Salomatlik Salomatlik Qanday qilib salomatlik va yoshlikni saqlab qolish mumkin? Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zi amal qiladigan 7 qoida orqali savollarga javob berdi

Qanday qilib salomatlik va yoshlikni saqlab qolish mumkin? Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zi amal qiladigan 7 qoida orqali savollarga javob berdi

O'qildi: 297


Qanday qilib salomatlik va yoshlikni saqlab qolish mumkin? Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zi amal qiladigan 7 qoida orqali savollarga javob berdi

2020-yil 10-oktabrda Pavel Durov 36 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan Telegram asoschisi yoshlik hamda sog‘liqni asrash bo‘yicha o‘zining maslahatlari bilan bo‘lishishga qaror qildi.

Foto: Esquire

Ishbilarmonning so‘zlariga ko‘ra, vaqti-vaqti bilan undan qanday qilib yosh ko‘rinishni saqlab qolganini so‘rashadi. Durov kamroq ovqatlanish, bezovta bo‘lmaslik hamda spirtli ichimliklardan voz kechishni tavsiya etadi.

 Durovning qoidalari quyidagicha:

Spirtli ichimlikdan saqlaning

Kamdan-kam istisno holatlari bo‘lishi mumkin, ammo spirtli ichimliklar sog‘liqqa putur yetkazadi va yoshga nisbatan qariroq ko‘rinishga olib keladi.

Ko‘proq uxlang

Uyqu paytida tana qayta tiklanadi. Uyquni kechiktirish yoki keyinga qoldirish mumkin emas. Yoki ish kunlaridagi uyqusizlikni dam olish kunidagi uzoq vaqt uxlash bilan qoplash kerak emas.

Ovqatlanmang

Odamlarning ortiqcha vazni tufayli yoshi kattaroq ko‘rinadi. O‘nlab kasalliklar ham aynan vazn bilan bog‘liq. Men odatda kuniga ikki marta – soat oltida yoki bir marotaba ovqatlanaman. Kuniga uch marta yoki undan ko‘p ovqatlanish, shunchaki yomon odat.

Sport bilan shug‘ullaning

O‘rtacha, ammo muntazam olib borilgan mashqlar odamlarning sog‘lig‘ini va umrini uzaytiradi. Shaxsan men kardio – piyoda, velosipedda hamda ochiq havoda suzish bilan shug‘ullanaman. Lekin yengil vazn bilan mashq qilish juda maroqli.

Sressni kamaytiring

Ro‘y berayotgan hodisalarni yaxshilikka tomon borayotganiga ishontiruvchi aqliy odatlar mavjud. Shuningdek, salbiy va bo‘lib o‘tayotgan yoki davom etayotgan voqeaga befarqlik ham yaxshi samara beradi. Hayot o‘z-o‘zidan barcha qiyinchiliklarni osonlashtiradi.

Go‘sht yemang

Dengiz mahsulotlari, baliq va yovoyyi tabiatdan tutib olingan hayvonlar juda foydali. Biroq fermer xo‘jaligidan yetishtirilayotgan go‘shtdan yosh ko‘rinuvchi odamlarning aksariyat qochadi. Sababi bu go‘shtning zararli tomoni − semirtirish gormonlari va sun’iy ozuqa bilan chorva mollarini ko‘paytirish va sotishdir.

Yolg‘iz yashang

Ajablanarlisi shundaki, men suhbatlashgan barcha o‘rta yoshdagi erkaklarning hammasi umr bo‘yi yolg‘iz yashagan. Bu uxlash, ovqatlanish, xulq-atvor yuzasidan mustaqillikning natijasi bo‘lishi mumkin. Yoki bu shunchaki o‘zaro bog‘liqlik va nosog‘lom ijtimoiy me’yorlardan mustaqil bo‘lgan odamlardir.

Durov ushbu qoidaning ko‘pchiligini ilmiy izohlarda ham topish mumkin, deb xulosa qildi. Shuningdek, u agar ikki baravar yosh ko‘rinsangiz, demak, asosiy mahsulot – spirtli ichimlikni hech qachon ichmang, deya ta’kidlaydi.

“Spirtli ichimliklardan voz kechganingizdan so‘ng siz uchun nima yaxshi va yomonligini aytadigan sezgingizni eshita boshlaysiz. O‘zingiz uchun foydali bo‘lgan barcha narsani yolg‘iz o‘zingiz aniqlaysiz, boshqa birovlarning maslahatiga quloq tutib yurmaysiz”, − deb qo‘shimcha qildi Durov.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.