Salomatlik Salomatlik Immunitetga yordam: rux mikroelementiga boy 7 ta oziq-ovqat

Immunitetga yordam: rux mikroelementiga boy 7 ta oziq-ovqat

O'qildi: 243


Immunitetga yordam: rux mikroelementiga boy 7 ta oziq-ovqat

Bahorda, ayniqsa, inson salomatligi uchun muhim mikroelementning yetarli miqdorda isteʼmol qilinishini diqqat bilan kuzatib borish lozim. Uzoq vaqt davomida rux ikkinchi darajali mikroelement hisoblanardi va uning organizm hayotiy jarayonlaridagi roli aniq bo‘lganiga ko‘p bo‘lmadi. Rux yetishmovchiligi yirik shaharlar aholisi orasida juda keng tarqaldi. Uning inson organizmiga taʼsiri va qaysi mahsulotlarda ko‘p uchrashini bilish muhim, deb yozadi Marie Claire nashri.

Avvalo, rux hujayra metabolizmini normallashtirish uchun zarur: u hujayra tuzilmalarini kislorodning erkin shakllaridan zararlanmasligi uchun himoya qiluvchi antioksidantlarni faollashtiradi. Aynan shu mikroelement mitoxondriya kabi hujayra tuzilmalariga, organizmni doimiy ravishda energiya bilan taʼminlashga imkon beradi. Rux yetishmovchiligining dastlabki belgilaridan biri jismoniy chidamlilikning pasayishidir.

Rux ferment komplekslarining bir qismi bo‘lib, ular uchun quyidagi holatlarda zarurdir:

  • Protein sintezi;
  • Teri hujayralarining yangilanishi va sebum moddasini ishlab chiqarishni tartibga soladi(bu terida yallig‘lanish va uning quruqligining oldini oladi);
  • A, D va E vitaminlarini assimilyatsiya qiladi;
  • Leykotsitlar sintezi — immun tizimining hujayralari, ular organizmga tushgan begona “agentlar”ni yo‘q qilish uchun javobgar. Rux yetishmovchiligi tez-tez shamollashning kuchayishi bilan bog‘liq.
    Foto: Marie Claire

Odatda kuniga, taxminan, 10-20 mg rux isteʼmol qilish zarur. Taʼkidlash kerakki, uning yetishmasligi darhol namoyon bo‘ladi. Organizm uni terida, jigarda, buyrakda 2 dan 3 g gacha hajmda zaxira sifatida saqlab tura oladi. Biroq bu yetarli emas. Quyida ruxning arzonroq manbalari haqida gapiramiz.

Kunjut donlari va qovoq urug‘lari

100 g da 7,4-7,7 mg rux bor.

Ruxning ko‘p miqdori nafaqat urug‘larda, balki qovoq va kunjut moylarida ham mavjud. Yodda tuting, ushbu mahsulotlar foydali bo‘lsa ham, turli xil yog‘larni o‘z ichiga oladi, shuning uchun ulardan foydalanishda meʼyorga rioya qiling. Qovoq va kunjut urug‘ini salat, sho‘rva, yogurtga qo‘shimcha sifatida foydalaning. Tayyor taomlarga biroz kunjut yoki qovoq yog‘idan qo‘shing. Bu bilan siz ularning foydasini maksimal darajada oshirasiz.

Mol go‘shti

100 g tarkibida 7 mg rux mavjud.

Darhaqiqat, mol go‘shtining bir porsiyasi kunlik rux isteʼmolini taʼminlaydi, shuning uchun haftada bir necha marta mol go‘shti isteʼmol qilgan maʼqul: uni pechda pishiring, qaynatib oling yoki dimlang.

Foto: Marie Claire

Kakao kukuni

100 g tarkibida 6,4 mg rux bor.

Bir dona kakao donasi kukuni tarkibida rux 75 foizdan kam bo‘lmasligi muhim. Mukammal sog‘lom turmush tarzi ichimligini sigir sutidan emas, balki o‘simlik sutidan tayyorlash mumkin: masalan, bodom yoki kokos yong‘og‘idan.

Mol go‘shti tili

100 g da 4,8 mg rux mavjud.

Sog‘lom ovqatlanishda qo‘shimcha oziq-ovqatlar ajralmas mahsulotlardir. Mol go‘shti tili shulardan biridir. Uni tayyorlash oson va nonushta, tushlik salati yoki foydali gazak uchun juda mos keladi.

Kurka go‘shti

100 g tarkibida 4 mg rux mavjud.

Foydali vitamin va mikroelementlar oq kurka go‘shtida emas, balki qizil kurka go‘shtida mavjud. Kurka oyoqlarida rux ko‘p bo‘lgani uchun eng foydali hisoblanadi: ularni turli usulda pishirish mumkin.

Tovuq tuxumi

100 g tuxumda 3 mg rux bor.

Tuxum sarig‘ida ko‘p miqdorda rux mavjud, ayniqsa, uyda boqiladigan tovuq tuxumlari haqida gapiradigan bo‘lsak. Kuniga 1-2 tuxum isteʼmol qilinsa, sog‘liq uchun koni foyda.

Foto: Marie Claire

Kokos

100 g yong‘oqda 2 mg rux mavjud.

Ko‘pchiligimiz kokosni kundalik ratsionimizga kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Kokos suti asosida sho‘rvalar tayyorlanadi; ko‘pincha taom tayyorlashda yoki qahvaga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, kokos yong‘og‘i krem meva va rezavorlar bilan mukammal uyg‘unlashadi. Kokos mahsulotlari kaloriyasi juda yuqori ekanligi bois ularni isteʼmol qilishda meʼyorni saqlang.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.