Salomatlik Salomatlik Varikoz paydo bo‘lishiga olib keluvchi eng keng tarqalgan xatolar

Varikoz paydo bo‘lishiga olib keluvchi eng keng tarqalgan xatolar

O'qildi: 453


Varikoz paydo bo‘lishiga olib keluvchi eng keng tarqalgan xatolar

Bugungi kunda varikoz — ayollar orasida eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Ammo o‘z vaqtida muolaja qilish orqali uning rivojlanishini to‘xtatish mumkin. Buning uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling.

1-xato: Doimiy o‘tirish

Harakat qilganimizda boldir mushaklari qisqaradi, tomirlarga bosim tushadi, natijada qon yurishi yaxshilanadi. Uning to‘g‘ri oqimi vena klapanlari tomonidan ta’minlanadi: qonning yurakka o‘tishiga imkon beradi, lekin uning teskari yo‘nalishda ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Foto: Adobe Stock

O‘tirganda yoki turganda esa qonning teskari oqimining oldini olish uchun klapanlar yopiladi. Ushbu holatda uzoq vaqt qolish bilan qon turg‘unligi yuzaga keladi, bu tomirlarni kengayishga majbur qiladi. Doimiy ravishda bunday yuk klapanlar buzilishiga va varikoz tomirlarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu kasallik ko‘pincha ofisda ishlaydigan va odatda harakatsiz turmush tarzini olib boradiganlarda paydo bo‘ladi.

2-xato: Dam olmasdan tik oyoqda ishlash

Foto: Adobe Stock

Tik holatda uzoq vaqt turish ham varikoz tomirlarining rivojlanish xavfini oshiradi, chunki bunday vaziyatda qon tortishish kuchiga qarshi borishga majbur bo‘ladi. Ko‘pincha o‘qituvchilar, shifokorlar, sartaroshlar, vizajistlar va boshqa tik turib ishlaydiganlar mazkur tomir kasalliklariga duch kelishadi.

3-xato: Piyoda yurmaslik

Foto: Adobe Stock

Mushaklar qisqaradi va venoz qonning chiqishini faqat harakatlanayotganda rag‘batlantiradi. Agar piyoda yurish o‘rniga jamoat yoki shaxsiy transportdan foydalansak, venoz tizimning ishi yanada murakkablashadi. Ko‘p o‘tirish tromb va shish paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi.

4-xato: Noqulay poyabzal

Foto: Adobe Stock

Poshnasi baland uchli tufli kundalik poyabzal uchun yaxshi variant emas. Baland poshna tufayli boldir mushaklari noto‘g‘ri ishlaydi: mushaklarga haddan tashqari bosim tushadi, natijada qon yaxshi aylanmaydi. Uchi tor poyabzallar old oyoq kafti va shunga mos ravishda tomirlarga ortiqcha bosim o‘tkazishi mumkin. Natijada qon aylanishi ham buziladi.

5-xato: Noto‘g‘ri ovqatlanish

Foto: Adobe Stock

Haddan ortiq tuzli, hazm bo‘lishi qiyin ovqatlarni ortiqcha iste’mol qilish qonni yanada yopishqoq qiladi va qon aylanishini buzadi. Noto‘g‘ri ovqatlanishdan kelib chiqadigan ortiqcha vazn venoz tizimiga ortiqcha bosim yuklaydi va tomirlar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bunday holatda nima qilish kerak?

Varikoz tomirlarini oldini olishning eng oddiy samarali usuli bu — yurish bo‘lib, harakatlanotganda oyoq mushaklari ishlaydi, bu esa venadagi qon harakatiga yordam beradi. Kuniga kamida bir soat yurish tavsiya etiladi. Tomirlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilish uchun kompressor kolgotka, chulki yoki golfi kiyish lozim — ular o‘tirib yoki tik oyoqda ishlashning salbiy ta’siriga qarshi kurashishga yordam beradi.

Kun davomida ko‘proq harakat qiling. Uydan ishlayotganlar oyoqlarini stol ustiga tashlab o‘tirishi ham mumkin.

Kundalik ishlar uchun to‘g‘ri poyabzal tanlang. Poyabzal uchi keng, tovoni 2-4 santimetrdan baland bo‘lmasligi kerak. Albatta, sport bilan ham shug‘ullanish lozim, lekin bunday vaziyatda harakatlarni oshirib yubormaslik kerak. Treningda vazningiz bilan ko‘proq ishlang.

Tomirlar uchun kardiomashqlar — yugurish, velosipedda uchish, suzish va skandinavcha yurish ham foydalidir. Qon quyuqligi normal bo‘lishi uchun har kuni ratsionni kuzatib borish va yetarli miqdorda suv ichish kerak. Agar oyoqlaringizda og‘irlik, og‘riq, charchoq yoki shishishni his qilsangiz, darhol shifokor-flebolog bilan maslahatlashing.

Mavzuga doir:

  • Nima uchun oyoqlarni chalkashtirib o‘tirish zararli?
  • Tovonlar yorilishining 8 ta asosiy sababi
  • Kun bo‘yi bir joyda o‘tirganda organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
  • Oyoqlarda shish paydo bo‘lishi qanday kasallikning alomati hisoblanadi?
  • Varikoz haqida har bir ayol bilishi kerak bo‘lgan 5 ta fakt


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.