Salomatlik Salomatlik Issiqda vazn yo‘qotishning oltin qoidasi: yozda ozishga yordam beradigan 5 ta tavsiya

Issiqda vazn yo‘qotishning oltin qoidasi: yozda ozishga yordam beradigan 5 ta tavsiya

O'qildi: 337


Issiqda vazn yo‘qotishning oltin qoidasi: yozda ozishga yordam beradigan 5 ta tavsiya

Yoz fasli ko‘p jihatdan qiyin o‘tishi mumkin, ammo vazn yo‘qotmoqchi bo‘lgan odamlar uchun u yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Ortiqcha vazndan qutulmoqchi bo‘lganlar tananing umumiy holati va shu bilan birga tashqi ko‘rinishga zarar yetmasligi hamda hayot sifati pasaymasligini unutmaslik kerak. Yaxshi tomoni shundaki, yozda haddan tashqari ochlikni boshdan kechirish ehtimoli kamroq, shuning uchun hazmi og‘ir, yog‘li ovqatlar o‘rniga kaloriyasi kam bo‘lgan muqobillarga pul sarflash mumkin. Qolaversa, issiqlik tufayli ko‘proq terlab, ko‘proq suv ichish esa tabiiy ravishda qomatni kerakli shaklda saqlashga yordam beradi. Marie Claire nashri yozda kerakli vaznga erishishga yordam beradigan mana shunday parhez odatlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Marie Claire

Ko‘p suv iching

Foto: Marie Claire

Ehtimol, bu vazn yo‘qotishning yagona qoidasi bo‘lishi mumkin, ammo ozishni istagan har bir kishi bunga amal qilishi kerak. Issiq mavsumda suvsizlanishni yengishning eng yaxshi usuli qanday?Variantlar orasida oddiy suv, kokos suvi, limonli suv kabi ichimlikar mavjud. Ularning barchasi suyuqlik muvozanatini saqlash uchun juda kerakli. Esingizda bo‘lsin, ichimlikdagi shakar qancha kam bo‘lsa, siz uchun shunchalik yaxshi bo‘ladi. Suyuqlik muvozanatini to‘ldirish va optimal gidratsiyaga erishish uchun suyuqlikni kichik qultumlarda ichish tavsiya etiladi.

Mavsumiy sabzavotlarni iste’mol qiling

Foto: Marie Claire

Yozgi sabzavotlarning kaloriyasi past bo‘lib, ularni kundalik ratsionga ko‘proq kiritish tezroq vazn yo‘qotishingizga yordam beradi. Bodring, rediska, baqlajon, qovoqcha va sog‘liq uchun foydali bo‘lgan, shuningdek, vazn yo‘qotishga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan boshqa sabzavotlardan foydalanish kerak.

Probiotiklarga e’tibor bering

Foto: Marie Claire

Yozda aksariyat insonlar fermentlangan sut mahsulotlarini iste’mol qiladi, ammo bu issiq mavsumda muammolarga olib keladi, natijada vazn yo‘qotish jarayoniga xalaqit beradi. Issiq mavsumda ovqat hazm qilish tizimini sog‘lom saqlash uchun ratsionga ko‘p miqdorda probiotiklarni kiritish tavsiya etiladi.

Kechki ovqatni tarvuz yoki qovun bilan almashtiring

Foto: Marie Claire

Tarvuz va qovunlar yozning asosiy yeguligidir. Kuchli chanqoqni bosishdan tashqari, bu poliz ekinlarining kaloriyasi ham past va shuning uchun yozda vazn yo‘qotish rejasi uchun ayni muddao. Ammo uzoq vaqt davomida faqat tarvuz iste’mol qilish xavfli, ularni kechki ovqat yoki tushlik bilan almashtirish mumkin.

Sport bilan shug‘ullaning

Foto: Marie Claire

Sovuq qish yoki issiq yoz bo‘ladimi, vazn yo‘qotish uchun doimo mashq qilish kerak. Ammo issiq mavsumda jismoniy kuch sarflaganda xavfsizlikka alohida e’tibor berish lozim. Jismoniy mashqlar paytida organizmni namlash uchun suv eng yaxshi ichimlik ekanligini unutmaslik juda muhim. U shakar yoki konservantlarni o‘z ichiga olmaydi va ko‘plab kofeinli energetik ichimliklar singari energiyani oshirmaydi. Juda issiq haroratda yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh ostida mashq qilishdan ehtiyot bo‘lishni unutmaslik kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.