Husnbuzarlarni yo’qotish: davolash usullari, uy sharoitida teri parvarishi
O'qildi: 1 264
Husnbuzar, yoki tibbiy tilda akne — terining noto’g’ri ishlashi natijasida yuzaga keladigan muammo. O’lik hujayralar va yog’lar teri teshikchalari yo’lini to’sib qo’yadi (aynan shu yerda yog’ bezlari joylashgan), ammo bakteriyalar unga kirishi mumkin bo’ladi. Bunday tiqilib qolgan teshikchalarda oziqa moddalari ko’pligi sababli bakteriyalar u yerda faol ko’payib, yallig’lanish, ya’ni ugrini keltirib chiqaradi. Ko’pincha, husnbuzarlar yuz, orqa va ko’krak qafasi terisiga toshadi.
Odatda, bularning barchasi o’smirlik davrida yuzaga keladi va maksimum 30 yoshgacha davom etadi, lekin doim ham emas. Ba’zida gormonal fon (ular genetik jihatdan belgilangan bo’ladi), ba’zida esa kasalliklar bunga xalaqit beradi.
Bundan qanday xulosa qilish mumkin? Agar o’smirlik davrida kuzatiladigan gormonlar darajasi «o’ynash» vaqti nihoyasiga yetgan bo’lsa-yu, lekin husnbuzarlar muammosi bezovta qilishdan to’xtamasa, ehtimol ular butun hayotingiz davomida siz bilan birga bo’ladi va bu bilan yashashni o’rganishga to’g’ri kelishi mumkin.
Aknening ba’zi turlari aslida oddiy bakterial infektsiya hisoblanadi, ba’zilari yashin tezligida yuzaga kelib, to’qimalar nekrozini chaqiradi va tizimli kasalliklar bilan bog’liq bo’ladi. Ammo biz hozircha oddiy husnbuzarlar haqida gaplashamiz.
Ularning qora rangdaligi havo bilan aloqa qilib, oksidlanishi tufaylidir, aslo ko’pchilik o’ylaganidek kir to’lib qolishi sababli emas. Ba’zan ular qora emas, to’q-sariq rangda qolishi mumkin.
1-jadval. Husnbuzarlar tasnifi (paydo bo’lishi sabablari va turiga ko’ra)
2-jadval. O’smirlik davrida teri turiga ko’ra husnbuzar chiqishi intensivligi va joylari.
Buning uchun quyidagilarga murojaat qilish mumkin:
Batamom husnbuzarlardan qutulish uchun uy sharoitida davolanish usullari yoki mo’jizaviy xalqona vositalar yo’q. Noto’g’ri vositalar ta’siri tufayli terini kuydirib qo’yish mumkin. Bunday holatda aknedan ko’ra jiddiyroq muammolar yuzaga keladi.
Aslida, ko’pchilik niqoblar u yoki bu tarzda yordam berishi mumkin (yoki yo’q), shuning uchun uy sharoitida davolanish omadni sinab ko’rishdir: nima yordam beradi, qachon va qanday qilib, aniq emas.
Aslida, bu o’sha-o’sha husnbuzarni «siqib tashlash» usuli, yagona farqi — asboblar teriga kamroq zarar yetkazadi, infektsiya rivojlanishi va iz qolish xavfi kamayadi.
Kosmetik ekstraktorlar va shipchiklardan ham foydalanish qoidalari mavjud:
Akne dog’larini ketkazish muolajalari ko’p sonli emas. Ularning barchasi u yoki bu darajada shikastlovchi ta’sirga ega va har doim ham samarali bo’lmaydi.
Mutaxassislar yengil darajadagi aknega qarshi profilaktika o’tkazishda quyidagilarni tavsiya etishadi:
Akne — eng keng tarqalgan teri kasalligidir. U bilan kurashish ba’zan qiyin bo’ladi, ammo buning iloji bor.
