Salomatlik Salomatlik Turp sharbati o‘pkani tozalaydi

Turp sharbati o‘pkani tozalaydi

O'qildi: 325


Turp sharbati o‘pkani tozalaydi

Bronxit bilan og‘rigan bemorlarga qanday tabiiy muolajalar qo‘llash mumkinligi haqida “Tashxis” gazetasida bir necha tavsiyalar chiqdi.

Foto: “Agronomu.com”

Xalq tabobatida bronxitga qarshi murchli choy yo‘talganda, ko‘krak og‘riganda terlatuvchi dori sifatida qo‘llaniladi. Qora murch tana a’zolarini tozalovchi, qizituvchi xususiyatlarga ega. Shuningdek, asal bilan murch teng miqdorda aralashtirilib tanglayga surtilsa, tomoq og‘rig‘iga davo bo‘lib, o‘pkani tozalaydi. Bolalar uchun murch va asalli choy damlamasi ayni muddao. Buning uchun choynakka yarim choy qoshiq oliy navli qora choy, 6-7 dona qora murch, 2 choy qoshiq asal solib, ustidan 300 ml qaynoq suv quyiladi va sochiqqa o‘rab, 4-5 daqiqa damlanadi. So‘ngra bolalarga ichiriladi.

Abu Ali ibn Sino turpning pishirilgani va sharbatini bronxit kasaliga chalingan bemorlarga tavsiya etgan. Pishirilgan turp shamollaganda, tomoq va o‘pka kasalliklariga chalinganda balg‘am ko‘chiruvhi vosita sifatida tanovul qilinadi. Shuningdek, mayda bo‘laklangan turpga shakar sepilib, qopqoqli idishda ikki soat duxovkada qizdiriladi. Hosil bo‘lgan suyuqlik sovitilib, ovqatdan oldin kuniga 2 choy qoshiqdan 3-4 mahal bolalarga ichirilsa, yaxshigina naf beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.