Salomatlik Salomatlik Iste’mol qilish xavfli bo‘lgan 5 ta yarim tayyor muzlatilgan mahsulot

Iste’mol qilish xavfli bo‘lgan 5 ta yarim tayyor muzlatilgan mahsulot

O'qildi: 385


Iste’mol qilish xavfli bo‘lgan 5 ta yarim tayyor muzlatilgan mahsulot

Yarim tayyor mahsulotlar vaqtni sezilarli darajada tejaydi. Shu tufayli ular allaqachon tushlik yoki kechki ovqat uchun eng maqbul variantga aylangan. Biroq muzlatilgan mahsulotlar hech qanday foydali moddalarni o‘z ichiga olmaydi va eng yomoni, ular sog‘liq uchun zararli bo‘lishi ham mumkin. Marie Claire nashri ratsiondan chiqarish kerak bo‘lgan eng zararli yarim tayyor mahsulotlarni ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Yarim tayyor muzlatilgan tushlik

Foto: Marie Claire

Qanday taomligi muhim emas: muzlatilgan lazanya, rizotto yoki teriyaki sousli tovuq. Ushbu yarim tayyor mahsulotlarning barchasi organizmga zarar yetkazishi mumkin. “Muzlatilgan ovqatlar orasida foydaliroq variantlar mavjud bo‘lsa-da, ularning ko‘plari nosog‘lom ekani ma’lum. Asosiy sabablardan biri natriy darajasi. Muzlatilgan ovqatlar taxminan 1000 mg natriyni o‘z ichiga oladi, bu kuniga tavsiya etilgan miqdorning yarmidan ko‘pini tashkil qiladi, — deydi nutritionist Keyli MakMordi New York Post gazetasiga bergan intervyusida. — Natriyni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish gipertoniya, insult va boshqa yurak kasalliklari xavfini oshiradi”. Shuningdek, ekspertning ta’kidlashicha, muzlatilgan kechki ovqatlarda odatda sabzavotlar yetishmaydi. Vaqtni ayamasdan qadoqlangan mahsulotlarni diqqat bilan o‘qib chiqishni va undagi natriyga e’tibor berishni taklif qiladi.

Muzlatilgan pitssa

Foto: Marie Claire

“Muzlatilgan pitssa kaloriya, tuz va yog‘i ko‘p bo‘lgan yuqori kaloriyali yegulikdir”, — deb ta’kidlaydi yana bir ovqatlanish mutaxassisi Anjela L. Lago. Ratsiondagi ortiqcha tuz va nosog‘lom yog‘lar, o‘z navbatida, yurak kasalliklari, diabet va qon bosimi bilan bog‘liq muammolar xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Muzlatilgan shirinliklar

Foto: Marie Claire

Muzlatilgan pirog va shirinliklar yetkazib berish bo‘yicha ancha ommalashmoqda. Biroq bu to‘g‘ri tanlov emas. “Muzlatilgan piroglarni iste’mol qilib, zavqlanish mumkin bo‘lsa-da, ular eng yuqori kaloriya va yog‘li mahsulot hisoblanadi”, — deb ogohlantiradi parhezhunos Ellison Tollman.

“Muzlatilgan desertlar yuqori darajada qayta ishlangan uglevodlar va shakardan iborat bo‘lib, kimyoviy konservantlar u yoqda tursin, hech qanday ozuqaviy qiymatga ham ega emas,” — deydi hamkasbi Keyli MakMordi. Mutaxassisning fikricha, muzlatilgan shirinliklarni muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradigan yomon xolesterin darajasining oshishiga olib keladi.

Muzlatilgan kartoshka fri

Foto: Marie Claire

Fast-fud restoranlaridagi yangi kartoshka frilar foydali bo‘lmagan yog‘lar va kaloriyalarga boy. Shuningdek, muzlagandan keyin u oxirgi foydali xususiyatlarini ham yo‘qotadi. Shunday qilib, bu yarim tayyor mahsulot hech qanday qiymatga ega emas.

Muzlatilgan gamburger va hot-doglar

Foto: Marie Claire

Bunday fast-fudlarning xavfli komponenti go‘shtdir. “Qayta ishlangan go‘sht yurak sog‘lig‘i haqida gap ketganda, asosan natriy va kimyoviy konservantlar tufayli eng xavfli oziq-ovqatlardan biriga aylanadi, — deydi Keyli MakMordi. Qayta ishlangan go‘shtni juda yaxshi ko‘radiganlarga ovqatlanish mutaxassislari haftasiga bitta porsiya bilan cheklanishni taklif qiladi.

Mavzuga doir:

  • Kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradigan 7 mahsulot
  • Ichimlik o‘rnini bosuvchi suv miqdori eng yuqori bo‘lgan 15 ta mahsulot
  • Shifokorlar voz kechishni tavsiya etadigan 11 mahsulot
  • Qandli diabet xavfini oshiradigan mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.