Sovuq ob-havoda vaznni nazorat qilish uchun 5 ta layfxak
Ekseter universitetida olib borilgan tadqiqotlar shuni isbotladiki, qishda haddan tashqari ko‘p ovqatlanish va sovuq oylarda oziq-ovqat haqida doimiy o‘ylash inson biologiyasi, aniqrog‘i, evolyutsiyasi tarixi bilan belgilanadigan holatdir. Qadim zamonlarda ota-bobolar kuz-qish mavsumida oziq-ovqatning keskin kamayishiga duch kelgan, shuning uchun ular doimo kerakli miqdorda oziq-ovqat zaxirasini to‘plashga harakat qilgan, ya’ni bir vaqtning o‘zida odatdagidan ko‘proq ovqatlangan. Olimlarning ta’kidlashicha, tez orada bunday parhez odat tusiga kirdi va keyinchalik asta-sekin genetik jihatdan o‘rnatilgan xatti-harakatlar strategiyasiga aylandi, deb yozadi Marie Claire.
Foto: Marie ClaireAmmo bu kechki oqshom muzlatkichda bir stakan kakao va kruassan bilan o‘zimizni oqlashimiz mumkinligini anglatmaydi. Bizdan farqli o‘laroq, qishda ota-bobolarimiz issiq mavsumga qaraganda ko‘proq kaloriya sarflagan. Albatta, vaznni nazorat qilishning ekstremal usullarini sinab ko‘rish tavsiya etilmaydi. Buning o‘rniga vazn ortishi xavfini kamaytiradigan bir qator oddiy, ammo samarali layfxaklarga e’tibor qaratish mumkin.
Tushlik yoki kechki ovqat uchun past kaloriyali sho‘rva
Foto: Marie ClaireAgar Penn State universiteti tadqiqotiga murojaat qilinsa, bu masalaga jiddiylik bilan yondashish kerak. Ma’lum bo‘lishicha, agar tushlik yoki kechki ovqatdan oldin ozgina sho‘rva iste’mol qilinsa, undan keyin ancha kam kaloriya iste’mol qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu farq taxminan 20 foizni tashkil qiladi. Faqat past kaloriyali sho‘rva yoki oddiy bulyonni tanlashga harakat qilish kerak, ya’ni mazali, ammo juda yuqori kaloriyali qaymoqli sho‘rvalar kechki ovqatni yengillashtirmaydi.
Har qanday vaziyatda o‘simlik choyi iching
Termometr noldan pastga tushishi bilan inson kamroq chanqay boshlaydi. Natijada namlik yetishmasligi tufayli organizmda jiddiy stressga duchor bo‘ladi va buni hatto sezmaslik ham mumkin. Aytgancha, ochlik hujumi sifatida qabul qiladigan ovqatlanish istagi ko‘pincha organizmga zudlik bilan suv kerakligini ko‘rsatadi. Agar bunday holat surunkali bo‘lib qolsa, unda metabolizmning sifati va intensivligi sezilarli darajada kamayadi. Bu faqat vazn ortishi xavfini anglatadi.
Foto: Marie ClaireShuning uchun mutaxassislar sovuq oylarda, agar allergiya yoki boshqa ta’sirlar bo‘lmasa, iloji boricha ko‘proq o‘simlik choyi ichishni tavsiya qiladi. Ma’lumki, ko‘k, qora, moychechak choyi ishtahani normallashtirishga yordam beradi.
Sovuq suv iching
Odatda tana haroratidan pastroq suyuqlik ichilganda, organizm uni isitish uchun qo‘shimcha kaloriyalarni sarflaydi. Natijada qishda vazn yo‘qotish qiyin emasligi ma’lum bo‘ladi.
Oqsilga boy nonushtani odat qiling
Foto: Marie ClaireErtalabki ovqatlar uglevodlarga boy ekani ma’lum va qishda buning barchasi qomat uchun zararli, ayniqsa, faol hayot tarzi bilan shug‘ullanmaydiganlar uchun. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, oqsilga boy nonushta ishtahani nazorat qilishga yordam beradi va gazaklar iste’mol qilishning oldini oladi.
Shirinliklar iste’mol qiling, faqat foydalisini
Shakar, kraxmal va shunga o‘xshash narsalar yurak kasalliklarining asosiy aybdorlari hisoblanadi. Shuning uchun qishda pechenye va shokolad iste’mol qilishni to‘xtatib, mavsumiy sabzavotlardan eng foydali va mazalilarini tanovul qilish yaxshiroqdir.
Manba