Jazirama kunlarda qanday makiyaj qilish kerak?
Elle nashri 9 ta oddiy, ammo samarali maslahatlarni jamladi. Bu go‘zallik tavsiyalari yozgi makiyajingizni uzoqroq turishi va samarali qilishga yordam beradi.
Qancha kam bo‘lsa, shuncha yaxshi
Tashqarida jazirama 30 gradus bo‘lsa, toniklar, losonlar, busterlar bilan murakkab ko‘p bosqichli terini parvarish qilish tizimiga rioya qilish shart emas. Teringizga dam bering, o‘zingizni uchta asosiy odat bilan cheklang: tozalovchi, namlovchi va quyosh qarshi krem. Teri dam olsin, oziqlantiruvchi niqob va zardoblardan kechki payt foydalanishga odatlaning.
SkinCeuticals Advanced Brightenizing UV Fense SPF 50 yuz uchun quyoshga qarshi krem, CeraVe namlovchi gel-kremi, Filorga Oxygen Glow yuz kremiPraymerdan foydalaningPraymer issiqda makiyajning ko‘proq turishiga yordam beradi. Zamonaviy praymerlar nafaqat yuz rangini tekislaydi, balki terini namlaydi. Shuningdek, SPF belgisi bo‘lganlar zararli ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi.
Giorgio Armani Beauty Maestro UV SPF 50 makiyaj bazasi, SPF 30 Dermalogica makiyaj bazasi, Clarins SOS Primer Icy Conceals Redness Cooling Effect sovitish effekti, Lumene Matte Oil-Control Primer jilosiz praymer.Suvga chidamli tushJazirama va yuqori namlikka qaramay, kun davomida kirpiklarni mukammal darajada ushlab turadi. Suvga chidamli tush yordamida plyajda bemalol dam olishingiz, sun’iy kipriklar haqida unutishingiz mumkin.
Diorshow Summer Dune Iconic Overcurl Waterproof suvga chidamli tushi, Make Up For Ever Aqua Smoky Lash Waterproof Extra Black Mascara, Vivienne Sabo Waterproof Artistic Volume Mascara, Clarins Wonder Perfect Mascara 4D WaterproofTonal effektiga ega quyoshga qarshi kremAgar tonal kremdan voz kecha olmasangiz, hech bo‘lmaganda tonal effektiga ega quyoshdan himoyalovchi krem bilan almashtirib ko‘ring.
Bioderma Photoderm SPF50+ quyoshga qarshi flyuid, SPF20 Dermalogica namlantiruvchi kremi, SVR Sebiaclear universal parvarishlash kremi, Institut Esthederm Bronz Repair 3 tasi 1 da kremiXaylaytersiz makiyajYozda xaylayterni umuman unutish mumkin: issiq havoda teri faol ravishda sebum ishlab chiqaradi, shuning uchun xaylaytersiz ham quyoshda yaltirab turasiz.
Foto: Alexandra LeroyKonsiler va pudraKonsiler teridagi kamchiliklarni yashirishga yordam beradi, pudra esa ajinlar va burmalarni tekislash uchun muhim. Vizajistlar yuz tabiiy rangda ko‘rinishi uchun pudrani cho‘tka bilan emas, balki sponj bilan qo‘llashni maslahat berishadi.
Foto: Alexandra LeroyRumyana
Yengil qizil rang har doim yuzga yangilik baxsh etadi. Bugungi kunda rumyananing turli ranglarini ishlatish mumkin.
Lancome Teint Idole Ultra Wear Blush Stick rumyanasi, Benefit Fourscope yuz uchun makiyaj paletkasiFiksatorMakiyaj issiq kunda ko‘proq turishi uchun fiksator yuz spreyidan foydalaning: pardozni tez yangilash va makiyaj muddatini uzaytirishdan tashqari, fiksator terini mukammal darajada salqin qiladi va yoqimsiz yopishqoqlik hissini yo‘qotadi.
Yuz uchun go‘zallik suvi Caudalie Beauty Elixir spreyiMavzuga doir:
- Shaftolining inson terisi uchun ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan foydali xususiyatlari
- Baliq, limon va teri yorqinligini ta’minlovchi boshqa 4 ta mahsulot
- Sulfatsiz va silikonsiz shampunlar: ularning qanday kamchilik va afzalliklari bor?
Manba