Qo‘rqinchi tushlar, axborotlar oqimi: uyqusizlikning 10 ta sababi va uni yengish yo‘llari
Uyqusizlik hozirgi zamon odamlari orasida eng keng tarqalgan muammolardan biridir. Yaxshiki, uni keltirib chiqaradigan sabablarning ko‘pini bartaraf etish mumkin.
Birinchi sabab: asab buzilishi va stress
Uyqusizlikning eng katta sabablaridan biri asab buzilishi va stressdir. Bundan qutulish u qadar oson emas. Ba’zida asab buzilishi ruhiy tushkunlik bilan birga kechishi mumkin. Bu holatda, albatta, malakali mutaxassisdan yordam so‘rash kerak. Agar haddan tashqari hissiy qo‘zg‘alishingiz sababi juda aniq, kundalik ish, yumushlar bilan bog‘liq bo‘lsa, buni yengib o‘tishning iloji bor.
Qanday kurashish kerak: Birinchidan, o‘zingizni stressning barcha manbalaridan xalos qiling. Masalan, yotishdan oldin televizor ko‘rmang, uni o‘rniga kitob o‘qing. Ikkinchidan, kechalari tinchlantiruvchi muolajalar qiling: bosh chakka qismlarini lavanda yog‘i bilan massaj qiling, oyoq uchun vanna tayyorlang, romashka gullari qo‘shilgan iliq dush qabul qiling. Uchinchidan, o‘zingizga qulay uyqu uchun barcha shart-sharoitlarni yarating: xonani shamollating, chiroqlarni o‘chiring(qorong‘ilik tananing bo‘shashishni tezlashtiradigan maxsus moddani ishlab chiqarishga yordam beradi)va har qanday shovqinni bartaraf qiling.
Ikkinchi sabab: me’yordan ortiq kofein
Foto: Marie Claire
Buni sezmagan holda, kuniga bir, ikki yoki besh chashka qahva ichishimiz mumkin(har kim bu yerda o‘zi uchun kritik maksimalni aniqlaydi). Qahva, albatta, mazali, ba’zan tetiklashtiradi, lekin faqat ertalab ichish tavsiya etiladi!
Qanday kurashish kerak: yotishdan uch soat oldin, tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklar iste’mol qilishni qat’iyan cheklang!Bu mahsulotlar choy bo‘lishi ham mumkin(chunki choy qanchalik achchiq bo‘lsa, undagi kofein konsentratsiyasi shunchalik ko‘p bo‘ladi), kakao, shokolad, Coca-Cola va energetik ichimliklar shular jumlasidandir.
Uchinchi sabab: noto‘g‘ri ovqatlanish
Organizm faoliyati biz uni qanday oziqlantirishimizga bog‘liq. Eng muhimi nima?“Siz nimani yesangiz, o‘shasiz” degan iborani eshitganmisiz?Iste’mol qiladigan barcha oziq-ovqatlarning tarkibini nazorat qila olmasligimiz tabiiy. Ba’zilarida organizmning to‘g‘ri ishlashiga xalaqit beradigan komponentlar mavjud. Bundan tashqari, yotishdan oldin ovqatlanish ham istalmagan salbiy ta’sirga ega: oziq-ovqatning faol hazm bo‘lishi tufayli o‘z-o‘zidan organizm dam ololmaydi.
Qanday kurashish kerak: Yotishdan oldin asal aralashtirilgan bir stakan iliq sut ichish foydalidir, kechasi yengil tamaddi qilgan ma’qul. Lekin ochlik hissi uyqusizlikka ham hissa qo‘shishini unutmaslik kerak. Yotishdan uch soat oldin ovqatlaning. Bu qoida faqat vazn yo‘qotadiganlar uchun emas, hammaga birdek foyda beradi.
To‘rtinchi sabab: chekish
Nikotin qariyb kofein kabi kuchli energiya stimulyatori ekanligini hamma ham bilmaydi.
Qanday kurashish kerak: qat’iy ravishda, chekishni butunlay tashlang. Buni bajarish mushkul, shuning uchun uxlashdan kamida uch soat oldin chekmaslikni maslahat beramiz.
