Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradigan 5 ta vitamin
Agar organizmda ma’lum mikroelementlar yetishmasa, vazn yo‘qotish uchun uzoq vaqt sarflashga to‘g‘ri kelishi va bu hatto foydasiz bo‘lishi ham mumkin. Diyetologlar tez ozishda katta rol o‘ynaydigan beshta asosiy vitamin nomini ma’lum qildi.
Foto: “Domashniy ochag”A vitamini
Foto: “Domashniy ochag”Retinol sifatida ham tanilgan A vitamini samaradorlikni oshirishga, metabolizmni tezlashtirishga va stressdan tezda xalos bo‘lishga yordam beradi. Vazn yo‘qotish paytida yetarli miqdorda A vitamini – ko‘pincha diyetada kuzatiladigan immunitet zaiflashmasligining kafolati. A vitamini sof shakldagi mahsulotlarda topilmaydi, u retinol va karotinoidlardan sintezlanadi. Birinchi bo‘lib uni jigarda topish mumkin, shuningdek, tovuq, mol go‘shti, baliq, tuxum sarig‘i, sut mahsulotlari va sariyog‘da ham mavjud. Ammo pomidor, sabzi, shaftoli, o‘rik, qizil qalampir va qovoq kabi qizil va to‘q sariq rangli sabzavotlar, mevalar va rezavorlar tarkibida karotinoidlarni ham olish mumkin. Bundan tashqari, qovoq, karam va yangi ko‘katlarda bor.
Kalsiy
Foto: “Domashniy ochag”Kalsiy – vazn yo‘qotishning eng yaxshi do‘sti!Kalsiy organizmning asosiy quruvchisi bo‘lishidan tashqari, u metabolizm tezligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan energiyaga hissa qo‘shadigan ko‘plab fermentlarning faollashtiruvchisi sifatida ham tavsiflanadi. Kalsiyning eng yaxshi manbalari sut mahsulotlari hisoblanadi. Kefir, sut, yogurt, qattiq pishloqlar, tvorog... Ammo bu mahsulotlarda yog‘ miqdori past bo‘lishi kerak. Shuni unutmaslik kerakki, ratsionda sut mahsulotlarining ko‘pligi diyetada nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytiradi.
Xrom
Foto: “Domashniy ochag”Xrom metabolizmning yana bir faol ishtirokchisidir. Avvalo xrom insulin bilan o‘zaro ta’sir qiladi, bu organizmga glyukozani yaxshiroq qabul qilishga yordam beradi. Xrom qondagi qand miqdorini nazorat qiladi va organizmning ta’mga bo‘lgan ehtiyoji uchun ham javobgar. Xulosa qilib aytganda, organizmda xrom qancha ko‘p bo‘lsa, shirinliklarga bo‘lgan ishtiyoq shuncha kam bo‘ladi va umumiy ishtahani pasaytiradi. Xromning kunlik normasi 150 mgni tashkil qiladi, ammo uni olish juda qiyin. Xromga boy oziq-ovqatlarga yong‘oq, grechka, tariq, xom piyoz, loviya, kartoshka, brokkoli, gulkaram va Bryussel karami, shuningdek yog‘li baliqlar kiradi.
B vitaminlari
Foto: “Domashniy ochag”B vitaminlari orasida diyetologlar B1, B6 va B12 ni ajratib ko‘rsatishadi. B1 vitamini(ilmiy jihatdan tiamin)uglevod almashinuvi uchun juda muhimdir. B1ning yetishmasligi ishtahaning ortishi, ortiqcha ovqatlanish va natijada semizlikning sababidir. Tiaminga boy ovqatlar orasida loviya, qizil go‘sht, jigar, kepakli non mavjud. B6 vitamini immunitet, to‘qimalarni tiklash uchun javobgardir, u organizmdagi oqsil almashinuvini rag‘batlantiradi va kislorodni butun organizmga yetkazib beradi. Vazn yo‘qotish jarayonida yog‘lar kislorod tufayli eriydi. B6 yetishmasligi vazn yo‘qotishning sekinlashishiga teng. B12 vitamini metabolik jarayon uchun ham juda muhimdir, uning tanqisligi asabiylashish, zaiflik va charchoqni keltirib chiqaradi. Shuningdek, ovqat hazm qilish tizimida buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Kaliy
Foto: “Domashniy ochag”Hatto 3-5 kiloga vazn kamaytirish terining elastikligini yo‘qolishiga va yomon ko‘rinishga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun ratsionda kaliyga boy ovqatlar bo‘lishi kerak. Ushbu elementning yetishmasligi oshqozon-ichak traktining noto‘g‘ri ishlashiga olib keladi. Bundan tashqari, kaliy oziq-ovqatning tez hazm bo‘lishiga, toksinlarni olib tashlashga va mushaklarning massasini oshirishga yordam beradi. Ratsionga quritilgan mevalar, banan, yong‘oq va ismaloq qo‘shish tavsiya etiladi. Ammo kaliyning haqiqiy ombori qora smorodina.
Mavzuga doir:
- Ko‘zni tekshirtirish va kichikroq likopcha sotib olish: Yarim yildan so‘ng o‘zingizni yaxshi his qilishga yordam beradigan tavsiyalar
- D vitamini organizmga nima uchun kerak va u qanday qabul qilinadi?
- Vazn tashlashga jiddiy qaror qilganlar voz kechishi kerak bo‘lgan 7 ta zararli odat
- Parhez vaqtida organizmda tanqisligi kuzatiladigan vitamin va minerallar
Manba