Salomatlik Salomatlik Qiziqchi Halima Ibragimova bahor oylarida parhez qilmaslikni tavsiya qildi

Qiziqchi Halima Ibragimova bahor oylarida parhez qilmaslikni tavsiya qildi

O'qildi: 281


Qiziqchi Halima Ibragimova bahor oylarida parhez qilmaslikni tavsiya qildi

Halima Ibragimovaning fikricha, iliguzildi paytida inson organizmiga vitaminlar zarur, shu bois bu mavsumda parhez qilmagan ma’qul. Qiziqchi va komik aktrisa bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov bilan suhbatda aytib o‘tdi.

Foto: Instagram / @xalimaxonim

“Bola-chaqa bilan uydamiz kun bo‘yi. Yaqinda xonadonimizni ta’mirlatgan edik. Ustalar ham o‘z viloyatiga ketgach, qolgan chala ishlarni bajarish bilan bandmiz. Bozor-o‘char qilish uchun haftada bir yoki ikki marta oziq-ovqat do‘koniga barcha qoidalarga rioya etgan holda o‘zim chiqib kelyapman. Ikkala farzandim maktabda o‘qiydi. Karantin vaqtida o‘qituvchilari onlayn mashg‘ulotlar o‘tmoqda. Ularni nazorat qilish ham kundalik rejamga kiritilgan.

Odamlar uyida biror yumush bilan band bo‘lsa, ko‘chaga chiqqisi ham kelmay qolarkan. Karantingacha turli tadbirlar, ijod va kasbimga taalluqli masalalar ortidan uyda kam bo‘lardim. Ayni paytda esa hovlidagi ishlarni bajarib chalg‘iyapman va vaqtimni qanday o‘tganini ba’zan sezmayapman ham. Doimgidek ijtimoiy tarmoqlarda faolman(kuladi). O‘zimni ham, tarmoqdagilarni ham zeriktirmaslikka intilyapman.

Shu o‘rinda aytishim kerakki, bahor oylarida parhez qilmagan ma’qul. Chunki iliguzildi davrida odam immuniteti mustahkam bo‘lmaydi. Organizmga foydali hisoblangan vitaminlarga boy, kaloriyali taomlarni ko‘proq tayyorlayapman. Barcha yurtdoshlarimizga ham shuni maslahat beraman. Karantinni xotirjamlikda, oila qurshovida o‘tkazish ham bir g‘animat va buni o‘z gashti bor deb o‘ylayman, — deydi Halima Ibragimova.

Mavzuga doir:

  • Rayhon karantindan keyingi hayot haqida motivatsion post yozib qoldirdi
  • Aktrisa Yulduz Rajabova qo‘shiq aytish mahorati bilan muxlislarini lol qoldirdi(video)


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.