Avokado mevasi yordam berishi mumkin bo‘lgan salomatlikdagi 5 ta muammo
Kuniga bir marta kamida yarimta avokado iste’mol qilishga odatlaning. Birinchidan, bu sog‘lom omega-3 yog‘ kislotalarining yetishmasligini bartaraf etishga yordam beradi, ikkinchidan, vazn yo‘qotish va o‘rtacha vaznni saqlashga yordam beradi, uchinchidan, umumiy holatingizni yaxshilaydi. Sizga ushbu yog‘li mevaning qanday kasalliklarga yordam berishini aytamiz, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.
Xolesterinning yuqori darajasida
Avokadolar sog‘lom to‘yinmagan yog‘larga boy bo‘lib, ular vazn yo‘qotishga uchun xizmat qiladi, shuningdek, xolesterin muvozanatini tartibga soladi, zararli darajasini pasaytiradi, fodalisini oshiradi. Shuning uchun, har kuni avokado iste’mol qilsangiz, yurak va qon tomirlar ishonchli himoya ostida bo‘ladi.
Ich qotishi
Avokadoda juda ko‘p miqdorda klechatka mavjud: bir dona kichik meva 10 gramm klechatkani o‘z ichiga oladi, bu kunlik ehtiyojning deyarli yarmi. Klechatka nafaqat ovqat hazm qilish tizimining normal ishlashi uchun zarur, balki to‘yinganlik hissini uzoqroq davom etishiga va vaznni saqlashga yordam beradi.
Kuchsiz immunitet
Avokadoda infeksiyalarga qarshi kurashda ishtirok etadigan B vitaminlari, shuningdek, saraton kasalligini oldini oluvchi tabiiy antioksidantlar C va E vitaminlari ko‘p. Bundan tashqari, avokado tarkibida kataraktadan himoya qiluvchi antioksidantlar lutein va zeaksantin mavjud.
Stress va uyqusizlik
Ushbu mevada ham ko‘p bo‘lgan magniy stressga qarshi kurashda haqiqiy maxfiy quroldir. Shuning uchun muntazam tartibli uxlay olmaganda yoki kechasi tez-tez uyg‘onsangiz, kechqurun bir qism avokado iste’mol qiling. Ishonamizki, qotib uxlaysiz!
Quruq teri va jilosiz sochlar
Avokado vitaminlar va mono to‘yinmagan yog‘larga boy, ular terini yosh va elastik saqlaydi, shuningdek, sochlarni serjilo qiladi, hatto, ko‘zlarning chaqnab turishida xizmat qiladi. Kosmetologga sarflaydigan pulga avokado sotib oling.
Manba