Salomatlik Salomatlik Xilma-xil nonushta: Tvorogga nima qo‘shib iste’mol qilsa bo‘ladi?

Xilma-xil nonushta: Tvorogga nima qo‘shib iste’mol qilsa bo‘ladi?

O'qildi: 327


Xilma-xil nonushta: Tvorogga nima qo‘shib iste’mol qilsa bo‘ladi?

Tvorog sifatli oqsil, B guruhi vitaminlarining koni sanaladi. Muntazam ravishda iste’mol qilish moddalar almashinuvini yaxshilab, miya faoliyatini yaxshilaydi, temir moddasining so‘rilishiga yordam beradi. Bir porsiya o‘rtacha kattalikdagi tvorogda sutkalik kalsiy me’yorining 30 foizi, shuningdek, D vitaminining yetarlicha miqdori mujassam bo‘ladi. Ushbu moddalar suyak, tirnoq va sochlarning mustahkam bo‘lishi uchun muhim.

Foto: Harper’s Bazaar

Meva va rezavorlar

Tvorogni mazali va foydali qilishning oddiy usuli — unga meva va rezavorlar qo‘shish hisoblanadi. Olma temir moddasining, shaftoli karotin va vitaminlarning, banan esa kaliyning koni sanaladi. Istalgan meva va rezavorlarni ishlatsa bo‘ladi, sovuq kunlarda esa barra mahsulotlar o‘rniga muzlatilgan, konservalangan variantlardan foydalanish mumkin. Konservalanganidan foydalanganda uning qiyom emas, o‘z sharbatiga yopilganiga e’tibor qarating. Bu orqali ortiqcha shakar iste’molidan cheklanishingiz mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar

Quritilgan mevalar

Yana bir foydali variant tvorogga quritilgan mevalar: o‘rik, xurmo, anjir va boshqalarni qo‘shish hisoblanadi. Ularning bari organizm uchun foydaning koni. Gap shundaki, quritilgan mevalarda oziqaviy moddalar konsentratsiyasi ko‘proq bo‘ladi.

Yong‘oq

Yong‘oq omega-6 yog‘ kislotasi va o‘simlik oqsilining koni. To‘q tutgani hisobiga uzoq vaqt davomida ochlik hissi unutiladi, shuningdek, miya faolligini rag‘batlantiradi. Tvorog bilan qo‘shilganda organizm uchun foydali bo‘lgan balansli yegulikka aylanadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Sabzavotlar

Ko‘pchilik tvorogga shakar, murabbo va barra mevalarni qo‘shib iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi. Ammo sabzavot qo‘shilganda tvorogning maksimal darajada parhezbop va foydali bo‘lishini yoddan chiqarmaslik kerak. Tvorogni brinza yoki feta singari salatlarga ham qo‘shish mumkin. Kaloriyasi kam bo‘lgan bunday yegulik salomat bo‘lishingizda yaxshi samara beradi.

Mavzuga doir:

  • Xolesterin bilan bog‘liq hamma bilishi kerak bo‘lgan 7 ta fakt
  • Made in Japan: Yaponcha parhez nima va unga amal qilish orqali qanday natijaga erishish mumkin?
  • Diyetologlar hech qachon iste’mol qilmaydigan 5 mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.