Salomatlik Salomatlik Hamma shokoladni noto‘g‘ri iste’mol qiladi: Mutaxassis qanday xatolar shirinlik ta’mini buzishini ma’lum qildi

Hamma shokoladni noto‘g‘ri iste’mol qiladi: Mutaxassis qanday xatolar shirinlik ta’mini buzishini ma’lum qildi

O'qildi: 254


Hamma shokoladni noto‘g‘ri iste’mol qiladi: Mutaxassis qanday xatolar shirinlik ta’mini buzishini ma’lum qildi

Buyuk Britaniyaning oziq-ovqat texnologiyasi olimi va maslahatchisi Natali Alibrandi odamlar shokolad iste’mol qilganda yo‘l qo‘yadigan xatolarni ma’lum qildi, deb yozadi The Voice Mag.

Foto: Pinterest

Mutaxassis shunchaki odamlarning shirinlikka qanday munosabatda bo‘lishini taxmin qilibgina qolmadi: avvalroq ikki ming kishi orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ular o‘zlarining “chocolate eating habits” — shokolad iste’mol qilish odatlari haqida gapirib berdi. Natijalarga ko‘ra, mutaxassis asosiy 5 ta xatoni aniqladi.

Shokoladni muzlatgichda saqlash

Shokolad uchun optimal harorat 18 daraja. Boshqa sharoitlarda, bu mahsulot o‘z ta’mini o‘zgartirishi, juda tez erishi, parchalanishi, oksidlanishi yoki javonlardagi boshqa mahsulotlar hidini o‘ziga singdirishi mumkin. Shokolad yomonlashgan yoki yo‘qligini bilish uchun bo‘laklarga ajratayotganda uning singan ovozi eshitilishi kerak.

Kechqurun shokolad iste’mol qilish

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, shokolad iste’mol qilish uchun eng yaxshi vaqt — kunduzgi soat 11:00, chunki u kofein va shakarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun asosiy ovqatdan oldin uni iste’mol qilish mumkin. “Agar tushlikkacha qattiq ishlashni istasangiz, shokolad ajoyib gazak bo‘ladi”, — deydi Alibrandi.

Ko‘p shokolad iste’mol qilish

So‘rovnoma natijasida ma’lum bo‘lishicha, har ikkinchi respondent butun shokoladni tugatmaguncha uni yeyishdan to‘xtamaydi. Natalining so‘zlariga ko‘ra, bu katta xato. Maksimal qism to‘rt grammdan olti bo‘lakdir, shundan keyin retseptorlar shokoladning ta’mini his qilmaydi.

Shokoladni juda tez iste’mol qilish

Har to‘rtinchi respondent hech qachon ta’mni his qilish uchun kutmasligini va navbatdagi bo‘laklarni iste’mol qilishda davom etishini aytib o‘tdi. Alibrandi buning ham xatoligini, aslida shokolad bo‘laklari orasida 15 daqiqalik tanaffus qilishni tavsiya qiladi.

Shokoladni chaynash

Respondentlarning 74 foizi shokoladni chaynab, iste’mol qilishini ma’lum qilgan. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, shokoladni chaynash ham noto‘g‘ri. Natali barcha ta’mlarni his qilish uchun bo‘laklarni og‘izda eritib yuborishni maslahat beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.