Husnbuzar paydo bo’lishi sabablari
Husnbuzar bir necha sabablarga ko’ra toshishi mumkin. Va, afsuski, bu faqat gigiena muammolari bilan bog’liq emas. Hammasi ancha chuqurroq.Gormonlar
Avvalo, akne gormonlar bilan bog’liq muammolar natijasidir. Aynan gormonlar terini shu qadar ko’p yog’ ishlab chiqarishga majbur qilib, teshikchalar ularni tashqari ajratishga ulgura olmay, tiqilib qolishiga sabab bo’ladi.Odatda, bularning barchasi o’smirlik davrida yuzaga keladi va maksimum 30 yoshgacha davom etadi, lekin doim ham emas. Ba’zida gormonal fon (ular genetik jihatdan belgilangan bo’ladi), ba’zida esa kasalliklar bunga xalaqit beradi.
Bundan qanday xulosa qilish mumkin? Agar o’smirlik davrida kuzatiladigan gormonlar darajasi «o’ynash» vaqti nihoyasiga yetgan bo’lsa-yu, lekin husnbuzarlar muammosi bezovta qilishdan to’xtamasa, ehtimol ular butun hayotingiz davomida siz bilan birga bo’ladi va bu bilan yashashni o’rganishga to’g’ri kelishi mumkin.
Noto’g’ri pardoz
Yog’ asosida tayyorlangan har bir vosita ugri toshishi xavfini oshiradi. Juda agressiv tozalash vositalari ham zararlidir. Shu sababli, yengil suv asosli vositalardan foydalaning va toshmalarga qo’l bilan tegmang.Ovqatlanish
Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ovqatlanish tartibi husnbuzar chiqishiga hech qanday aloqasi yo’q. Ammo har yerda bo’lganidek bunda ham qoidada istisnolar mavjud. Ba’zi kishilar akne bartaraf bo’lishi uchun shirinlik yoki sutli mahsulotlaridan voz kechishlari kifoya. Shu sababli siz ham sinab ko’rishingiz mumkin.Stress
Stress gormonal tizim bilan bevosita bog’liq bo’lganligi sababli doimiy tashvish va tushkunlik terining holatini yomonlashtirishi mumkin. Shu bois asabiy kunning ertasiga yuzda husnbuzarlar aniqlansa, bu salbiy bo’lsa-da normal holat hisoblanadi.Husnbuzar turlari
Akne — butunlay g’ayrioddiy narsa, hech bo’lmaganda ularning ko’plab turlari mavjudligi va bir odamda bir nechta turi rivojlanishi mumkinligi tufayli.Aknening ba’zi turlari aslida oddiy bakterial infektsiya hisoblanadi, ba’zilari yashin tezligida yuzaga kelib, to’qimalar nekrozini chaqiradi va tizimli kasalliklar bilan bog’liq bo’ladi. Ammo biz hozircha oddiy husnbuzarlar haqida gaplashamiz.
Ochiq komedonlar
Qora nuqta deb ataladigan narsalar. Bu nuqtalar gugurt uchining o’lchamidan kattaroq va deyarli bir santimetr chuqurlikda bo’lishi mumkin. Qora nuqta ortida juda ko’p miqdorda teri yog’i yashiringan bo’ladi.Ularning qora rangdaligi havo bilan aloqa qilib, oksidlanishi tufaylidir, aslo ko’pchilik o’ylaganidek kir to’lib qolishi sababli emas. Ba’zan ular qora emas, to’q-sariq rangda qolishi mumkin.
