Nafaqat organizm uchun zararli, balki teri ko‘rinishiga putur yetkazuvchi 7 ichimlik
Hammaga ma’lumki, spirtli ichimliklarning sog‘liq uchun, shu jumladan, teri uchun zararli ta’siri ko‘p. Bu kabi ichimliklar iste’mol qilinsa, teri qizaradi, doimo yallig‘lanadi, qon tomirlarida muammo paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, spirtli ichimliklar terini quritadi va qaritadi, ko‘z ostida xaltachalar paydo bo‘lishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Mutaxassislar yuz terisiga g‘amxo‘rlik qilish uchun yomondan dahshatga qadar ichimliklar reytingini tuzdi.
Foto: Cosmopolitan7. Tekila
U boshqa navlarga qaraganda kamroq shakarga ega, shuning uchun uning yallig‘lanishi va qizarishiga olib kelishi ehtimoli kamroq. Agar tuzsiz iste’mol qilinsa, terining osilib qolish xavfi kamayadi.
6. Pivo
Tarkibiga ko‘ra bu ham zararli ichimliklar qatoriga kiradi, qarishni sekinlashtiradigan boshqa komponentlarni faollashtiradi. Bundan tashqari, unda alkogolning past foizi bor va undan oz miqdorda ichish esa suvsizlanishdan qutqaradi.
5. Jin-tonik
Bu ichimlikning tarkibida zararli aralashmalar kam, shakar va tuz deyarli bo‘lmaganligi tufayli undan zararlanish ham nisbatan oz.
4. Oq sharob
Ko‘pincha oq sharob tunda ichiladi va bu teriga salbiy ta’sir qiladi. Sharob tarkibida ko‘p miqdorda shakar bor, bu terining yallig‘lanishiga, uning xususiyatlari yomonlashishiga va hujayralar o‘limiga sabab bo‘ladi.
3. Moxito
Moxitoning tarkibida juda ko‘p shakar bor, bu teri ko‘rinishini yomonlashtiradi va natijada ajinlar tezroq paydo bo‘ladi. Nafaqat moxito, balki boshqa gazli ichimliklar ham shunday ta’sirga ega.
2. Margarita
Bu ichimlik ko‘p miqdorda shakar va tuzni o‘z ichiga oladi, bu esa suvsizlanishga, terining qarishi va osilishiga olib keladi.
1. Qizil sharob
Eng avvalo, qon tomirlariga salbiy ta’sir qilishi bilan mashhur. Agar teri qizarish va allergiyaga moyil bo‘lsa, ushbu ichimlikdan voz kechgan ma’qul.
Manba