Qirolicha taomnomasiga nazar: Yelizaveta II ovqatlanishda amal qiladigan 6 sir
O'qildi: 374
Buyuk Britaniya qirolichasi dunyodagi eng keksa davlat rahbari hisoblanadi. U 94 yoshda bo‘lishiga qaramay, baquvvat va yoshiga nisbatan ancha yosh ko‘rinadi. Buning boisi uning taomnomasi va undagi foydali mahsulotlar bilan bog‘liqdir, balki. Cosmopolitan nashri qirolichaning ovqatlanishda rioya qiladigan 6 siri bilan bo‘lishdi.
Foto: Cosmopolitan1. Kichik porsiya
Foto: CosmopolitanSobiq qirollik oshpazi Darren MakGreydining ta’kidlashiga qaraganda, shahzoda Filippdan farqli o‘laroq, qirolicha kichik porsiya iste’moliga odatlangan, u to‘rtta katta porsiyadan ko‘ra, uchta kichik yeyishni ma’qul ko‘radi. Yelizaveta amal qiladigan mazkur odatning samarali ekani parhez tutadiganlarga yaxshi ma’lum. Kam porsiya iste’mol qilish, kaloriyani 25% kamaytiradi va yog‘larning erishiga yordam beradi.2. Nimani sevsangiz, shuni iste’mol qiling
Foto: CosmopolitanQirolicha shokoladli biskvitni juda ham yaxshi ko‘radi va bu turdagi shirinlikni har kuni yeyishi mumkin. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, tong shokolad yoki muzqaymoq bilan qarshi olinsa, kun davomida ochlik hissi bilan kurashish qiyin bo‘lmaydi.3. Shokolad
Foto: CosmopolitanYuqorida ta’kidlanganidek, Yelizaveta II shokolad yeyishni yoqtiradi, lekin oq yoki sutli shokolad emas. Uning tanlovi tarkibida kakao 60% dan yuqori bo‘lgan achchiq shokoladda to‘xtagan. Mazkur shokolad tarkibida yurak uchun foydali flavonoid moddasi bor.4. Mavsumiy meva va sabzavotlar
Foto: CosmopolitanQirolicha qulupnayni yaxshi ko‘radi, lekin ushbu mevani faqat yozda iste’mol qiladi. Tadqiqotchilar ham meva va sabzavotlarni o‘zi yetishriladigan mavsumda yeyishni tavsiya qiladi, shunda ta’siri yanada foydaliroq bo‘lishini ta’kidlaydi.5. Baliq mahsulotlari
Foto: CosmopolitanQirolicha kunning ikkinchi qismida dudlangan lososdan tayyorlangan sendvich, tushlik yoki kechki ovqat uchun esa gril qilib pishiriladigan baliq tanovul qiladi. Aftidan, qirolichaga baliq mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar nafaqat mazali, balki foydali ekani, tarkibidagi yog‘ kislotalari miya faoliyatini yaxshilashi ma’lum chog‘i.6. Choy
Foto: CosmopolitanQirolichani choysiz tasavvur qilish mumkin emas. Uning sevimli choyi Earl Grey bo‘lib, ushbu choy tarkibidagi flavonoid organizmdagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Bundan tashqari choy qon bosimini tushiradi, tuxumdon saratoni xavfining oldini oladi va ozishga yordam beradi.
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.