Yopiq komedonlar
Tuzilishi jihatidan ochiq turi kabi. Ammo uning sirti nozik teri qatlami bilan qoplanganligi sababli yog’lar oksidlanmaydi va oqligicha qoladi.Papulalar
Oq dog’lari bo’lmagan kichik qizil toshmalar. Ba’zan ular og’riq chaqiradi. Ular teri ostidagi akne deb ham ataladi.Pustulalar
Ular oddiy ugri kabi ko’rinadi: qizil yallig’langan soha, markazida dastlab suyuq bo’lib, so’ngra qattiqlashadigan modda mavjud bo’ladi (tavsiya: suyuqlikka tegmagan yaxshi). Ushbu modda tarkibi yiringdir.Nodullar
Qattiq nodullar terining tubida yashiringan bo’lib, uning sathidan ko’tarilib turadi. Ular juda og’riqli bolib, qichishishi mumkin va kishiga noqulayli yetkazadi.Kistalar
Bu husnbuzarlarning eng jiddiy turi. Teri ostida ko’p miqdorda nodullar mavjud bo’lib, ularga oddiy qo’l ostidagi vositalar yordamida yetib bo’lmaydi. Bunday kistalar chandiq hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin.Bolalar aknesi
Davolash yoki tegmaslik kerak bo’lgan husnbuzarlar mavjud: ular chaqaloqlarda uchraydi va hech qanday aralashuvni talab qilmaydi. Bu shunchaki chaqaloqning qonida ona gormonlarining mavjudligiga reaktsiyadir. Bu reaktsiya vaqt o’tishi bilan o’z-o’zidan yo’q bo’lib ketadi. Va ota-onalar qanchalik kamroq e’tibor qaratishsa, shunchalik tezroq.1-jadval. Husnbuzarlar tasnifi (paydo bo’lishi sabablari va turiga ko’ra)
Sababi | Xavf guruhi | Turlari | Davolash usullari |
---|---|---|---|
O’smirlik husnbuzarlari | 13 yoshdan 18-20 yoshgacha bo’lgan o’smirlarning 60 foizi. Qizlar o’g’il bolalarga qaraganda ko’proq duch kelishadi | Aknening barcha turlari va barcha bosiqchlari | 1-2 darajalar mahalliy vositalar yordamida (malhamlar, niqoblar), 3-4 darajalari tizimli davolanish yordamida (antibiotiklar va gormonal vositalar) |
Kattalar aknesi | Menstrual siklning ikkinchi yarmida fertil bo’lgan ayollar | Papula, pustula, ba’zan esa nodulyar-kistoz akne | Gormonal fon normaga kelgach o’zlari o’tib ketadi |
Urogenital tizim kasalliklariga chalingan, endokrin o’zgarishlar aniqlanganlar shaxslar, odatda erkaklar | Nodulyar-kistoz sharsimon husnbuzar | Birlamchi kasallikni tizimli davolash | |
Vazn olish uchun steroidlar qabul qiluvchi shaxslar | Nodulyar-kistoz turi (steroidlar qabul qilish bilan birga boshlanadi) | Steroidlar qabuli bekor qilingach o’z-o’zidan o’tib ketadi | |
Ekzogen husnbuzarlar | Aknegen mahsulotlar (kimyoviy vositalar, kosmetik vositalar) bilan uzoq vaqt aloqada bo’ladigan shaxslar | Aloqa davomiyligi va terining ta’sirchanligiga bog’liq | Ta’sirlantiruvchi modda bilan aloqani bekor qilish va mahalliy simptomatik davolash choralarini qo’llash |
Teri turi | Xususiyatlari | Akne toshish joylari |
---|---|---|
Quruq | Teri juda nozik. Teshikchalar ko’zga tashlanmaydi. Quruqlashish, shamolda yorilishga moyil bo’ladi | Ugri chiqish holatlari kamdan-kam holatlarda kuzatiladi, hatto gormonal o’zgarishlar cho’qqiga yetgan davrda ham. Peshona, iyakda bir-ikkita toshma kuzatilishi mumkin |
Normal | O’rtacha nozik bo’lgan teri. Sog’lom va namlangan ko’rinishga ega | Peshona, iyakda aniqlanadi, toshmalar soni ko’p emas |
Kombinativ | Teri T-zona deb ataladigan sohada ko’p miqdorda yog’ ishlab chiqarishga moyil. Yog’ ko’pligi sababli yuz yaltirashi mumkin, teshikchalar ko’zga tashlanadi | T-zona — peshona, burun, iyak. Yonoqlarda bir-ikkita toshma aniqlanishi mumkin |
Yog’li | Teri yog’ ajratishi yuqori darajada. Teshikchalar kengaygan va ularni qurollanmagan ko’z bilan ham ko’rish mumkin. Husnbuzar joyida dog’lar qolishi xavfi yuqori | Yuzning barcha qismlari, kuraklar, dekolte zonasiga ham chiqishi mumkin |
Teri parvarishi
Shunday qilib, qanday akne turi toshgan bo’lmasin, terini baribir parvarishlash lozim. Yodda tutingki, husnbuzarlarni davolash va terini parvarishlash bitta narsa emas.- Tozalash vositalari. Kuniga ikki marta namlangan yuzni va akne bilan zararlangan boshqa sohalarni tozalovchi vositalar bilan ehtiyotkorona massaj qiling, so’ng sohani yaxshilab yuvib tashlang.
