Salomatlik Salomatlik Koronavirus bilan qayta kasallanganda nima qilish kerak: kasallikni osonroq yengish va organizmni tezroq tiklashning 4 usuli

Koronavirus bilan qayta kasallanganda nima qilish kerak: kasallikni osonroq yengish va organizmni tezroq tiklashning 4 usuli

O'qildi: 384


Koronavirus bilan qayta kasallanganda nima qilish kerak: kasallikni osonroq yengish va organizmni tezroq tiklashning 4 usuli

Koronavirus pandemiyasi ikki yildan o‘tsa hamki davom etmoqda va ko‘plab mamlakatlarda vaziyat 2020-yilga qaraganda ancha yaxshilandi. Shu bilan birga, virusning tobora ko‘proq yangi shtammlari paydo bo‘lmoqda, ularni har qanday odam yuqtirishi mumkin. Bundan tashqari, antitanachalar ishlab chiqarilishiga qaramay, koronavirus bilan ikki yoki uch marta kasal bo‘lish ehtimoli mavjud, deb yozadi Marie Claire.

Foto: Marie Claire

“SARS-CoV-2 ga qarshi immunitet mukammal emas, u qayta infeksiya yuqtirishdan to‘liq himoya qilmaydi”, — dedi yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Kavsar Rasmi Talaat Women’s Health nashriga. Bundan tashqari, bir shtammning antitanachalari boshqasiga kuchsizdir. Ammo yaxshi xabar shundaki, ikkinchi infeksiyani yuqtirgan emlangan odamlarda koronavirusning yengilroq shakli o‘tadi.

Agar qayta infeksiya yuqish holati kuzatilsa, virusni yengish va organizmni tiklashni osonlashtirish uchun kasallik paytida va undan keyin bir nechta oddiy qoidalarga rioya qilish kerak.

O‘zingizni izolyatsiya qiling

Foto: Marie Claire

Agar alomatlar yengil bo‘lsa, virus siz yoki atrofdagilar uchun xavfli emas, deb o‘ylab bo‘lmaydi. Kamida besh kun karantinda bo‘lish tasiya etiladi.

Shifokorlardan qochmang

Foto: Marie Claire

Kovidni qayta yuqtirganda, ko‘pchilik shifokor bilan maslahatlashishni ortga suradi, chunki kasallik takroran kuzatilayotgani uchun xavotirga o‘rin yo‘q deb qaraladi. Biroq bu noto‘g‘ri tushunchadir. Nima bo‘lganda ham shifokor bilan maslahatlashish va keyingi harakatlar haqida ma’lumot olish zarur. Yoki uy sharoitida davolanish ishlari olib borilsa, shifokor chaqirish zarur.

Qayta emlash uchun ro‘yxatdan o‘ting

Foto: Marie Claire

Karantin muddati tugagach va o‘zingizni yaxshi his qilsangiz, qayta emlash uchun ro‘yxatdan o‘ting.

Immunitetni mustahkamlang

Foto: Marie Claire

Agar immunitet tizimi faol ravishda kuchaytirilsa, virus tezroq bartaraf etiladi. Jismoniy faollik, vitaminlar, sog‘lom uyqu, ochiq havoda sayr qilish(albatta, karantindan keyin)organizmning tabiiy himoyasini kuchaytirishning arzon va samarali usullaridir.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.