Salomatlik Ayollar uchun Yuvilgan kiyimlardan mog‘or hidi kelsa, nima qilish kerak?

Yuvilgan kiyimlardan mog‘or hidi kelsa, nima qilish kerak?

O'qildi: 333


Yuvilgan kiyimlardan mog‘or hidi kelsa, nima qilish kerak?

Deyarli har bir uy bekasi kir yuvgandan keyin kiyimlardagi yoqimsiz hid muammosiga duch kelishi mumkin. Buning sababi nima va u bilan qanday kurashish kerakligini “Domashniy ochag” nashri ma’lum qildi.

Foto: “Domashniy ochag”

Ba’zan kiyimlar yuvilgandan keyin kir mashinasi ochilsa, ulardan yoqimli hid kelmaydi. Nima uchun bunday bo‘ladi va ushbu muammoni barataraf etishning iloji bormi?

Buning bir nechta sabablari bo‘lishi mumkin:

  • kirlar uzoq vaqt davomida mashinada qolishi;
  • barabanning ortiqcha yuklanishi;
  • kiyimlarning yaxshi yuvilmagani.
Muammoni tezda hal qilish uchun barabanga toza tabiiy mato qo‘yish kerak, ustiga 2-3 tomchi efir moyi quyiladi  va 15 daqiqalik qo‘shimcha chayish dasturi bajariladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Agar yoqimsiz chiriyotgan hid doimo saqlanib qolsa, muammo kir yuvish mashinasida.

Foto: “Domashniy ochag”

Mog‘or hidi

Kir yuvish mashinasining hidi uning eskirganligi sababli ham paydo bo‘lishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan uskuna devorlarida va changni tarqatish qismida mog‘or va shilimshiq qatlamlar to‘planadi. Agar mashinadan noto‘g‘ri foydalansangiz, bu jarayon tezlashadi: kiyimlarni doimo yuvgandan keyin mashinada qoldirish yoki juda ko‘p mato yumshatgichdan foydalanish kabilar.

Muammoni bartaraf etish uchun eng uzun yuvish vaqtini yuqori haroratda ishga tushirish kerak, mashinaga xlorli oqartirgich qo‘shiladi va suv harorati maksimal darajaga yetganida siklni bir soat to‘xtatib turish tavsiya etiladi. Keyin, chayish paytida, dozatorga kir yuvish kukuni emas, balki bir stakan suyultirilmagan sirka quyiladi. Sikl yakunlanadi. Ushbu oddiy protsedura mog‘ordan xalos bo‘lishga yordam beradi. Ammo, afsuski, bu tajriba ham uzoqqa bormaydi. Shuning uchun eng yaxshisi, muntazam ravishda kir yuvish mashinasini profilaktik tozalash oyda bir marta amalga oshirilishi kerak.

Aytgancha, hozirda maxsus mahsulotlar sotilmoqda — kir yuvish mashinalari uchun tozalagichlar, ular mog‘or, blyashka va mashinadagi yoqimsiz hidga qarshi kurashadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.