Salomatlik Ayollar uchun Pul sarflash shart emas: zamonaviy obraz yaratishga yordam beradigan 5 ta layfxak

Pul sarflash shart emas: zamonaviy obraz yaratishga yordam beradigan 5 ta layfxak

O'qildi: 345


Pul sarflash shart emas: zamonaviy obraz yaratishga yordam beradigan 5 ta layfxak

Chiroyli va qiziqarli obraz yaratish uchun millionlarga ega bo‘lishingiz shart emas. Quyidagi maslahatlarga amal qilgan holda uslubingizni yangilashingiz mumkin.Garderobingizni saranjomlang

Foto: Getty Images / iStockphoto

Shkafingizdagi narsalarni ehtiyotkorlik bilan saralang: ko‘p yillar davomida javonlarda bo‘lgan va foydalanilmagan narsalarni chiqarib tashlang. Agar ba’zi narsalar yaxshi holatda yoki yangi bo‘lsa, yangi narsalarni sotib olishga pulingizni ko‘paytirish uchun ularni onlayn do‘konlarda sotishingiz mumkin.

Mavsumiy chegirmalar haqida unutmang

Foto: Getty Images / iStockphoto

Savdo markaziga yangi narsalar xarid qilish uchun borganingizda, chegirmali do‘konlar yoki mavsumiy chegirmalar mavjudligini unutmang. Bunday paytda do‘konlar assortimentini diqqat bilan kuzatsangiz, ajoyib narsalarni arzon narxda sotib olishingiz mumkin.

Asos bo‘la oladigan liboslarni saralang

Foto: Getty Images / iStockphoto

Universal kiyimlarni xarid qiling. Bu sokin ranglardagi monofon narsalar bo‘lishi mumkin, ular oddiy bo‘lib, zamonaviy elementlarning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Shkafdagi bunday asosiy narsalar bilan turli xil holatlar uchun ko‘proq obraz yaratishingiz mumkin. Bu narsalarni bir-biri bilan moslashtirish oson va sizda “kiyadigan hech narsam yo‘q” degan muammo bo‘lmaydi.

Pidjak yoki jaket sotib oling

Foto: Getty Images / iStockphotoHar bir ayol shkafida rangi va bichimi o‘ziga yarashib turadigan pidjak yoki jaketi bo‘lishi kerak. Bular yordamida obraz har doimgidek ko‘rinmaydi, ular obrazga yangilik va yorqinlik beradi.

Modani his qilish qobiliyatingizni rivojlantiring

Foto: Getty Images / iStockphoto

Moda jurnallarini yoki xorijiy dizaynerlar va stilistlarning ishlarini o‘rganing, turli xil moda uslublarini ko‘rib chiqing, Boshqa odamlarning kiyimlariga o‘xshamaydigan, eski kiyimlardan yangi narsalarni yarating. Shu yo‘l bilan o‘zingiz yaratgan obraz bilan boshqalarning e’tiborini jalb qilishingiz, har doim trendda qolishingiz va kiyinishda o‘ziga xos uslubni shakllantirishingiz mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.