- Hech qachon umumiy sochiq bilan artinmang. Bir marta ishlatiladigan salfetkalardan foydalanish afzal, ayniqsa yuz uchun. Yoki kichik ro’molchalar sotib olin, issiq suvda yuvib tashlang va dazmollang — bu bir martalik ishlatiladigan salfetkalar o’rnini bosadi.
- Skrablar. Faqat aknening yengil darajalarida va haftada bir martadan ko’p bo’lmagan holda foydalaning. Kichik zarrachali turini tanlang va tozalash yakunida ehtiyotkorlik bilan yuvib tashlang.
- Dorivor vositalar. Terini tozalab, so’ng dori vositalarini ehtiyotkorlik bilan ta’sirlangan joylarga qo’llab chiqing.
- Dush uchun gellar va sovun — kuniga bir marta yumshoq shimgich yordamida qo’llang. Agar tez-tez yuvinadigan bo’lsangiz, faqat suvning o’zidan foydalaning.
Husnbuzarlarni davolash
Agar nafaqat paydo bo’lgan husnbuzarni yo’qotish, balki umuman akne paydo bo’lishini kamaytiradigan jiddiy davolanish haqida gapiradigan bo’lsak, unda yuz uchun niqoblardan ko’ra kuchliroq vositalar kerak bo’ladi.Buning uchun quyidagilarga murojaat qilish mumkin:
- Antibiotiklar. Bunda ular ham mahalliy (ya’ni teriga qo’llaniladi), ham tabletka shaklida bo’lishi mumkin.
- Retinoidlar. Ular tashqi tomondan qo’llaniladigan moddalardir.
- Oral kontratseptivlar. Faqat ayollarga buyuriladi va bu vositalar terining holatini jiddiy ravishda yaxshilashi mumkin, chunki ular gormonal fonni butunlay o’zgartiradi.
- Kislotalar (masalan salitsil yoki azelain) va benzoil peroksid.
- Izotretinoin. Ayniqsa og’ir holatlarda buyuriladi, chunki u jiddiy nojo’ya ta’sirga ega: yorug’likka sezgirlikdan tortib tomoq qurishi, ko’ngil aynishi va bosh og’rig’igacha. Ushbu preparatni qo’llashda ayollarga homilador bo’lish qarshi ko’rsatiladi (bu homilaga ta’sir qiladi). Ammo uning ta’siri juda yaxshi va sezilarli. Albatta, bunday vositalarni shifokorlar buyuradi.
Ugrilarga qarshi uy sharoitida kurashish
Husnbuzarlarni ketkazish uchun yordam beradigan tabiiy vositalar:- Choy daraxti yog’i.
- Qoramol tog’aylari.
- Rux.
- Pivo achitqilari.
Batamom husnbuzarlardan qutulish uchun uy sharoitida davolanish usullari yoki mo’jizaviy xalqona vositalar yo’q. Noto’g’ri vositalar ta’siri tufayli terini kuydirib qo’yish mumkin. Bunday holatda aknedan ko’ra jiddiyroq muammolar yuzaga keladi.
Aslida, ko’pchilik niqoblar u yoki bu tarzda yordam berishi mumkin (yoki yo’q), shuning uchun uy sharoitida davolanish omadni sinab ko’rishdir: nima yordam beradi, qachon va qanday qilib, aniq emas.
