Salomatlik Salomatlik Ozmoqchi bo‘lganlar uchun 5 mazali nonushta

Ozmoqchi bo‘lganlar uchun 5 mazali nonushta

O'qildi: 412


Ozmoqchi bo‘lganlar uchun 5 mazali nonushta

Vazn tashlamoqchi bo‘lgan kishilar ratsioniga e’tibor berishi lozim. Kruassan, shirin qahva singari uglevodga boy mahsulotlardan tiyilish, oqsil, murakkab uglevodlar hamda kletchatkaga bor yeguliklarni esa iste’mol qilishga odatlanishi kerak. Asosiysi, nonushtadan o‘rin olgan mahsulotlar umumlashmasi 500 kkaldan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Suli yormasi, meva va yong‘oq qo‘shib tayyorlanadigan nonushta

Foto: “Domashniy ochag”

Suli yormasi organizmni murakkab uglevodlar, meva kletchatka, yong‘oqlar esa o‘simlik oqsili bilan ta’minlaydi. To‘yimli nonushta tayyorlash uchun 2 osh qoshiq suli yormasini suv yoki sut bilan qaynatib oling. 50 gr barra yoki muzlatilgan mevalar yoki bodom qo‘shing.

Sabzavotli omlet

Foto: “Domashniy ochag”

Yetarlicha kaloriyaga ega ekani sabab yaxshi hazm bo‘lishi uchun omletga sabzavotlar qo‘shish tavsiya qilinadi. Pomidor, shirin bulg‘ori qalampiri, ismaloq va ko‘katlardan bu borada yaxshisi yo‘q. Vazni ortishini istamaydiganlarga esa pishloq qo‘shmaslik tavsiya qilinadi.

Mevali tvorog

Foto: “Domashniy ochag”

150 gr tvorogga istalgan meva qo‘shib tayyorlangan nonushta tongni boshlash uchun eng yaxshi variant hisoblandi. Tez tayyor bo‘lishidan tashqari, oqsil, vitamin va minerallarga boy ekani bilan ham kun davomida energiyaga to‘la bo‘lishingizga hissa qo‘shadi

Sabzavot va kurka go‘shtidan sendvich

Foto: “Domashniy ochag”

Nonushta bir vaqtni o‘zida ham mazali, ham foydali bo‘lishini istasangiz, nonni boshoqli dondan tayyorlanganini tanlang. Qolaversa, kolbasa yoki sosiska o‘rniga tovuq yoki kurka go‘shtidan foydalanganingiz yaxshi. Barra ko‘kat va salat bargi bilan esa sendvich vitaminlarga boy bo‘ladi.

Mevali yogurt

Foto: “Domashniy ochag”

50 gr suli va jo‘xori yormalarini aralashmasini 50 gr tabiiy yogurtga soling. Barra yoki muzlatilgan meva qo‘shing va mazali nonushta tayyor.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.