Kiyimlarni yuvganda ularning sifatini saqlash uchun yordam beradigan tavsiyalar
Uddaburon bekajonlar tomonidan tavsiya etilgan oddiy usullar kiyimga g‘amxo‘rlik qilishni osonlashtiradi.
Foto: “Domashniy ochag”Alohida yuvish faqatgina rangli va oq kiyimlargagina tegishli emas
Yengil futbolka hamda djinsi kiyimlarni ham birga yuvib bo‘lmaydi. Shundagina ular egasiga uzoqroq xizmat qiladi. Qolaversa, bir xil materialli kiyimlar quritish rejimiga qo‘yilsa, ular tezroq quriydi.
Djinsi kiyimlarni ichki tomon bilan yuvish kerak
Djinsilarni ichki tomoni bilan yuvib, umrini uzaytirish mumkin. Natijada ular yuvilganda kamroq eskiradi.
Sirka qo‘shish mumkin
Avval uni biror eskiroq kiyimda sinab ko‘rish tavsiya etiladi. Kir yuvish mashinasidagi chayqash moslamasiga oq sharob sirkasi qo‘shiladi. Yuvilgandan keyin narsalardan sirkaning hidi kelmaydi, lekin rangli narsalar yanada yorqinroq porlaydi va oq narsalar yangidek ko‘rinadi. Shuningdek, biror kiyim uzoq vaqt davomida shkafda qolsa va chiriyotgan hid kelayotgan bo‘lsa, bu usul hidni bartaraf etadi.
Kiyim yuvilgandan keyin unda dog‘ paydo bo‘lsa, uni hech qanday holatda dazmol yoki avtomatik quritgich bilan tuzatib bo‘lmaydi. Uni tabiiy ravishda quritib, keyin qayta yuvish kerak.
Nafis liboslar
Nafis yoki bezakli koftani qo‘lda yuvganda, chayish va siqish paytida unga putur yetkazish xavfi tug‘iladi. Suvda esa o‘z og‘irligi bilan cho‘zilib ketadi. Shuning uchun bu kabi kiyimlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri suv ostida kukun sepilgan holda yuvish kerak. Bundan tashqari, kir yuvish idishida maxsus teshiklar bo‘lsa, uni siqib olish osonlashadi.
Toza kiyimlar uchun alohida savatlarni o‘rnating
Odatda kir yuvish xonasida kiyimlar uchun ikkita, balki undan ko‘proq savatcha bo‘lishi kerak. Ularning biri toza, ikkinchisi esa yuviladigan kiyimlar uchun. Qolaversa, oilaning barcha a’zolari uchun ham alohida savatcha ajratish tavsiya etiladi.
Sviterni ilgichga osish tavsiya etilmaydi
Og‘ir trikotaj mato o‘z vaznini ko‘tara olmaydi va ilgichda cho‘zilib ketadi. Shuning uchun ular faqat kiyim javonlarida tartibli holda saqlanishi kerak, natijada ular egasiga uzoqroq xizmat qiladi.
Manba