Ozishni istaganlar amal qilishi kerak bo‘lgan 6 ta qoida
Odatda hafta boshi ko‘p ishlarni boshlash uchun eng munosib vaqt hisoblanadi. Har qanday ish, masalan, oddiygina vazn tashlashni ham ortga surmaslik uchun hafta davomida muhim 6 qoidaga rioya qilish mumkin. Natija, albatta, qoniqtiradi.
Har doim oqsil iste’mol qiling
Foto: “Domashniy ochag”Doimo oqsilga boy taom yoki yegulik iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bu kuchli bo‘lishga hamda to‘laqonli faol hayot tarzini olib borish uchun muhim. Shuningdek, oqsillar tanaga uzoq vaqt davomida to‘yinganlik hissini beradi.
Har 3-5 soatda ovqatlaning
Foto: “Domashniy ochag”Bu ovqatlanish oralig‘idagi maqbul tanaffus hisoblanadi. Me’yordan ortiq yoki tez-tez ovqatlanish tanada hosil bo‘lgan kaloriyani sarflashga ulgurmaydi. Aksincha, juda uzoq vaqtda ovqatlanish tananing kuchsizlanishiga olib keladi. Shuningdek, och qolgan organizm odatdagidan ko‘proq ovqat qabul qilib yuboradi.
Ko‘proq sabzavot tanovul qiling
Foto: “Domashniy ochag”Sabzavotlar iste’mol qilinadigan ovqatning kamida yarmiga teng bo‘lishi kerak. Aynan meva va sabzavotlar kletchatka, vitamin va minerallarning manbayi hisoblanadi. Bundan tashqari, ular juda mazali hamdir.
Idishda ovqatning bir qismini qoldiring
Foto: “Domashniy ochag”Uydan tashqarida tushlik yoki kechki ovqatni iste’mol qilishga odatlanganlar yegulikning to‘rtdan bir qismini idishda qoldirishi kerak. Sababi restoran va oshxonalarda tayyorlanadigan ovqatlarga uydagiga nisbatan ko‘p yog‘ solinadi. Shuning uchun ovqatning to‘rtdan bir qismi qoldirilsa, organizm ham qiynalmaydi.
Ta’m berilgan mahsulotlardan cheklaning
Foto: “Domashniy ochag”Shakar qo‘shilmagan mahsulotlarni topish qiyin. Ammo sog‘lig‘iga va vazn tashlashga jiddiy e’tibor qaratadiganlar buni nazorat qila oladi. Shunchaki, tarkibida shirin ta’m beruvchi moddalar qo‘shilgan taomlardan saqlanish kerak.
Kechki ovqatdan so‘ng oshxonaga kirmang
Foto: “Domashniy ochag”Kechki va tungi ovqatlanish vazn ortishining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Uxlashga yotishdan 2-3 soat avval kechki ovqatni iste’mol qilish va nonushtaga qadar hech narsa yemaslikka harakat qilish zarur. Natija bir necha kunda seziladi.
Manba