Vizajistdan tavsiya: ko‘zlarga yorqin va ma’noli qilib pardoz berishning 8 siri
Ko‘zlarni makiyaj yordamida kattaroq va yorqinroq qilish uchun professional vizajist bo‘lish shart emas. Bir nechta oddiy sirlarni bilish kifoya.
Iste’dodli vizajist Liliya Abdullayeva AdMe nashriga ko‘zlarni qanday qilib yorqin va ma’noli qilish sirlarini ochib berdi.
Qoshlarni ajratamiz
Qoshlarga urg‘u berib, yuz xususiyatlarini ta’kidlashingiz yoki tuzatishingiz mumkin: ko‘zni katta qilish, oval yuzni toraytirish yoki kengaytirish. Ten, qalamlar shaklni to‘g‘rilashga yordam beradi, masalan, tush qoshlarga hajm qo‘shadi, gel esa qosh tuklariga kerakli yo‘nalish beradi.
Pastki qovoqqa oq qalam surting
Agar nigohingizni yanada yorqin va ochiq qilishni istasangiz, pastki qovoqning shilliq qavatini yorqin rangdagi qalam yoki podvodka bilan bo‘yang. Buning uchun marvarid soyasi va fil suyagi rangi mos keladi.
Haylayterdan foydalanamiz
Haylayter yoki marvarid rangdagi tenlar ko‘zlarga yorqin rang qo‘shishga yordam beradi. Ularni qosh ostiga, ko‘zning ichki burchagiga va harakatlanuvchi ko‘z qovog‘ining markaziy qismiga qo‘llang.
Kirpiklarni uzaytiramiz
Agar kirpiklar qayrilma bo‘lmasa, unda jingalak qiladigan qisqichdan foydalangan ma’qul. Tush surtishdan oldin kipriklarni qayirib oling. Tushni kiprik ildizidan uchigacha surting. Sun’iy kirpiklar ham ko‘zlarni tabiiy ravishda kattalashtirishga yordam beradi.
Och jigarrang ten ishlatamiz
Och jigarrang ten palitrasi istisnosiz hammaga mos keladi. Tepa qovoqning tag qismini ochroq rang, qovoq burmasini to‘q rang va qosh yoyigacha ochroq qilib bo‘yang. Bu ko‘zlar shakliga urg‘u berishga yordam beradi.
Kirpik konturini to‘q rangga bo‘yaymiz
Kiprik konturini qoraytirish nigohni yanada ma’noli qiladi.
Moviy rang ko‘zlarni yorqinroq qiladi
Makiyajdagi ko‘k tenlar yashil, ko‘k va jigarrang ko‘z egalarining deyarli barchasiga mos keladi. Aynan shu rang nigohingizni yanada teranroq va ifodali qiladi.
Rangli tenlarni ishlatishdan qo‘rqmang
Rangli tenlar shunchaki obrazga urg‘u berishi yoki pardozda asosiy o‘rinni egallashi mumkin. Bundan tashqari, rang-barang ten ham obrazga zamonaviylikni beradi. Buning uchun kontrast ranglardan foydalaning.
Mavzuga doir:
- Uxlashdan avval yuzdagi makiyajni tozalash shartligining 8 sababi
- Parvarish qilishga mo‘ljallangan kosmetik vositalardan qanday ketma-ketlikda foydalanish kerak?
- Ko‘z atrofidagi terini parvarish qilishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar
- Erta ajin tushishi, teri qurishi va yuz tozalovchi salfetka keltirib chiqaradigan boshqa salbiy oqibatlar
Manba