Tomoq og‘rig‘ida foyda beruvchi 5 ta tabiiy vosita
Oshxonadan topish mumkin bo‘lgan quyidagi 5 mahsulot shamollaganda yoki tomoq og‘riganda dardingizni haqiqatan ham yengillashtiradi.
Asal
Foto: Legion-MediaBolalikdan hammaga tanish bo‘lgan vosita haqiqatan ham shamollash alomatlarini yo‘qotishga yordam beradi. Tabiiy asal kuchli antibakterial ta’sirga ega: u immunitet tizimini mukammal darajada mustahkamlaydi va yallig‘lanish jarayonlarining oldini oladi. Bundan tashqari, asal antioksidantlar — fenolik kislotalar va flavonoidlarning manbasi hisoblanadi. Ular hujayralarni erkin radikallarning shikastlanishidan ishonchli himoya qiladi, teri holatini yaxshilaydi va qarishning oldini oladi. Choy yoki qahva ichganingizda bir qoshiq asal iste’mol qiling. Asosiysi, asalni issiq suyuqlikda eritib yubormaslikdir: yuqori harorat ta’sirida u foydali xususiyatlarini yo‘qotadi va qo‘shimcha uglevodlarga aylanadi.
Tuz
Foto: Legion-MediaTomoq og‘riganda sho‘r suv bilan chayish yaxshi yordam beradi. Tuz bakteriyalarni o‘ldiradigan va yallig‘lanish bilan faol kurashadigan antiseptik hisoblanadi. Bir stakan qaynoq suvga bir choy qoshiq tuzni eritib, suv iliguncha kuting. Eritma bilan iloji boricha tez-tez chaying(iloji bo‘lsa kuniga 6 martagacha). Natija uzoq kuttirmaydi: bir necha kundan keyin ahvolingiz yaxshilanganini sezasiz.
Limon sharbati
Foto: Legion-MediaYana bir ajoyib antibakterial vosita bu — tabiiy limon sharbati. U vitamin C va tabiiy meva kislotalariga boy bo‘lib, immunitet tizimini mustahkamlaydi va kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni o‘ldiradi. Bir stakan iliq suvga yangi siqilgan yarimta limon sharbatini qo‘shing va kuniga bir necha marta tomog‘ingizni chaying.
Ichimlik sodasi
Foto: Legion-MediaTomoqni chayqash uchun yana bir shifobaxsh ingrediyent. Ta’mi yoqimli emas-u, lekin ko‘plab dorilar ushbu vositaning samaradorligi oldida ip esholmaydi. Soda ham xuddi tuz kabi yallig‘lanish va bakteriyalar bilan kurashishga yordam beradigan kuchli tabiiy antiseptikdir. Agarda tuz va sodani aralashtirib tomoqni chaysangiz, davolash ikki baravar samarali bo‘ladi.
Hilba urug‘lari
Foto: Legion-MediaHilba urug‘lari eng kuchli tabiiy antiseptiklardan biridir. Ular og‘riqni yengillashtiradi, yallig‘lanishni kamaytiradi. Hilbadan shifobaxsh bulyon tayyorlash mumkin. Buning uchun bir litr sovuq suv va 3 osh qoshiq urug‘ kerak bo‘ladi. Urug‘larni 4-5 soatga ivitib, 10-15 daqiqa davomida qaynating. Uni ichish yoki tomoqni chayish mumkin. Bunday bulyon nafaqat shamollashga qarshi yordam beradi, balki ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.
Mavzuga doir:
- Klyukvaning qanday foydali xususiyatlari bor?
- Uxlashdan avval kefir ichish foydalimi yoki zararli?
- Odam organizmi qishda qaysi vitaminlarga ehtiyoj sezadi?
- Antibiotiklarni qachon qabul qilgan va qanday hollarda ulardan tiyilgan ma’qul?
Manba