Salomatlik Salomatlik Anemiyani bartaraf etishga yordam beradigan 9 ta oziq-ovqat mahsuloti

Anemiyani bartaraf etishga yordam beradigan 9 ta oziq-ovqat mahsuloti

O'qildi: 375


Anemiyani bartaraf etishga yordam beradigan 9 ta oziq-ovqat mahsuloti

Temir organizmning normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan eng muhim mikroelementlardan biridir. Kislorodni tashiydigan, uni mushaklar va miyaga yetkazib beradigan temirni yetarli darajada qabul qilmasak, eng muhim organlarning normal ishlashi qiyinlashadi. Ayollar kuniga 18 mg, homilador ayollar kuniga 27 mg temir qabul qilishlari kerak. Temir moddasini organizmga yetkazib berishning eng oson yo‘li oziq-ovqat orqalidir. Quyida temir moddasi yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlar ro‘yxati keltirilgan.

Mol go‘shti

Lahm go‘shtni xolesterin tufayli taomnomadan butunlay chiqarib tashlash yaramaydi. Yog‘siz qismlarda nafaqat temir(100 gramm uchun 3 mg), balki B12 vitamini, shuningdek, rux va selen moddalari ham bor. Haftada kamida bir marta mol go‘shti iste’mol qiling.

Tovuq oyoqlari

Parranda go‘shti mol go‘shtiga qaraganda deyarli ikki baravar ko‘p temirni o‘z ichiga oladi(100 gramm uchun 1,3 mg), lekin unda organizm tomonidan oson so‘riladigan temir turi mavjud.

Turshak

Quritilgan o‘rik mevalarning atigi yarim stakanida 2 mg temir mavjud va 160 kaloriya bor. Bundan tashqari, quritilgan o‘rik tarkibida temirning yaxshiroq so‘rilishiga yordam beradigan C vitamini va saraton rivojlanishining oldini oluvchi antioksidantlar mavjud. Faqat shakar siropi qo‘shilmasdan tayyorlangan tabiiy quritilgan turshakni tanlang.

Yasmiq

Agar vegetarian bo‘lsangiz, diyetangizdagi temir miqdorini kuzatib borish, ayniqsa, siz uchun muhimdir. Bu holda yasmiq sizning asosiy taomingiz bo‘lishi mumkin. Yasmiqning bir porsiyasida 3 mg temir mavjud — mol go‘shti bilan bir xil miqdorda!Bundan tashqari, yasmiq kletchatkaga boy bo‘lib, bu modda deyarli barchada u yoki bu darajada yetishmaydi.

Chia urug‘lari

Bu mitti urug‘lar, vegetarian yoki go‘sht iste’mol qiluvchi bo‘lishingizdan qat’i nazar, har kuni hamma uchun iste’mol qilishga arziydi. Birinchidan, chia tarkibida yurak va qon tomirlari uchun zarur bo‘lgan juda ko‘p omega-3 kislotalari mavjud. Ikkinchidan, ularda kalsiy, magniy, fosfor va temirning ko‘p miqdori bor.

Keshyu

Bu yong‘oq, quritilgan mevalar kabi har kuni yeyishga arziydi. Un va shokoladli shirinliklarga muqobil va juda foydali gazak sifatida. Keshyu yong‘og‘i sog‘lom to‘yinmagan yog‘lar, oqsil va temirga boy. Yarim stakanda 4 mg temir mikroelementi mavjud.

Dukkaklilar

Tez-tez iste’mol qilinadigan eng sog‘lom dukkakli ekinlardan biri: loviya ko‘p miqdorda kletchatka va foliy kislotasi, shuningdek, temir — xilma-xilligiga qarab, yarim stakan loviya tarkibida 2 dan 4 mg gacha temir bor.

Qovoq urug‘lari

Nafaqat mazali, balki juda foydali hamdir. Chorak piyola qovoq urug‘ida 4,5 mg temir mavjud. Shuningdek, yurak uchun juda foydali bo‘lgan kalsiy, oqsil va rux mikroelementlariga boy.

Qora shokolad

Kuniga uch-to‘rt bo‘lak qora shokolad iste’mol qilsa bo‘ladi: u saratonning ko‘plab shakllari rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi va miyamizning yoshga bog‘liq o‘zgarishlardan, shuningdek, temir tanqisligidan himoya qiluvchi foydali antioksidantlarga boy. 25 gramm 3 mg dan ortiq temirni o‘z ichiga oladi — shunchaki shakarsiz va yuqori kakao tarkibiga ega shokoladni tanlang.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.