Salomatlik Salomatlik Oyoq terlashi va noxush hidni qanday bartaraf etish mumkin?

Oyoq terlashi va noxush hidni qanday bartaraf etish mumkin?

O'qildi: 332


Oyoq terlashi va noxush hidni qanday bartaraf etish mumkin?

Oyoq terlashi va noxush hid nozik mavzu, undan qutulish unchalik oson emas, deb o‘ylashadi. Quyida muammoni hal qilishga yordam beradigan bir nechta samarali layfxaklar bilan tanishib chiqish mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Terlash va oyoq hidlanishidan xalos bo‘lish uchun ko‘plab layfxaklar bor, ba’zilar esa boshqa odamlarning oldida oyoq kiyimlarini yechishdan ham qo‘rqadi. Ammo vahima qilmaslik kerak: bu muammo unchalik dahshatli emas va uni butunlay hal qilish mumkin!Hozirgi vaqtda oyoqlarning yoqimsiz hidini yo‘qotishga yordam beradigan ko‘plab professional usullari mavjud.

Ayollar oyoq terlashi va hidlanishidan qanday qutulishi mumkin?

Terlashning ortishi ko‘pincha sifatsiz poyabzal kiyish yoki gipergidroz, qo‘ziqorin(gribok)kasalliklari va organizmning individual xususiyatlari tufayli yuzaga keladi. Gap shundaki, bakteriyalar shunchaki nam va iliq muhitni yaxshi ko‘radi: ular tirnoqlar ostida va o‘lik teri zarralari burmalarida ko‘paya boshlaydi va shu bilan yoqimsiz hid paydo bo‘ladi.

Oyoqlar hidlana boshlasa, qanday qilib imkon qadar tezroq yomon hiddan qutulish mumkin?Avvalo sababni aniqlash va u bilan kurashish lozim.

Bakteriyalar uchun qulay yashash sharoitlarini yo‘q qilish

Oddiy qilib aytganda, oyoqlarni toza tutish shart. Antibakterial sovun yordamida oyoqlarni muntazam yuvib turish, tirnoqlarni qisqartirish, cho‘tka va maxsus toshdan foydalanishni e’tiborsiz qoldirmaslik lozim. Pedikyur jarayonida foydalaniladigan jihozlar tozaligini kuzatish, shuningdek, suv bilan aloqa qilgandan keyin barmoqlar orasidagi bo‘shliqni yaxshilab artib olish tavsiya etiladi.

To‘g‘ri yuvish

Paypoqlarni ham ichkariga aylantirib yuvish kerak. Qo‘lda yuvish uchun bir piyola suvda suyultirilgan bir osh qoshiq iste’mol sodasi va bir choy qoshiq sirkadan foydalaniladi: paypoqlarni bu eritmada 1-2 soatga qoldirish va keyin yuvish tavsiya etiladi.

Oyoq kiyimni tez-tez yechish

Uyda va issiq havoda oyoqlarning terlashini kamaytirish va yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish uchun yalangoyoq yoki ochiq poyabzallarda yurishga harakat qilish kerak. Yalangoyoq yurish oyoqlarda mikroblar paydo bo‘lishining oldini oladi va issiqlik uzatishni normallashtiradi.

Oyoq kiyimlarini dezinfeksiya qilish

  • oyoq kiyimni ichkari va tashqarisini yaxshilab yuvish;
  • taglik va bog‘ichlarni antiseptik eritmada namlash;
  • oyoq kiyimning ichki qismini antiseptikka botirilgan paxta bilan tozalash;
  • oyoq kiyimlarni yaxshi havo bor joyda quritish.
Oyoq kiyimni toza tutish

Bog‘ich va tagliklarni muntazam yuvib, poyabzalni to‘liq qurigach kiyish kerak. Nam poyabzalda yurmaslikka harakat qiling va kun oxirida ulardan qum, chang va boshqa zarralarni silkitib tashlashni unutmang.

Terlash va oyoqlarning hidini davolash uchun professional vositalar

Dorixona mahsulotlari va professional oyoq parvarishi komplekslari o‘z vazifalarini samarali bajara oladi. Oyoqlar uchun maxsus antiperspirantlar va dezodorantlar oyoq yuzasida harakat qilib, tez va samarali ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Bunday mahsulotlarni olib yurish va qadoqdagi ko‘rsatmalarga muvofiq muntazam foydalanish qulay.

Mutaxassisdan yordam

Ko‘pincha ayollarda terlashning ko‘payishi va yoqimsiz hid, terining ko‘chishi va g‘alati toshmalar bilan birga keladi. Bunday holda, mutaxassis bilan bog‘lanish va belgilangan davolanish kursidan o‘tish yaxshidir. Shifokor, albatta, oyoq hididan qanday qilib butunlay qutulish kerakligini aytadi.

Oyoq hididan uy sharoitida qanday qutulish mumkin?

Har qanday dorixonada sotib olinadigan yoki uyda tayyorlanishi mumkin bo‘lgan vositalar mavjud. Muammoni hal qilishga yordam beradigan ushbu usullari nafaqat vaqt sinovidan o‘tgan, balki professional dori-darmonlardan farqli o‘laroq, yuqori xarajatlarni talab qilmaydi.

Antibakterial oyoq choyi

Choy tarkibidagi taninlar yoqimsiz hid va terlashdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Bunday vannalarni har kuni qilish tavsiya etiladi.

  1. 1 litr qaynoq suvda 3 choy qoshiq qora choy bargi damlanadi.
  2. Chuqur idish yoki hammomda 2 litr salqin suv bilan suyultiriladi.
  3. Oyoqlarni choy eritmasiga botirib, 15-30 daqiqa ushlab turiladi.
Lavanda
  1. Lavanda yog‘i oyoq hidini yaxshi olib tashlaydi va terlashni kamaytiradi.
  2. Oyoqlarga 4-5 tomchi lavanda yog‘i surtiladi, qolganlarini salfetka bilan artib olinadi.
  3. Kechasi, oyoqlarni lavanda yog‘i bilan ishqalab, maxsus paxta paypoqlar kiyiladi.
Sirkali aralashma
  1. Olma sirkasi oyoq hidini yo‘qotishga yordam beradi.
  2. 0,5 olma sirkasi 200 ml iliq suv bilan aralashtiriladi.
  3. Sirka eritmasiga doka yoki paxta matosini namlanadi va oyoqlarga qo‘llanadi.
  4. Aralashma 20-30 daqiqa ushlab turiladi.
  5. Keyin oyoqlar artilmaydi: ularni tabiiy ravishda quritiladi.
Moychechak va limon

Moychechak – terini tinchlantiradi, qichishishni yengillashtiradi va gribok kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi. Limon sharbati oyoqlarning yomon hidiga qarshi samarali kurashadi.

  1. 3 paket moychechakdan choy tayyorlanadi.
  2. Choy sovitib olinadi.
  3. Moychechak choyiga 2 osh qoshiq limon sharbati qo‘shiladi.
  4. Oyoqlarni paxta yordamida olingan aralashma bilan yuviladi.
  5. So‘ngra tabiiy ravishda quritiladi.

Mavzuga doir:

  • Poyabzal g‘ijirlashidan xalos bo‘lishning sinalgan usullari
  • Tovonlar yorilishining 8 ta asosiy sababi
  • Oyoqlar qanday sabablarga ko‘ra uvishadi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.