi.

Ammo, baland poshnali poyabzallar tantanali marosimlar uchun yaxshi tanlovdir va ularni bir vaqtning o‘zida 3-4 soatdan ortiq kiymaslik kerak. Boshqa hollarda, 3-4 santimetr balandlikdagi me’yoriy poshnada harakatlanish maqsadga muvofiq.

Ichki qismi tor poyabzallar

Keng poyabzalda oyoq barmoqlari o‘zini erkin his qiladi. Oyoq barmoqlari joylashgan qism tor bo‘lsa, bu barmoq uchun juda zararli. Ko‘pincha, har kuni bunday poyabzal kiyish bosh barmoq deformatsiyasining shakllanishiga yordam beradi. Bo‘rtib yoki qiyshayib ketish asta-sekin yon tomonga o‘tadi. Natijada vaziyat faqat og‘irlashadi. Poyabzalda siqilgan barmoqlar yallig‘lanishi ham mumkin. Birinchi barmoq bir vaqtning o‘zida ikkinchisi tomonga siljiydi. Natijada, ular orasida mexanik ishqalanish ham paydo bo‘ladi. Bularning barchasi og‘riq bilan birga keladi va faqat jarrohlik usullari bilan davolanadi.

Shuning uchun poyabzal qanchalik chiroyli bo‘lmasin, barmoqlar siqilib qolsa, ularni sotib olmaslik kerak. Faqat ichki qismi keng, barmoqlar erkin harakatlanadigan poyabzallarni tanlash tavsiya etiladi.

Tekis taglik

Ayniqsa, qish va erta bahorda tagligi silliq bo‘lgan poyabzal kiyish — yiqilish va jiddiy jarohat olishning eng yaxshi usuli. Bunday oyoq kiyim yoki botinkalarni sotib olish zinapoyadan pastga tushishni, endigina yuvilgan polda yugurishni ekstremal sportga aylantirmoqchi bo‘lganlar uchun mosdir.

Ammo, bu kabi oyoq kiyimlarning tagi g‘adir-budur bo‘lishi kerak. Agar taglik sirpanib ketsa, ularni garchi chiroyli bo‘lsa ham sotib olish tavisya etilmaydi.

Yupqa taglik

Ko‘p ayollar baletka kiyishni yaxshi ko‘radi. Ular qulay bo‘lib, barmoqlarga zarar yetkazmaydi. Lekin juda yupqa taglik zarur amortizatsiya xususiyatlariga ega emas. Bu tizza, umurtqa pog‘onasi va bo‘ksaning zo‘riqishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun, har kuni sezilmaydigan, ammo yupqa taglikli poyabzalda yurish oyoqlar yassiligi, tovonlarning yorilishi, bel churrasi va artrozga olib keladi.

Platforma oyoq kiyimlar

Ko‘pincha ayollar baland poshnali poyabzalga alternativ sifatida platformani tanlaydi. Ular shu yo‘l bilan oyoqlarini shikastlamasdan baland ko‘rinishi mumkinligiga ishonadi. Bunda qandaydir haqiqat bor. Lekin platforma poyabzal ham to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi kerak. Hech qanday holatda u tekis bo‘lmasligi lozim. Aks holda, oyoqning tabiiy biomexanikasi buziladi, mushaklarning charchashi va oyoqlarda qon aylanishining buzilishi paydo bo‘ladi. Oyoq, tizzalar azoblanadi, varikoz tomirlari rivojlanishi mumkin. Shuning uchun platforma ham biroz egriroq bo‘lishi kerak.

Oyoqlarni sog‘lom saqlash uchun nima qilish kerak?

Ma’lm bo‘lganidek, oyoqlarni, shuningdek, bel, bo‘yin va organizmning boshqa qismlariga zarar beradigan ko‘plab turdagi poyabzallar mavjud. Nima qilish kerak?Yechim aniq: iloji boricha kamroq nosog‘lom poyabzal kiyish. Chiroyli tuflilarni vaqti-vaqti bilan muhim joylarga kiyish mumkin, lekin har kuni malikadek ko‘rinish shart emas. Agar oyoqlarni sog‘lom saqlashni istasangiz, qulaylikni afzal ko‘rish kerak.

Mavzuga doir:

  • Oyoqdagi shish, charchoq, og‘irlik: qachon va nima uchun flebologga murojaat qilish kerak?
  • Suvli qadoq paydo bo‘lganda nima qilish kerak?
  • Zamburug‘ infeksiyasi haqida ko‘pchilik ishonadigan yanglish fikrlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.