Salomatlik Salomatlik Homiladorlik davrida sochni bo‘yash mumkinmi? Mutaxassis javob beradi

Homiladorlik davrida sochni bo‘yash mumkinmi? Mutaxassis javob beradi

O'qildi: 321


Homiladorlik davrida sochni bo‘yash mumkinmi? Mutaxassis javob beradi

Ayol farzand kutayotgan vaqtda sochini bo‘yashi mumkinmi?Odatdagi go‘zallik tartib-qoidalaridan voz kechishni istamaydigan onalar uchun barcha savollarga tibbiyot mutaxassisi shifokor Kristin Din javob beradi.

Foto: Letidor

Sochni bo‘yash hali tug‘ilmagan bola uchun xavflimi?

“Tadqiqotlar olib borilmaganligi sababli ba’zi ekspertlar kimyoviy moddalarni o‘z ichiga olgan barcha go‘zallik muolajalarini chaqaloq tug‘ilgandan keyin qayta rejalashtirishni tavsiya qilmoqda, – deydi doktor Din. – Juda cheklangan miqdordagi doimiy va o‘rtacha tezkor rang beruvchi moddalar teriga kirib bormasa-da, bu moddalar xavfsizligi haqida ma’lumotlar hozircha mavjud emas”.

Qanday xavfli tomoni bor?

“Homila uchun o‘ziga xos xavflar haqida ma’lumot yo‘q, ammo hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar tug‘ma nuqsonlarning rivojlanish ehtimolini tasdiqladi, – deydi doktor Din. –Ammo tajriba davomida ayollar sochlarini bo‘yash paytida qabul qiladigan moddalardan sezilarli darajada farq qiladigan moddalar dozalari ishlatilgan, shuning uchun bu ma’lumotlarni haqiqiy vaziyat bilan solishtirish qiyin”.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, homiladorlik paytida onalari sochlarini bo‘yagan bolalarda saraton kasali bilan o‘zaro bog‘liqlikni o‘rgangan bir nechta tadqiqotlar ham o‘tkazilgan.

Birinchi trimestrdan keyin sochni bo‘yash xavfsizmi?

Har bir ona homiladorlikning eng muhim bosqichi birinchi trimestr ekanligini biladi. Lekin birinchi 12 haftadan keyin bo‘yoqlar salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi mumkinmi? “Biz har qanday trimestrda ham soch bo‘yashning xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash uchun hali ishonchli ma’lumotlarni olmadik”, — deb tushuntiradi doktor Din.

Homiladorlik davrida soch bo‘yog‘ini bosh terisiga surtmasdan bo‘yash mumkinmi?

Doktor Dinning fikricha, bu usul qisman to‘g‘ri – lekin faqat nazariy jihatdan. Agar bo‘yoqlar bosh terisiga tegmasa, ularning tanaga kirib borishi va homilaga ta’sir qilish xavfi deyarli nolga teng.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotlar homiladorlik davrida qattiq kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan ayollar, masalan, sartaroshlarda homilada tug‘ma nuqsonlar xavfi boshqa kasbiy sohalardagi ayollar bilan bir xil ekanligini tasdiqlaydi.

Xo‘sh, qanday yo‘l tutish kerak?

“Bu savolga aniq javobim yo‘q, – deb tushuntiradi doktor Din. – Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, homiladorlik paytida soch bo‘yoqlaridan cheklangan holda foydalanish xavfsiz bo‘lishi mumkin, ammo chaqaloq uchun mumkin bo‘lgan xavf haqida dalillar mavjud”.

Uning shaxsiy xulosasiga ko‘ra, homilador ayollar bolaning hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymasligi kerak, shuningdek, soch bo‘yashni bola tug‘ilgandan keyingi davrga kechiktirish yaxshiroqdir.

Mavzuga doir:

  • Homiladorlik davrida magniy tanqisligi belgilari
  • Homiladorlikda ortiqcha iste’mol qilingan shakar bolaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
  • Homiladorlik davrida kasalliklarning oldini olish usuli


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.