Salomatlik Salomatlik Shokolad, go‘sht va achchiq taomlar: oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan tobelik qanday muammolardan darak beradi?

Shokolad, go‘sht va achchiq taomlar: oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan tobelik qanday muammolardan darak beradi?

O'qildi: 371


Shokolad, go‘sht va achchiq taomlar: oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan tobelik qanday muammolardan darak beradi?

Shirinliklarga bo‘lgan haddan tashqari muhabbat doimiy stressning belgisi, vegetiv qon tomir distoni bilan og‘riganlar achchiq va sho‘rni afzal ko‘radi. Marie Claire nashri yana shunga o‘xshash odatlar qanday muammolardan darak berishini ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Shokolad

Foto: Marie Claire

Qoida tariqasida, shokoladga qaramlik jiddiy kasalliklar belgisi emas. Biroq shirinliklarga doimiy ehtiyoj chuqur ichki tushkunlik va negadir chiqish yo‘lini topa olmaydigan his-tuyg‘ularni ko‘rsatadi. Shokolad juda yuqori kaloriyali mahsulot bo‘lgani uchun organizmda intuitiv ravishda faqat eng qiyin daqiqalardagina ozgina dam olishga imkon beriladi. Qolaversa, shokoladda hatto eng g‘amgin odamlarni ham xursand qiladigan moddalar mavjud. Aytgancha, olimlar kuniga bir bo‘lak qora shokolad ko‘proq ayollarga kerak bo‘lishini isbotladi, chunki ularning organizmida erkaklarnikiga qaraganda yaxshi kayfiyat uchun javob beradigan gormonlar kamroq bo‘ladi.

Konfetlar

Foto: Marie Claire

Konfetlarni so‘rishga qaramlik ba’zida cheksiz miqdorda shokolad iste’mol qilishdan ko‘ra kattaroq muammolarni ko‘rsatadi. Konfet iste’mol qilishning kuchli istagi organizm qandli diabetning birinchi bosqichida ekanligini ko‘rsatishi mumkin. Konfetlarga qaramlikning yana bir sababi stress bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, shakar miyaning mukofot uchun mas’ul bo‘lgan markazini faollashtiradi.

Non yoki makaron

Foto: Marie Claire

Bunday qaramlik shakarga bo‘lgan ehtiyoj bilan bir xil, chunki bu mahsulotlar organizm uchun shakar kabi zarar beradi. Shunchaki hammada ham xohlagancha shirinliklarni iste’mol qilish imkoni mavjud, shuning uchun  ularni makaron bilan almashtirishadi. Aytgancha, haqiqiy italyan retsepti bo‘yicha pishirilgan spagetti shirinlik va tortlarga qaraganda kilogramm berishga unchalik yordam bermaydi.

Muzqaymoq

Foto: Marie Claire

Jig‘ildon qaynashi va ko‘ngil aynishiga olib keladigan boshqa oshqozon muammolari uchun muzqaymoq birinchi darajali og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlaydi. Agar barcha belgilar yuzda bo‘lsa, gastrit rivojlanmasligi uchun organizmni tekshirish zarur. Chunki og‘riq qoldiruvchi vositalar haddan tashqari kuchlilik qilishi ehtimoldan uzoq emas. Yallig‘lanishga qarshi dorilar oshqozon devorlarida jiddiy tirnash xususiyati keltirib chiqarishi, bu esa muzqaymoq bilan yo‘q qilinishi mumkin. Muzqaymoq tarkibida tabiiy sut shakarlari ko‘p bo‘lib, bu uzoq vaqt davomida energiya bilan ta’minlaydi.

Achchiq yoki sho‘r mahsulotlar

Foto: Marie Claire

Katta ehtimol bilan siz vegetativ qon tomir distoni bilan og‘rigan omadlilardan birisiz. Qon tomirlari bilan bog‘liq muammolar juda achchiq ovqatlarni iste’mol qilish uchun doimiy va yengib bo‘lmaydigan istakni keltirib chiqaradi. Organizm suvsizlanadi. Ichki tashnalik o‘zini ochlik sifatida yashirishga intiladi. Aynan shu narsa tuzga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi, chunki tuz namlikni saqlaydi. Bunday holda, kuniga kamida ikki litr suv ichishga harakat qilish lozim.

Go‘sht

Foto: Marie Claire

Agar hech qachon go‘shtni yaxshi ko‘rmagan bo‘lsangiz-u, lekin tushlikda har kuni qayta ishlanganini iste’mol qilishga tayyor bo‘lsangiz, katta ehtimol bilan sizda temir yoki vitamin B yetarli emas. Bu ko‘proq vegetarianlarga tegishli. Go‘shtda har bir inson uchun zarur bo‘lgan oqsil mavjud. Bundan tashqari, shuni esda tutish kerakki, ayollarda temir tanqisligi ayniqsa homiladorlik paytida kuchayadi.

Yog‘li ovqatlar

Foto: Marie Claire

Ma’lum bo‘lishicha, fri kartoshkasi kabi yog‘li mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoj surunkali uyqusizlikning birinchi belgisidir. Charchagan organizm energiya talab qiladi: ko‘pincha kuchni to‘ldirish istagi ochlik bilan osongina aralashib ketadi. Nega kolbasa, sariyog‘ yoki boshqa mahsulot qo‘shilgan sendvichni iste’mol qilingandan keyin uzoq vaqt uxlash qiyin kechadi?Javob oddiy: yog‘li ovqatlar oranizmga energiya beradi. Ammo shunga qaramay, buning uchun foydalaniladigan yog‘ni tabiiy bilan almashtirish tavsiya etiladi, bu semizlik, uyqusizlik xavfini kamaytiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.