Salomatlik Goʼzallik Yoz mavsumiga mo‘ljallangan 7 ta tonal krem

Yoz mavsumiga mo‘ljallangan 7 ta tonal krem

O'qildi: 512


Yoz mavsumiga mo‘ljallangan 7 ta tonal krem


Tonal kremga har doim ko‘plab talablar qo‘yiladi, chunki u pardoz asosi hisoblanadi. Yozda ushbu ro‘yxatga SPF, namlikka chidamlilik, komedogenga ega emaslik va yengil tekstura qo‘shiladi. 2021-yil yozi uchun issiqda oqib ketmaydigan, quyoshdan himoya qiladigan, terini parvarishlaydigan tonal kremlarni tavsiya qilamiz.

Clean ID Hydro BB Cream, Catrice


Foto: “Domashniy ochag”

Hamyonbop narx, yengil tekstura va eko-kompozitsiya. Mahsulot 99 foiz tabiiy ingrediyentlardan iborat bo‘lib, vegan kosmetika hisoblanadi. Har qanday BB-krem nuqsonlarni yashirish uchun emas, balki terini parvarish qilish uchun mo‘ljallangan. Clean ID har ikkala vazifada ham juda yaxshi ishlaydi: u terini hayratlanarli darajada namlaydi.

Dream Satin Fluid, Maybelline New York


Foto: “Domashniy ochag”

Saten Fluid boshqa mahsulotlarga nisbatan arzon bo‘lishiga qaramay, qimmat tonal kremlar bilan raqobatlasha oladi. Uning tarkibida gialurinovik kislota va ultrabinafsha nurlardan himoya qiluvchi SPF13 mavjud. Yuzdagi nuqsonlarni yoki qizarishni mukammal qoplaydi. Teri teshiklariga tiqilib qolmasdan, bir tekis surtiladi, muammoli teriga ega qizlar uchun ajoyib imkoniyat.

Milky Boost, Clarins


Foto: “Domashniy ochag”

Bu hatto tonal krem ham emas, balki butunlay flyuid-sutdir. Uni kunduzgi krem ​​sifatida qo‘llash mumkin. Hamma gap surtish jarayonida yoriladigan mikrokapsulalarda. U shaftoli yog‘ini o‘z ichiga oladi, yoqimli va shirin hid beradi. Milky Boost’ning yana bir afzalligi — 50 ml qo‘shimcha hajm, bu odatiy tonal kremdan ikki baravar ko‘p degani.

MAC Pro Longwear Nourishing Waterproof, M.A.C


Foto: “Domashniy ochag”

Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Agar plyajda yoki basseynda eng yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lishingizga to‘g‘ri kelsa, MAC Pro Longwear Waterproof’ni tanlang. Tarkibiga ko‘ra u dengizga, yomg‘irga, issiqqa va quyoshga bardosh bera oladi. Tonal krem teriga yaxshi singadi, 24 soat davomida makiyajni saqlab turadi. Hatto bitta qatlamda ham u har qanday yallig‘lanishni yashira oladi.

Neo Nude Foundation, Giorgio Armani

Armani’ning yangi mahsuloti quyoshdan saqlamaydi, ammo uning boshqa ko‘plab afzalliklari bor. Neo Nude — parvarish va dekorativ kosmetikani birlashtirgan yangi avlod gibrid mahsulotidir. U 50 foizgacha suvdan iborat, tarkibida gialuron va glitserin mavjud. Shuningdek, terini mukammal namlaydi va oziqlantiradi. Neo Nude makiyajingizni og‘irlashtirmasdan chiroyli, yorqin rang beradi. Ammo qizarish va yallig‘lanishni qoplamaydi.

Phyto Hydra Teint SPF15, Sisley


Foto: “Domashniy ochag”

SPF-krem faqat ultrabinafsha nurlar ko‘rsatkichi 2 dan yuqori bo‘lsagina, ishlatilishini bilasizmi?Siz buni smartfoningizdagi ob-havo vidjetida ham tekshirishingiz mumkin. Odatda yozda megapolislarda bu ko‘rsatkich 3 dan oshmaydi va SPF15 bilan himoyalanishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Ushbu mahsulot nomidagi “teint” so‘zi uning suvga asoslanganligini va kuchli kamuflyaj uchun mo‘ljallanmaganligini anglatadi. Ammo bu uning asosiy vazifasi emas. Bu magnezium va mevalar ekstrakti tufayli terini energiya bilan ta’minlaydigan rang beruvchi bo‘lib, maxsus SisleYouth Antipollution formulasi tashqi muhitning salbiy ta’siriga qarshi kurashadi. Xulosa qilib aytganda, SPF15 terini chang va kirlardan himoya qiladi.

Shade and Illuminate Foundation SPF50, Tom Ford


Foto: “Domashniy ochag”

Afsonaviy Shade va Illuminate palitrasining muxlislari xursand bo‘lishlari mumkin: endi ularning sevimli mahsuloti suyuqlik shaklida ishlab chiqarilmoqda —  22 rangda!Bir vaqtning o‘zida bir nechta ranglarni sotib olish qimmatga tushadi, shuning uchun dengizga boradigan bo‘lsangiz yoki shahar tashqarisida vaqt o‘tkazsangiz, to‘q rangni olishni maslahat beramiz. Gap shundaki, uning tarkibida SPF50 himoyasi mavjud bo‘lib, u shahar sharoitida foydasiz, ammo ta’til vaqtida juda zarurdir. Bundan tashqari, u gialuronik kislota va terini tinchlantiradigan va sovitadigan tabiiy kopay balzamini o‘z ichiga oladi. Ushbu mahsulot Gollivud vizajistlari tomonidan issiq mamlakatlarda suratga olish yoki tadbir makiyajlari uchun tanlanadi, chunki bunday yerlarda hamma narsa betakror bo‘lishi kerak.

Mavzuga doir: 

  • Jaziramada yuzni namlantirish va makiyaj bo‘yicha tavsiyalar
  • Jazirama kunlarda tonal kremdan voz kechishga yordam beradigan 10 usul
  • Foto: Noto‘g‘ri tonal kremni tanlab muvaffaqiyatsiz obrazga ega bo‘lgan yulduzlar
  • Qimmat vositalardan kam bo‘lmagan samara beradigan tonal kremlar(foto)
  • Tonal kremmi yoki pudra: sizga qaysi vosita mos tushadi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.