Salomatlik Salomatlik Haddan tashqari ko‘p terlash: qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Haddan tashqari ko‘p terlash: qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

O'qildi: 286


Haddan tashqari ko‘p terlash: qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Yozda eng ko‘p uchraydigan muammolardan biri — bu ko‘p terlash. Ammo terlash organizmning ishida muhim rol o‘ynaydi, shu bilan suyuqlik muvozanati saqlanadi, termoregulyatsiya sodir bo‘ladi va hatto zararli moddalar chiqarib tashlanadi. Biroq terlash miqdori ortganda amalga oshirish mumkin bo‘lgan ba’zi narsalar mavjud. Yo‘q, bu hamma o‘ylaganidek dezodorantlar emas. Shunchaki nima iste’mol qilish va ichish, shuningdek, qabul qilinayotgan dori vositalari terlashga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. “Noviy ochag” nashri ushbu muammoni bartaraf etishning kutilmagan usuli bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Kamroq qahva iching

Ko‘pchilikka qahvaning diuretik ta’siri ma’lum. Ammo bu ichimlik ta’siri ostida suyuqlik organizmning teshiklari orqali chiqarilishi mumkinligi noma’lum. Ayni paytda, muntazam ravishda qahva ichish(ayniqsa, issiq qahva)teri ajralishiga ta’sir qilishi mumkin.

Spirtli ichimliklar ichishni to‘xtating

Odatda spirtli ichimliklarni umuman ichmaslik yaxshi fikrdir. Ba’zilarining(masalan, qizil sharob)foydali xususiyatlariga qaramay, spirt organizmdagi deyarli barcha tizimlarga zararli ta’sir ko‘rsatadi va terlash ham bundan mustasno emas. Spirtli ichimliklar yurak urishini tezlashtiradi va qon tomirlarini kengaytiradi. Ter qonni organizm yuzasiga olib keladi va buning natijasida terlash yanada faollashadi.

Ziravorlardan saqlaning

Ziravorlar, ayniqsa turli xil qalampir turlari tana haroratining ko‘tarilishiga olib keladi va tana muvozanatni normallashtirish uchun ko‘proq ter ishlab chiqaradi. Ammo organizm har qanday oziq-ovqatga, jumladan, sovuq ovqatga ham terning faol chiqishi bilan reaksiyaga kirishsa, bu shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun sababdir.

Qonda shakar miqdorini aniqlang

Haddan tashqari ko‘p terlash qandli diabet, shuningdek, gipoglikemiya, qonda shakar kamligining belgisi bo‘lishi mumkin. Agar odatdagidan ko‘proq terlash kuzatilsa, ayniqsa, bir vaqtning o‘zida chanqoq kuchaygani sezilsa, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Gormonal muvozanatni tekshiring

Haddan tashqari ko‘p terlashning yana bir sababi gipertireozdir, bunda qalqonsimon bezning gormoni qonga ko‘p miqdorda chiqariladi. Agar odatdagidan ko‘proq terlash kuzatilsa, endokrinologga murojaat qilish lozim.

Qabul qilinayotgan dori vositalari

Ba’zi dori vositalari terlashning ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Bular antibiotik, qon bosimini pasaytiradigan dori, og‘iz qurishiga qarshi preparatlar, shuningdek, ayrim turdagi biologik faol qo‘shimchalar ham kiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.