Salomatlik Salomatlik Mavsumiy meva: shaftolining salomatlik va yaxshi kayfiyat uchun foydali xususiyatlari

Mavsumiy meva: shaftolining salomatlik va yaxshi kayfiyat uchun foydali xususiyatlari

O'qildi: 312


Mavsumiy meva: shaftolining salomatlik va yaxshi kayfiyat uchun foydali xususiyatlari

Shaftoli mazali va sog‘lom ovqatlanishni istaganlar uchun ajoyib tanlovdir. Mazkur sersuv meva tarkibida kaloriya miqdori past, B vitaminlarini o‘z ichiga oladi va shuning uchun ham kayfiyat yaxshilanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, shaftoli boshqa ko‘plab foydali xususiyatlarga ega.

Foto: Getty Images

Shaftoli antidepressant sifatida

Kayfiyatingiz o‘zgarganda, stress yoki xavotirda, 1-2 ta shaftoli iste’mol qiling. Agar buni har kuni qilsangiz, bir haftadan so‘ng kayfiyatingiz muvozanatga kelayotganini sezasiz. Bu shaftoli tarkibida B vitaminlari kompleksi borligi bilan bog‘liq: B1, B2, B3, B4, B5, B6 va B9 va magniy. Shaftoli tarkibidagi uglevodlar kayfiyatni ko‘taradi: 100 gramm shaftolida 8,4 gramm shakar bor, ular shaftoli tarkibida oziq-ovqat kletchatkasi va pektin borligi sababli sekin so‘riladi. Ammo shunga qaramay, qandli diabetga chalinganlar ehtiyot bo‘lishlari va qancha shaftoli yeyish mumkinligi haqida shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Shaftoli kayfiyatga ta’sir ko‘rsatadi va ovqat hazm qilish trakti faoliyatini normallashtiradi.

Shaftolining hazm qilish tizimiga foydasi

Bu meva pektin va kletchatkaga boy, shuningdek, uning tarkibida probiotiklar mavjud. Bu komponentlar ichak mikroflorasini yaxshilaydi va oziqlantiradi, toksinlardan tozalaydi. Shuningdek, pektin ortiqcha yog‘larni, triglitseridlarni va “yomon” xolesterinni yo‘q qiladi. Shuningdek, shaftoli homiladorlik paytida toksikoz alomatlarini kamaytirishi mumkin. Ammo oshqozon-ichak kasalliklari: gastrit, oshqozon yarasi bor bemorlarga shaftoli yeyish tavsiya qilinmaydi. Bundan boshqa kasalliklarda shaftoli yeyish taqiqlanmaydi. Chunki bu meva oshqozon shilliq qavatini bezovta qilmaydi, hatto yuqori kislotalilikka ega odamlar ham iste’mol qilishi mumkin.

Shaftolining bo‘g‘im, yurak, qon tomirlari uchun ahamiyati

Shaftoli tarkibida juda ko‘p kaliy bor: bitta shaftolida taxminan 333 mg kaliy mavjud bo‘lib, u organizm uchun bebahodir. Kaliy mushaklar qisqarishini tartibga soladi, qon bosimini normallashtirish, yurakning barqaror ishlashi uchun kerak. Bundan tashqari, yuqorida aytib o‘tganimizdek, shaftoli tarkibida magniy mavjud bo‘lib, u ateroskleroz, insult va infarkt rivojlanishining oldini oladi. Shaftoli tarkibida ko‘p bo‘lgan fosfor qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi. Shuningdek, mazkur meva tarkibidagi temir va K vitamini qon ivishi, gemoglobin darajasini tartibga solish va kamqonlikning oldini oladi.

Foto: Getty Images

Suyak va tish salomatligiga ta’siri

Shaftoli — osteoporoz, artrit va artroz, shuningdek, tish zararlanishining davosi hisoblanadi, chunki 100 gramm mevada 6 mg kalsiy bor. Yuqorida aytganimizdek, meva tarkibida magniy bor, bu esa kalsiy so‘rilishini rag‘batlantiradi, fosfor esa tish va suyak to‘qimalari uchun foydalidir. Bundan tashqari, fosfor miya va mushaklar faoliyati uchun zarur modda. C vitamini va rux kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu biriktiruvchi to‘qima, bo‘g‘im, suyak va tishlar salomatligini ta’minlaydi.

Forscha “yashartiruvchi olma”

Ertaklardagi “yashartiruvchi olma” aslida shaftoliga nisbatan ishlatilgandir, ehtimol. Chunki bu meva antioksidantlar: C va A vitamini, selen, mis, polifenol va karotinga boy, ular chindan ham erta qarishga qarshi kurashda yordam beradi. Bundan tashqari, shaftoli stress bilan kurashishda foydali: shaftoli tarkibidagi antioksidantlar hujayralarni erkin radikallar va DNK shikastlanishidan himoya qiladi. Shaftoli teri, soch va tirnoqlar holatini ham yaxshilaydi.

Mavzuga doir: 

  • Shaftolining teri uchun foydali bo‘lgan 7 ajoyib xususiyati
  • Yozda ayollar ko‘proq iste’mol qilishi kerak bo‘lgan 8 mahsulot
  • Tashlashga oshiqmang: Sabzavot va mevalarning po‘stidan qanday maqsadlarda foydalansa bo‘ladi?
  • Bor-yo‘g‘i uch mahsulot yordamida tayyorlanadigan shaftolili muss retsepti
  • Jaziramada shaftolidan yaxna ichimlik tayyorlang


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.