COVID-19 bilan qayta kasallanmaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Koronavirusga chalinmaslikning universal usullari mavjud emas, chunki har bir inson organizmi o‘ziga xosdir. Ammo immunitetni mustahkamlashi mumkin bo‘lgan tavsiyalar mavjud.
Foto: PinterestD vitaminini qabul qilish
Yangi koronavirus infeksiyasi tarqala boshlagach, ushbu vitaminga bo‘lgan qiziqish kuchaydi. Organizmda D vitamini yetishmasligi tufayli koronavirus yuqishi aniqlangan tadqiqotlar mavjud. Ammo eng muhimi — vitaminni kerakli dozada qabul qilishdir. Buni qanday bilish mumkin?Buning uchun ushbu vitamin miqdorini aniqlab beruvchi tekshiruvdan o‘tish va shifokor bilan maslahatlashish zarur. Kuniga 500 yoki 1000 mg tabletka ichish men virusdan himoyalanganman, degan noto‘g‘ri tushunchani keltirib chiqaradi. Faqatgina shifokor siz topshirgan testlar asosida yetarli dozani buyurishi mumkin.
Ferritin miqdorini tekshirtirish
Ushbu test organizmda temir moddasining miqdorini aniqlab beradi. Funksional tibbiyot nuqtayi nazaridan ushbu modda miqdori bemorning vazniga mos bo‘lishi lozim. Agar ferritin miqdori past bo‘lsa, shifokor tarkibida temir moddasi bo‘lgan preparatlarini tavsiya qiladi. Nega bugungi kunda ushbu murakkab oqsil kompleksi haqida ko‘p gapirishmoqda va pandemiya oldidan ko‘pchilik bu haqda eshitmagan ham?Tanadagi temir zaxiralari, soda qilib tushuntirilganda, organizmni kislorod bilan ta’minlashga yordam beradi: agar u yetarli bo‘lmasa, hujayralar yaxshi nafas ololmaydi. Natijada xavfsizlik to‘liq ta’minlanmaydi.
Ish va dam olish rejimiga qat’iy rioya qilish
Enga avvalo, tiniqib uxlang. Agar organizm surunkali uyqusizlik, stress holatida bo‘lsa, bunday holda har qanday virusni yuqtirib olish oson. Tananing normal rejimda ishlashi uchun uning barcha organlari o‘z vazifalarini 100 foiz bajarishi lozim.
Organizmni chiniqtirish
Bobo-buvilarimiz bekorga sovuq suvda yuvinishmagan, lekin biz o‘zimizga qulay sharoit yaratishimiz natijasida immunitetimizni zaiflashtirdik. Organizmni qisqa muddatli chiniqtirish tananing chidamli bo‘lishiga va virusga qarshi kurashishda katta ahamiyatga ega.
Kurkuma iste’mol qilish
Ushbu faol komponent zanjabillar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlikdir. Ushbu ziravor immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Organizmda oshqozon-ichak faoliyati bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, uni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim. Eng maqbul variant — kunlik ovqatga bir chimdim kurkumadan qo‘shing.
O‘rtacha jismoniy mashqlar va toza havoda sayr qilish ham immunitetni mustahkamlashda yaxshi samara beradi.
Mutaxassislarning fikriga ko'ra, quyidagilar immunitetni mustahkamlashda samarasiz vositalar hisoblanadi:
- biologik faol qo‘shimchalar;
- piyoz va sarimsoq;
- exinatseya va eleuterekokk;
- immunomodulyatorlar;
- gomeopatiya;
- virus blokatorlar.
- yaxshi uyqu;
- spirtli ichimlik va chekishni tashlash;
- yaxshi ovqatlanish;
- o‘rtacha jismoniy faoliyat;
- ijobiy his-tuyg‘ular;
- vaksinatsiya.
Mavzuga doir:
- Qaysi biri uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi: koronavirusdan keyingi immunitet yoki unga qarshi vaksina?Mutaxassis javob berdi
- COVID-19 bilan kasallanganlarni davolashda sink va vitamin C foyda bermasligi ma’lum bo‘ldi
- Charchoq, gastrit, shamollash: organizmda vitamin yetishmovchiligan darak beruvchi 6 ta belgi
- Bahor mavsumida iste’mol qilish tavsiya etiladigan 5 ta mahsulot
- Kuchli immunitet garovi — B5 vitaminiga boy bo‘lgan 5 mahsulot
Manba