Salomatlik Salomatlik Ofis xodimlari ovqatlanishda doimo yo‘l qo‘yadigan 5 ta xato

Ofis xodimlari ovqatlanishda doimo yo‘l qo‘yadigan 5 ta xato

O'qildi: 264


Ofis xodimlari ovqatlanishda doimo yo‘l qo‘yadigan 5 ta xato

Koronavirus pandemiyasidan so‘ng bir qancha tashkilotlar masofadan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo ba’zi kompaniya xodimlari haftada besh kun ofisga boradi. Ish vaqtida, albatta, turli xil yeguliklar iste’mol qiladi. Ammo hamma ham to‘g‘ri ovqatlanadimi? Marie Claire nashri ofis xodimlari ovqatlanishda doimo yo‘l qo‘yadigan xatolarni sanab o‘tdi.

Foto: Marie Claire

Betartib ovqatlanish

Ba’zida ish shunchalik ko‘pligidan nonushta yoki tushlik qilishga vaqt bo‘lmaydi. Kun bo‘yi och qolgandan so‘ng kechasi muzlatkichga murojaat ortadi, natijada kunlik kaloriya miqdori oshib ketadi. Bundan tashqari, bu tarzda ovqatlanish hamda mahsulotlarning sifati haqida o‘ylash kerak. Bunday ratsion vazn ortishiga va oqsil, yog‘, uglevod, kletchatka, vitamin, mineral va mikroelementlar yetishmasligi kuzatilishi mumkin.

Ishlash jarayonida ovqatlanish

Yana bir katta xato — ish jarayonida ovqatlanish yoki tushlikda Telegram, YouTube kanallaridagi kontentni tomosha qilish. Hatto tushlik paytida hamkasblar bilan suhbatlashish odatiy bo‘lsa ham foydali odat emas. Oziq-ovqatga yetarlicha e’tibor bermaslik tufayli ko‘p ovqatlanish yuzaga keladi.

Ushbu ikkita xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun uyda nonushta qilishga harakat qilish va har kuni ofisda ovqatlanish uchun ma’lum vaqt ajratish tavsiya etiladi. Tushlik uchun ham diqqatni jamlab, asta-sekin ovqatlanish kerak. Shundagina sekin uglevodlar, oqsillar, yuqori sifatli yog‘lar va kletchatkalar o‘z vazifasini bajaradi. Muntazamlik haqida unutmaslik lozim, bir vaqtning o‘zida ovqatlanish organizmga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Nosog‘lom gazaklar

Keyingi xato avvalgilari kabi muammo tug‘dirishi mumkin. Gazaklar muhim, lekin ular ham to‘g‘ri iste’mol qilinishi kerak, shuningdek, boshqa ovqatlarning umumiy jadvaliga ham rioya qilinishi lozim. Gazak uchun tez uglevodlarga boy ovqatlarni tanlamaslik kerak: ularning ortiqchasi tez muddatda semirish, diabet va turli yurak-qon tomir kasalliklariga olib keladi. Qisqa muddatda shakarli mahsulotlar iste’mol qilish uyquchanlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Tez uglevodlar

Afsuski, ofis xodimlarining tushligining asosiy qismi ham har doim ham to‘yimli emas. Tushlik paytida kartoshka, makaron, pitssa yoki sendvichlar iste’mol qilmaslik kerak. Ushbu oziq-ovqatlar yuqori glisemik indeksga(GI)ega, qonda insulin ko‘tarilishiga olib keladi va ovqatdan keyin uyquchanlikni keltirib chiqaradi.

Qahva va energetik ichimliklar

Organizm, shu jumladan miya energiya manbai sifatida adenozin trifosfor kislotasidan foydalanadi. Jarayon davomida erkin adenozin hosil bo‘ladi, bu “charchoq molekulasi” deb ham ataladi. Retseptorlar bilan bog‘lanib, miyaga charchoq haqida signal beradi va yurak urish sekinlashadi va uyquchanlik paydo bo‘ladi.

Kofein ham organizmni aldaydi: retseptorlarga bog‘lanadi, ammo u yerga adenozin kira olmaydi. Shu sababli, biz bir necha soat davomida charchoq va uyquchanlik kuzatilmaydi, keyin yana uxlash istagi paydo bo‘ladi. Ammo kofeinning tetiklantiruvchi xususiyati afsuski, charchaganlikni bildirmaydi. Aksincha, ko‘proq ishlash natijasida charchoq kuchayadi. Energetiklar ham xuddi shu prinsipda ishlaydi.

Qahva borasida me’yorni to‘g‘rilash uchun ko‘proq uxlash, kuniga ikki stakandan ko‘p ichmaslik, ratsiondan sirop, shakar va boshqa shirinliklarni chiqarib tashlash tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.