Salomatlik Salomatlik Nima uchun transportda ko‘ngil behuzur bo‘ladi va u bilan qanday kurashish mumkin?

Nima uchun transportda ko‘ngil behuzur bo‘ladi va u bilan qanday kurashish mumkin?

O'qildi: 322


Nima uchun transportda ko‘ngil behuzur bo‘ladi va u bilan qanday kurashish mumkin?

Ba’zi odamlarga mashina yoki boshqa transport vositalarida harakatlanish qiyin, hatto qisqa masofalarga ham — uzoq safarlarda ham. Buning barchasi yo‘lda ularda ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi kuzatilishi sababli. Ko‘pincha 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar bundan aziyat chekadi, lekin kattalarning 5-10 foizi ham bu hodisani boshdan kechiradi. Grazia nashri nima uchun transportda bu kabi noqulaylikda yuz berishi haqida so‘z yuritdi.

Foto: Pinterest

Tibbiyot terminologiyasida transportda ko‘ngil aynishi kinetoz yoki harakat kasalligi deb ataladi, bu ko‘pchilikka dengiz kasalligi sifatida yaxshi ma’lum. Birinchi marta odamlar dengiz sayohatlari paytida bunga duch keladi. Kinetoz odam monoton tebranishlar ta’sirida qolganda paydo bo‘ladi: bu belanchak, karusel, avtomobil, yaxta yoki poyezdda ham bo‘lishi mumkin. Dengiz kasalligiga olib keladigan vestibulyar apparatlar(bosh va gavda muvozanatini idora qiladigan organ)ning ishdan chiqishi oddiy mexanizmga ega. Ushbu organning retseptorlari tananing turg‘un ekanligi haqida signal beradi — odamning o‘zi harakat qilmaydi. Ammo ko‘zlar ko‘radi: atrofdagi hamma narsa harakat qiladi va tebranadi. Bu holat bosh aylanishi bilan ko‘ngil aynishini keltirib chiqaradi.

Ammo sayohat qilishni osonlashtirish mumkin. Buning uchun safardan bir necha soat oldin gazlangan va spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik lozim. Transportning o‘zida odamlar bilan suhbatlashish yoki musiqa, radio tinglash orqali chalg‘ishga harakat qilish kerak. Shuningdek, yo‘nalishga qarshi o‘tirish tavsiya etilmaydi.

Ko‘ngil aynishida maxsus tabletkalarni yoqtirmaydiganlar uchun C vitamini va zanjabilni sinab ko‘rish mumkin — bu noxush alomatlarni yengillashtiradi. Agar yo‘lda o‘zingizni juda yomon his qilsangiz, uxlab qolishga harakat qilganingiz ma’qul. Tajribali sayohatchilar esa bunday yo‘lovchilarga qo‘lga elastik tasma bog‘lashni tavsiya etadi. Sharq tabobatiga ko‘ra, bu yerda biologik faol nuqta joylashgan bo‘lib, u ko‘ngil aynishini yengillashtiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.