Salomatlik Salomatlik Bolalar uchun ortopedik poyabzal: qanday tanlash kerak va uning foydasi bormi?

Bolalar uchun ortopedik poyabzal: qanday tanlash kerak va uning foydasi bormi?

O'qildi: 389


Bolalar uchun ortopedik poyabzal: qanday tanlash kerak va uning foydasi bormi?

Bolalar uchun to‘g‘ri ortopedik poyabzalni qanday tanlash kerak – ota-onalar tomonidan eng ko‘p beriladigan savoldir. Mutaxassislarning fikricha, bu tibbiy tashxis qo‘yilgandan so‘ng amalga oshirilishi kerak.

Foto: Liza

Mushak-skelet tizimidagi muammolarning oldini olishda asosiy narsa − bu harakatdir. Bolalar mushak va bo‘g‘imlarni mashq qiladi, bu esa oyoqning sog‘lom rivojlanishiga imkon beradi. Aslida bolalar oyog‘ida muammo to‘liq yurish jarayoni boshlanmaguncha bilinmaydi. Oyoq suyaklarining to‘g‘ri shakllanishi ortopedik modellar bilan emas, balki yaxshi rivojlangan mushak va bo‘g‘imlar bilan ta’minlanadi.

Ortopedik poyabzal zarar yetkazishi mumkinmi?

Shifokor ko‘rsatmasisiz tuzatuvchi sandal yoki poyabzal sotib olish tasodifiy dorilarni qabul qilishga o‘xshaydi. Bundan tashqari, bu kabi profilaktik poyabzallarning hammasi ham shifokorlar tomonidan tasdiqlanmagan. Tayanch harakat tizimining kasalligi – yassioyoqlik deb ataladi. Bunda tovon suyaklari gumbazining yassilanishi kuzatiladi. Natijada tayanch-harakat tizimi faoliyati buziladi.

Foto: Liza

Agar ota-onalar oddiy do‘kondan ortopedik poyabzal sotib olsa nima bo‘ladi?Bu masalada faqatgina oyoqlar sog‘lomligi emas, balki marketing hiyla-nayranglari ham mavjud. Shuningdek, bu kabi poyabzallar asossiz ravishda yuqori narxga ega. Ammo mutaxassislar nuqtayi nazarida shartli ravishda oyoqlarni to‘g‘ri holatga keltirish uchun mo‘ljallangan poyabzal juda qattiq hisoblanadi.

Foto: Liza

Belgilari, sabablari, xavfli tomonlari

Oyoq panjasining asosiy vazifasi tanadan tushgan og‘irlikni teng miqdorda taqsimlashdir. U xuddi “prujina” singari harakatda bo‘lishi kerak. Yassioyoqlikda esa bu yuk tizza, bo‘ksa va belga yuklama tushiradi. Harakat qilmasdan turib charchash, bosh og‘rig‘i – bu aynan to‘g‘ri taqsimlanmagan yukning oqibatidir.

Foto: Liza

Yuqorida aytilganidek, oyoq gumbazini qo‘llab-quvvatlovchi mushaklarning kuchsizligi, onalar juda qo‘rqadigan yassi oyoqlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Ortopedik poyabzallar quyidagilarni keltirib chiqarish mumkin:

  • Oyoqlarning tug‘ma, qo‘pol deformatsiyasi;
  • Nevrologik patologiyalar;
  • Operatsiyadan keyingi davr, ortopedik patologiyalarni tuzatish, oyoqning harakatchanligini cheklashni talab qiladi.
Tug‘ma oyoq nuqsonining muhim qismini kosolapost tashkil etadi. Bunda bolalarning mushak va bo‘g‘imlari egiluvchan bo‘lib, keyinchalik gipsli shinalar kiyishga ham to‘g‘ri kelishi mumkin. Ushbu muammodan qochish uchun bolani maktab yoshiga qadar tuzatuvchi poyabzal yoki oyoqning maxsus ortezlarini kiyish tavsiya etiladi.

Agar bolaning oyoqlari egri bo‘lsa

Ba’zi pediatrlar valgus deformatsiyasi uchun ortopedik poyabzal kiyishni maslahat beradi. Haqiqatan ham muammo bor yoki yo‘qligini aniqlash juda muhim sanaladi va buni faqatgina mutaxassis aniqlashi kerak. Ikki oyoqda harakatlanish boshlanishi bilan uch yarim yilgacha ko‘plab sog‘lom bolalar oyoq valgusiga ega bo‘ladi.

Foto: Liza

Kichkina bemorlarni ilk qadamidan boshlab shifokor-ortoped yoki podiatrist kuzatishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har ikki yilda bir marta, maktab o‘quvchilarini esa yiliga bir marta ko‘rikdan o‘tishi kerak. Ammo bola oyoq og‘rig‘idan shikoyat qilsa yoki harakatlanishida muammolar bo‘lsa, podiatristga tashrifni ortga qoldirmaslik yaxshiroq. U kerakli sinovlarni maxsus moslama – podoskopda o‘tkazadi. Agar kerak bo‘lsa, davolash ishlarini boshlaydi.

Foto: Liza

Tibbiy poyabzaldan tashqari, ishlab chiqarilgan va kundalik oyoq kiyimlarda  ham ortopedik tagliklar mavjud. Bu kabi ortopedik tagliklar oyoqning tag qismi uchun qulay tarzda moslashtiriladi. Ularni vazifasi tuzatish emas, balki to‘g‘ri harakatga o‘rgatishdir. Elastik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlagan holda, ichki tagliklar muvozanatni saqlashga, mushaklarni mashq qilishga va yurishning fiziologik uslubini rivojlantirishga yordam beradi.

Foto: Liza

Avvalo, bolalar oyoqlari erkin harakatlanishga muhtoj. Poyabzal asosan sovuqdan va jarohatdan himoya qilish kerak, ammo shu bilan birga o‘sayotgan oyoqlarning fiziologiyasi va mehanikasini bezovta qilmasligi kerak.

Bolalar uchun to‘g‘ri poyabzal quyidagicha tanlanadi:

  • Orqa qismi chidamli;
  • Poyabzal uchi va tovon qismi egiluvchan;
  • Tovon va orqa qismi qalin;
  • Yetarlicha keng;
  • Oyoqqa yaxshi mahkamlanadigan.
Tibbiy xulosalarga ko‘ra, jiddiy patologiyalar aniqlanmasa, unda bu kabi poyabzalni kiyish shart emas. Mumkin bo‘lgan joylarda bolaning yalangoyoq yurishi natijasida mushaklarning kuchlanishi hosil bo‘ladi va bu oyoq kasalliklarining oldini olish, shuningdek, mukammallikka tayyorgarlik hisoblanadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.