Salomatlik Salomatlik Yozda koronavirus bilan kasallanmaslik uchun nimalarni bilish kerak?

Yozda koronavirus bilan kasallanmaslik uchun nimalarni bilish kerak?

O'qildi: 245


Yozda koronavirus bilan kasallanmaslik uchun nimalarni bilish kerak?

Koronavirus bilan bir marta zararlangan odam boshqa kasallanmayman deb ehtiyot choralariga rioya qilmay qo‘yishi xato. Fasl, harorat, umuman har qanday vaziyatda ham befarq bo‘lmaslik kerak.

Foto: Freepik

Biologik faol qo‘shimchalar: fakt va yolg‘on ma’lumotlar

Turli qo‘shimchalar qabul qilish virusdan zararlanishdan saqlaydi, deb o‘ylasangiz yanglishasiz. Vitaminlar, mikro va makroelementlarning darhaqiqat salomat bo‘lishga hissasi katta. D, С, E, A, B9, B12, B5, B6 vitaminlari, foli kislotasi, temir, rux va boshqalar immun tizimi uchun muhim sanaladi. Ammo hamma vitaminlarni xarid qilib, ularni qabul qilish immun tizimi infeksiyalar, xususan, koronavirusga qarshi mustahkam bo‘lishini bildirmaydi. Qo‘shimcha BFQlarning nazoratsiz qabul qilinishi xavfli bo‘lishi mumkin. Masalan, vitamin me’yordan oshib ketsa, shish, oshqozonosti bezi faoliyatining ishdan chiqishiga olib keladi. D vitaminining me’yordan ortig‘i esa organizmga toksik ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aynan shu sabab ham shifokor ko‘rsatmasiga binoan, tahlillardan keyingina qabul qilish kerak. Bugungi kunda COVID-19 profilaktikasi va davolash uchun tavsiya qilinadigan vitaminlarni qabul qilish bo‘yicha rasmiy tavsiyalar mavjud emas.

Quyosh va 25 darajadan baland harorat virus bilan zararlanishga to‘siq bo‘la oladimi?

Ultrabinafsha nurlari zararlangan yuzalardagi virusni yo‘q qilgani bilan quyidagicha o‘ylash xato:

  • quyoshli kunda barcha yuzalar zarazsiz;
  • havo tomchi yo‘li bilan zararlanish mumkin emas;
  • kasal yoki simptomsiz tashuvchi bilan kontaktda bo‘lganda zararlanmaydi.
Kasal bilan kontaktda bo‘lganda, gigiyena qoidalariga rioya etmaganda va jamoat joyida niqob taqmaganda hatto haddan ortiq quyoshli kunda ham virus bilan zararlanish mumkin. Shu sabab ham qo‘llarni sovunlab yuvib yurish, og‘iz, burun va ko‘zga teginmaslik kerak. Odamlar ko‘p joydan uzoqda yurish va ehtiyot choralariga rioya qilish kerak.

COVID-19 suzish vaqtida yuqmaydi

Dengiz va okeanlarda, shuningdek, hovuzlarda qo‘rqmasdan cho‘milish mumkin. Ammo shunga qaramay odamlar bilan masofa saqlash kerak.

Chivin va uy pashshalari COVID-19 tashimaydi

Pashsha va chivinlar koronavirus tashishi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Ammo bu iste’mol mahsulotlarini pashshalar teginishidan saqlash kerakmasligini bildirmaydi. Pashshalar turli ichak infeksiyalari, shuningdek, gelmintlar lichinkasi(qurti)ni tashishi mumkin.

Ultrabinafsha nurlarini qo‘llarni dezinfeksiyalash sifatida foydalangandan foyda yo‘q. Koronavirusni yo‘q qilish uchun qo‘llarni quyosh nurlariga tutish ularni kuydirishdan boshqa yordam bermaydi. Har safar qo‘llarni yuvgandan keyin krem surtishni unutmang. Krem tarkibida terining himoya qatlamini tiklaydigan moddalar bo‘lsa, yana yaxshi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.