Salomatlik Ayollar uchun “Baxt niqobi”, tushkunlik va o‘zini ko‘rsatish. Instagram’dagi fotolar siz haqingizda nima deydi?

“Baxt niqobi”, tushkunlik va o‘zini ko‘rsatish. Instagram’dagi fotolar siz haqingizda nima deydi?

O'qildi: 332


“Baxt niqobi”, tushkunlik va o‘zini ko‘rsatish. Instagram’dagi fotolar siz haqingizda nima deydi?

Ijtimoiy tarmoqqa joylangan har bir rasmdan akkaunt egasi haqida ma’lum xulosalar chiqarish mumkin. Bu boradagi savolga “Yandeks Dzen” platformasida javob keltiriladi.

Yorqin, rang-barang suratlar

Foto: The Blonde Flamingo

Instagram’ga so‘nggi vaqtda yorqin, rang-barang suratlar joylangan bo‘lsa, demak, surat egasi hayotidan mamnun va uning hayotida kimdir bor. Qolaversa, yorqin filtrlar o‘ziga bino qo‘yish va kirishimlilikdan ham dalolat.

To‘q rangli fotolar

Foto: Styled in Lace

Tez-tez yangi fotolar bilan bo‘lishib turish foto egasining depressiyada ekanini bildiradi. Fotolaringiz xira, to‘q ranglardan iborat bo‘lsa, unda ruhiy tushkunlikni tan olishingizga hojat yo‘q, hammasi shundoq ham oydek ravshan.

Baxtli juftlik 

Foto: Getty Images

Lentangizda, asosan, juftingiz bilan tushgan suratlar joylangan bo‘lsa, demak, munosabatlaringizda qandaydir muammo bor va siz buni “baxt niqobi” ortiga yashirishga urinyapsiz.

Taomlar

Foto: Medium

Ovqatlar suratini joylaganlarni maqtanchoq deb bilasizmi?Aslida unday emas. Aniqlanishicha, taomlar surati bilan bo‘lishilganda ovqatdan tiyilish, o‘zini qo‘lga olish mumkin bo‘​lib, to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilinar ekan.

Selfi

Foto: Milliyet

Selfi bilan bo‘lishishni sevuvchilarda o‘ziga ishonch yetishmaydi, ular layk ko‘rinishida boshqalardan tasdiq kutadi. Lekin faqat shunday ekan, degan xulosa chiqarish kerak emas, ba’zida bu kabi suratlar qiziqarli joy va voqeadan esdalik sifatida ham joylanishi mumkin.

Farzandlar  davrasida

Foto: Working Mother

Farzandlar bilan birgalikda tushilgan suratlar o‘zini namoyon qilishdir. Psixologlarning tasdiqlashicha, bu kabi suratlar sonining ko‘pligi boshqalardan o‘zingizni ustun ekanligingizni ko‘rsatishingizni bildiradi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.