Salomatlik Salomatlik Dazmol qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar va ulardan qochishning 9 usuli

Dazmol qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar va ulardan qochishning 9 usuli

O'qildi: 308


Dazmol qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar va ulardan qochishning 9 usuli

Kiyim-kechaklar tekis va tartibli ko‘rinishi uchun dazmol qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolarni takrorlamaslikka harakat qilish kerak.

Foto: “Domashniy ochag”

Kiyimni quruqligicha dazmol qilish

Matoni namlamasdan dazmollamaslik, iloji boricha purkagich yoki bug‘ dazmoldan foydalanish kerak. Quruq holda dazmol qilinsa, kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi.

Eng oxirida yupqa matoli kiyimlarni dazmollash

Yuqori haroratdan kuymasligi uchun teskari tartibda — birinchi yupqa matoli, keyin esa qalin matoli kiyimlarni dazmollang.

Dazmolning qizib ketishi

Agar kiyim aralash matodan tikilgan bo‘lsa, uning tarkibidagi eng nozik mato bo‘yicha dazmollang. Shunday qilsangiz, kiyimlaringiz uzoqroq xizmat qiladi.

Distillangan suvdan foydalanish

Distillangan suvga pul sarflashga hojat yo‘q. Oddiy ichimlik suvini filtrdan o‘tkazib ishlatsangiz ham bo‘ladi.

Dazmolning tagini tozalamaslik

Dazmol tozalash uchun melamin gubka, tozalovchi bo‘r sotib oling, eng arzon va oson yo‘li esa suv tomizilgan ichimlik sodali pasta bilan tozalang. Shunda dazmoldagi kuygan dog‘lar liboslaringizni zararlamaydi.

Dazmolning ichidagi suvni to‘kib yubormaslik

Hatto kunora dazmol qilsangiz ham, jarayondan keyin suv idishini bo‘shatishni esdan chiqarmang. Chunki bu dazmol ichini zang bosishidan tashqari, suv eskirishiga ham olib keladi. Buning oqibatida esa kiyimlarda dog‘ qolishi mumkin.

Noto‘g‘ri dazmol taxtasidan foydalanish

Pul tejayman deb, doskaning arzonini xarid qilmang. Dazmollash uchun rozetkasi, ushlagichi bor va yechilib ketmaydigan qoplamali taxta odatdagidan qimmatroq bo‘ladi. Biroq sifati shunga arziydi, farqi darhol seziladi.

An’anaviy dazmoldan ko‘p foydalanish

Agar oilangiz katta, kiyim-kechaklaringiz ko‘p bo‘lsa, maxsus bug‘ dazmol xarid qiling. Bu ishingizni ancha yengillashtiradi.

Haddan ortiq g‘ijim matoni dazmollash

Matoning g‘ijimi qancha kam bo‘lsa, ish shuncha oson bo‘ladi. Shuning uchun kir yuvilganda avvaliga kiyimlarni yaxshilab silkitib, keyin dorga ilish kerak. Dazmollashdan oldin uni qo‘llaringiz bilan biroz tekislashni ham unutmaslik lozim.

Mavzuga doir:

  • Shampun, folga va kiyimlarni yuvishda kerakli bo‘lgan boshqa 8 ta kutilmagan vosita(foto)
  • Atir uzoq turishi uchun vazelin va kosmetikadan pul tejashga yordam beradigan 15 layfxak
  • Tashlashga shoshilmang: banan po‘stlog‘idan kundalik hayotda unumli foydalanish sirlari
  • Takror ishlatish mumkin va kerak bo‘lgan bir martalik buyumlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.