Nonushta uchun tvorogni qanday mahsulot bilan iste’mol qilish mumkin?
Tvorog sifatli oqsilning eng yaxshi manbalaridan biridir. U B vitaminlariga boy, buning natijasida uni muntazam iste’mol qilish metabolizmni tezlashtiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi va temirni yaxshiroq singdirishga yordam beradi. O‘rtacha porsiyadagi tvorog kundalik kalsiyning deyarli 30 foizini va D vitaminining munosib qismini ta’minlaydi. Bu moddalar suyak, tirnoq va sochlarning holatiga ta’sir qiladi, shuningdek, gormonal muvozanatni tartibga soladi va bir qancha jiddiy kasalliklar xavfini kamaytiradi.
Foto: Harper’s BazaarTvorog tarkibidagi magniy qon bosimini me’yorlashtiradi, qon quyqalarini shakllanishiga to‘sqinlik qiladi va sut kislotasi bakteriyalari ovqat hazm qilishni rag‘batlantiradi, ichak mikroflorasini tiklaydi, shuningdek, oshqozondagi noqulaylikni yengillashtiradi. Umuman olganda, bunday to‘yimli mahsulot qo‘shimchalarga muhtoj emas-u, lekin uni yanada sog‘lom va mazali qilish mumkin.
Meva va rezavorlar
Tvorogni yanada mazali hamda foydali qilishning eng oson va eng mashhur usuli – unga meva va rezavorlar qo‘shish. Olma temirning bir qismini, shaftoli – karotin va vitaminlar, banan – kaliy va golubika – salomatlikni mustahkamlash va qarishni sekinlashtirish uchun antioksidantlarning ma’lum qismini beradi. Sevimli bo‘lgan har qanday rezavor va mevalardan foydalanish mumkin va sovuq mavsumda yangi mevalarni muzlatilgan yoki konserva bilan almashtirish tavsiya etiladi.
Quritilgan mevalar
Yana bir foydali variant – tvorogga quritilgan mevalarni qo‘shish. Quritilgan o‘rik, xurmo yoki anjir kabilar. Ularning barchasi organizm uchun juda foydali, chunki quritilgan mevalarda yangi mevalardagi barcha ozuqa moddalari ancha yuqori konsentratsiyada saqlanadi. Kaloriyalar haqida esa ularni ko‘p miqdorda iste’mol qilmaslik kerak.
Yong‘oqlar
Yong‘oqlar sog‘lom omega-6 yog‘ kislotalari va o‘simlikka asoslangan oqsillarning ajoyib manbaidir. Ular organizmni mukammal darajada to‘ydiradi, bu uzoq vaqt davomida ochlik tuyg‘usini unutish va miya faoliyatini rag‘batlantirish imkonini beradi. Tvorog bilan birlashtirilgan yong‘oqlar mukammal muvozanatli taomga aylanadi, undan tana kerakli hamma narsani oladi.
Sabzavotlar
Sabzavotlar tvorog bilan birgalikda kamdan-kam iste’mol qilinadi. Tvorogni shirin iste’mol qilishga, unga shakar, murabbo yoki yangi mevalar qo‘shishga odatlanganmiz. Biroq sabzavot bilan tvorog eng parhezli, ammo ayni paytda sog‘lom gazakka aylanadi. Tvorogni pishloq yoki feta singari salatlarga qo'shish mumkin, tvorog pishloqqa qaraganda ancha kam kaloriyani o‘z ichiga oladi.
Mavzuga doir:
- Baxt gormoni: qanday mahsulotlar serotonin miqdorini oshiradi?
- Ismaloq, yasmiq va temirga boy boshqa 5 ta mahsulot
- Ovqat hazm qilishga yordam beradigan tabiiy mahsulotlar
- Sog‘lom tishlar va mustahkam suyaklar: kalsiyga boy 10 ta mahsulot
Manba