Yuzni tozalash
Aslida buni qilmaslik yaxshi, dermatolog yoki kosmetologga murojaat qilish ancha xavfsizroqdir. Ammo ko’pincha terining teshiklari shu qadar tez-tez tiqilib qoladiki, shifokorga ishga borgandan ko’ra ko’proq borishga to’g’ri kelishi mumkin. Bunday holatda terining ostidan barcha keraksiz narsalarni olib tashlashga yordam beradigan maxsus asboblar to’plamlari mavjud.Aslida, bu o’sha-o’sha husnbuzarni «siqib tashlash» usuli, yagona farqi — asboblar teriga kamroq zarar yetkazadi, infektsiya rivojlanishi va iz qolish xavfi kamayadi.
Kosmetik ekstraktorlar va shipchiklardan ham foydalanish qoidalari mavjud:
- Barcha muolajalar toza terida o’tkazilishi va yonda xlorgeksidin kabi yengil antiseptiklar tayyor turishi kerak;
- Bitta husnbuzarni ochgach — erinmaslik va asbobni yuvish yoki hech bo’lmaganda antiseptik bilan namlangan paxta yordamida artib olish kerak. Faqat YouTube`dagi shubhali videolarda hammasi ketma-ket bajariladi;
- «Og’ir artilleriya»ni shunchaki sovun va niqob kabi yengil mahsulotlar yordam bermagan hollarda qo’llash yaxshi.
- Qizil rangda bo’lgan barcha sohalar yallig’lanishdir. Yallig’langan joylarga tegib bo’lmaydi.
Husnbuzarlar dog’ini yo’qotish
Aknening ko’pgina turlari o’zlari izlar va notekisliklar qoldiradi. Biroq agar oddiy husnbuzar noto’g’ri siqilsa ham chandiq yoki hech bo’lmaganda pigmentli dog’ ishlab olish mumkin.Akne dog’larini ketkazish muolajalari ko’p sonli emas. Ularning barchasi u yoki bu darajada shikastlovchi ta’sirga ega va har doim ham samarali bo’lmaydi.
- Kimyoviy piling. Bunda kislota bilan och rangli dog’larni sezilmas qilishga harakat qilinadi.
- Lazerli tekislash. Lazerlarning bir nechta turlari mavjud (ta’sir darajasi va xavfliligi har xil), ammo ularning hech biri mukammal natija bermaydi.
- Plomba va filler. Ba’zida chandiqlar terining qarishi va akne izlari chuqurlashgani sababli yanada yaqqolroq ko’zga tashlandigan bo’lib qoladi. Fillerlardan foydalanish (ajinlarga qarshi qo’llanilgani kabi) izlarning ko’rinishini silliq qilishga yordam beradi.
Oldini olish
Husnbuzar paydo bo’lishini oldini olish haqida gapirganda uning yengil bosqichlari nazarda tutiladi. Furunkul (chipqon), nodulyar-kistoz yoki tezkor paydo bo’luvchi aknega qarshi mustaqil kurashishga harakat qilmang — bu nafaqat terida jiddiy muammolar yuzaga kelishi, balki og’ir holatlarda sepsisga sabab bo’lishi mumkin.Mutaxassislar yengil darajadagi aknega qarshi profilaktika o’tkazishda quyidagilarni tavsiya etishadi:
- Yog’ bezlari faolligi oshgan davrda ovqatlanish tartibini qayta ko’rib chiqish, ya’ni yog’li va oddiy uglevodlarga boy bo’lgan shirin mahsulotlar iste’molini cheklash;
- Qo’l va yuz gigienasiga ko’proq e’tibor qaratish. Bu akneni to’liq yo’q bo’lishiga sabab bo’lmasa-da, tashqi omillar tufayli uning tarqalib ketmasligiga yordam beradi.
- Muntazam ravishda antiseptik niqob va malhamlardan foydalanish. Ular teri teshikchalarini bakteriyalar kirishidan himoyalaydi.
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.