Salomatlik Salomatlik Keksa yoshda ham organizmning salomatligini ta’minlovchi ovqatlanish odatlari

Keksa yoshda ham organizmning salomatligini ta’minlovchi ovqatlanish odatlari

O'qildi: 367


Keksa yoshda ham organizmning salomatligini ta’minlovchi ovqatlanish odatlari

“Noviy ochag” nashri sog‘lom va uzoq umr ko‘rishga yordam beradigan juda oddiy, lekin muhim odatlarni sanab o‘tdi.

Keksa yoshda ham organizmning salomatligini ta’minlovchi ovqatlanish odatlari
Foto: Getty Images

Inson salomatligi nafaqat irsiyat va turmush tarzi, balki nima va qanday ovqatlanish bilan ham belgilanadi. Hatto bugungi kunda ovqatlanish odatlaridagi kichik o‘zgarishlar ham kelajakda katta natijalarga olib kelishi mumkin. Masalan, salomatlik va energiya darajasi ayniqsa muhim bo‘lgan yoshda. Ushbu oddiy odatlarni amalga oshirish orqali ko‘p yillar o‘tib ham organizmni sog‘lom saqlab qolish mumkin.

Omega-3 ga boy mahsulotlarni iste’mol qiling

Ba’zi parhezshunoslar yoshlarning omega-3 yog‘ini qabul qilishga chaqiradi, chunki bu yog‘ kislotasi yomon xolesterin darajasini pasaytiradi, yallig‘lanish bilan kurashishga yordam beradi, saraton, yurak xuruji va insult xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, omega-3 keksa yoshda ham miyaning faol bo‘lishi uchun juda foydali. Tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, bu sehrli yog‘ kislotasidan to‘liq foyda olish uchun haftada ikki porsiya yog‘li baliq iste’mol qilish yetarli.

Ko‘proq kletchatka iste’mol qiling

Kletchatka va tabiiy xun tolasi bo‘lgan sabzavot va dukkakli ekinlar vaznini nazorat qiladiganlar uchun foydalidir. American Journal of Clinical Nutrition jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga 10 gramm kletchatka iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lish xavfini 17 foizga kamaytiradi.  Bundan tashqari, kletchatkalar qonda shakar darajasini sog‘lom saqlashga yordam beradi, saraton xavfini kamaytiradi va yurak salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Rangli meva va sabzavotlarni iste’mol qiling

Taomlar haqiqatan ham foydali bo‘lishini xohlaysizmi?Unda rangli meva va sabzavotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Meva va sabzavotlarga rang beradigan antioksidant va maxsus moddalar organizm hujayralarini shikastlanishdan himoya qiladi va qarish belgilariga qarshi kurashadi. Kuniga kamida uchta rangli sabzavot hamda meva yeyishga harakat qilish lozim.

Zaytun yog‘idan voz kechmang

Zaytun yog‘i O‘rta Yer dengizi parhezining ajralmas qismi bo‘lib, sog‘lom va uzoq umr ko‘rishga yordam beradigan mahsulot deb ataladi. Zaytun yog‘i ko‘krak va yo‘g‘on ichak saratonidan himoya qiluvchi polifenol antioksidantlarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, keksalikda zaytun yog‘ini muntazam iste’mol qilish insult xavfini 41 foizga kamaytirishi mumkin. Faqat zaytun yog‘i qizdirilganda barcha foydali xususiyatlarini yo‘qotadigan mahsulotdir.

Guruchni kamroq iste’mol qiling

Jigarrang guruch kletchatka va magniyning ajoyib manbai hisoblanadi. Bu qandli diabet, yurak xastaligi va hatto saratonning ayrim turlari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Ammo oq guruch faqat kaloriya bo‘lib, undan hech qanday foyda yo‘q.

Oqsilni kamaytirib yubormang

Oqsil — bu organizm har kuni shikastlangan hujayralarni tiklashi mumkin bo‘lgan asosiy materialidir. Kundalik ratsionning kamida uchdan bir qismi o‘simlik yoki hayvonlardan olingan oqsil bo‘lishi kerak. Qanchalik yosh o‘tib borsa, oqsilning ahamiyati organizm uchun shunchalik ortib boradi.

Suyuqlik iching

Yetarli miqdorda suyuqlik ichish ichaklarning yaxshi ishlashiga yordam beradi, bo‘g‘imlarni moylaydi(bu ayniqsa kattalarda muhim ahamiyatga ega), metabolizmni saqlashga yordam beradi va hatto kayfiyatni yaxshilaydi. Ko‘proq ichish lozim, chunki suv haqiqatan ham hayotdir!




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.