Mutaxassis tanlovi: Immunitetni ko‘taruvchi, ortiqcha vazndan xalos etuvchi 6 mahsulot
Turli virus va infeksiyalar bilan kasallanmaslik uchun inson immuniteti yuqori bo‘lishi muhim ekani haqidagi ma’lumotlarni yaxshi bilishingizga shubha yo‘q, lekin aynan qaysi mahsulotlar immun tizimining sustlashmasligi oldini olishini bilasizmi?Yo‘q bo‘lsa, javobini avstraliyalik dietolog Li Xolms tavsiyasiga asosan bilib oling!
Foto: Woman’s Day1. Arpabodiyon
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ziravor ko‘pchilikni bezovta qiladigan qorindagi shishishni yengillashtiradi. Arpabodiyon urug‘larida ichaklarda gaz hosil bo‘lishiga qarshi kurashadigan moddalar mavjud. Qolaversa, immunitet uchun juda ham foydali.
Qabul qilish: Stakanga bir qoshiq arpabodiyon va qaynagan suv soling, ikki soat tindiring. Ovqatdan oldin, bir qoshiqdan iste’mol qiling.
2. Zanjabil
Zanjabil nafaqat shamollashga qarshi balki, ichak shilliq qavatini tiklanishi hamda yallig‘lanishlarga qarshi samarali vosita. Shuningdek, immunitetni ko‘tarish hamda jigar to‘qimasini tiklash xususiyatlari ham bor.
Qabul qilish: Kesilgan barra zanjabil ustiga qaynagan suv qo‘ying va choy singari damlang. Tayyor bo‘lgan suyuqlikni asal, limon bilan qo‘shib ichish mumkin.
3. Yalpiz
Foto: PixabayYalpiz ovqat hazm qilish, ich qotishi, yallig‘lanish va qon bosimining oshishi shuningdek, homilador ayollardagi toksikozda samarali vosita hisoblanib, tinchlantirish xususiyatiga ham ega.
Qabul qilish: Barra yoki quritilgan yalpiz ustiga qaynagan suv solib, yarim soat tindirish uchun qo‘yiladi.
4. Kurkuma(Zarchava)
Foto: Getty ImagesUshbu ziravor ozishni istaganlar uchun ayni muddao. U qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradi, organizmdagi kaloriya va yog‘larni eritadi. Qolaversa, xotirani yaxshilaydi va soch to‘kilishini oldini oladi.
Qabul qilish: Kurkuma kukunini istalgan taomga, sho‘rvalar, ichimlik va pishiriqlarga qo‘shish mumkin.
5. Zira
Zira hazm qilishda ahamiyatli hisoblanib, ich qotishi va qorin dam bo‘lishiga qarshi samarali vosita. Unda antibakterial xususiyat mavjud bo‘lib, inson tanasidagi yallig‘lanishlarda foydalansa bo‘ladi.
Qabul qilish: Ziradan bir chimdim sho‘rva yoki quyuq ovqatga qo‘shib aralashtiring, pishiriq yoki choyga qo‘shib iste’mol qilish ham mumkin.
6. Shivit
Shivit spazmga qarshi xususiyatga ega bo‘lib, antibakterial va siydik haydovchi vosita hisoblanadi. Ich qotishiga qarshi qo‘llash mumkin bo‘lgan ushbu mahsulot, yaxshi hazm bo‘lishini ta’minlaydi.
Qabul qilish: Bir qoshiq shvit urug‘iga bir stakan qaynagan suv qo‘shing, tingach ovqatdan avval iste’mol qilishingiz mumkin.
Manba