Beshinchi sabab: spirtli ichimliklar ichish
Ha, ayniqsa kechasi!Uyqusizlikdan aziyat chekadigan ba’zi odamlar “tezroq uxlab qolish uchun” oz miqdorda spirtli ichimlik ichadi. Biroq, organizmga spirtli ichimliklarning har qanday dozasini muntazam ravishda kiritish asab tizimiga ta’sir qilmay qolmaydi, bu asab buzilishiga sabab bo‘ladi.
Qanday kurashish kerak: yotishdan oldin spirtli ichimliklar ichmang, umuman, spirtli ichimliklarni hech qachon ichmang.
Oltinchi sabab: kun davomida dam olishning yetishmasligi
Foto: Marie Claire
Zamonaviy inson faol, ish va boshqa kundalik vazifalari bilan shunchalik bandki, u dam olishni kuchsizlar uchun mashg‘ulot deb bilishga odatlangan. Biz erkin ko‘rinmaslik uchun o‘zimizga ataylab asosiylaridan tashqari qo‘shimcha mas’uliyat ham yuklab olamiz.
Qanday kurashish kerak: kun davomida yangi vazifani boshlashdan oldin kamida bir necha daqiqa tanaffus qiling. Shunday tariqa charchoq to‘planmaydi. Kechki payt fitnesni yaxshi ko‘radiganlarga mashg‘ulotlarini 21:00 ga qadar tugatish tavsiya qilinadi. Piyoda yurish ham kun davomida to‘plangan stressni yengillashtiradi.
Yettinchi sabab: qo‘rqinchli tushlar
Yomon tushlar uyqusizlikning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Ongsiz ravishda qo‘rqinchli tush ko‘rishdan qo‘rqasiz va tana uyquga faol qarshilik ko‘rsatishni boshlaydi.
Qanday kurashish kerak: har kim ham yomon tush ko‘rishi mumkin, bu yerda g‘ayritabiiy hech narsa yo‘q. Bunday qo‘rqinchli tushlarning oldini olish uchun xayolingizni xaos fikrlardan ozod qilishga harakat qiling. Mukammal retsept — bu meditatsiya. Yoga, pilates va boshqa dam olish mashg‘ulotlarini boshlang.
Sakkizinchi sabab: uyqu rejimining buzilishi
Foto: Marie Claire
Ikki kun uxlamasdan yurish, so‘ng bir-ikki soat uxlab, ishni davom ettiraverish mumkin. Avvaliga hamma narsa yaxshidek tuyuladi, lekin tez orada organizm faoliyati muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bu ayyorlikdan emas, balki organizm batareya prinsipi asosida ishlaganidandir. Va uni o‘z vaqtida zaryadlanishiga yo‘l qo‘ymasdan, bu holatni o‘zingiz keltirib chiqarasiz.
Qanday kurashish kerak: uxlash uchun eng maqbul vaqt sakkiz soat. Kimligingizga qarab – uxlamaydigan “boyqush”misiz yoki uyquchilar toifasidami, o‘zingizga mos jadval tanlang. Hatto, smenada ishlaydiganlar uchun ham chiqish yo‘li bor: bir vaqtning o‘zida, kunduzi va kechasi navbatma-navbat uxlab olish. Organizm ham bunga ko‘nikma hosil qilib, qarshilik qilishni to‘xtatadi.
To‘qqizinchi sabab: axborotlar oqimi
Axborotlar bizni har tarafdan o‘rab oladi: Internetda, televizorda, miyamizda(bu bizni shaxsan tashvishga soladigan muammolar haqida ma’lumot). Fikrlar orqali bo‘ladigan axborot urushi, jismoniy harakatlardan chalg‘itadi. Kun davomida eshitilgan, qabul qilingan axborotlar sababli diqqat oshib boradi. Oqibatda allaqachon uxlash vaqti bo‘lgani xayolingizga ham kelmaydi.
Qanday kurashish kerak: kundalik vazifalarni murakkabligiga qarab taqsimlang, shunda kechqurun ruhan yengil bo‘lasiz. Uyquga yotishdan oldin massaj yoki tinchlantiruvchi lavanda, romashkali vanna qabul qilish orqali bir oz dam oling.
O‘ninchi sabab: noqulay uyquga sabab bo‘ladigan narsa-buyumlar
Bunday narsalar pijama, ko‘rpa-to‘shak, to'shak, matras va uyquning qulayligi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi.
Qanday kurashish kerak: barchasini boshqasiga almashtirish va to‘shakni qaytadan yangilash.
Manba